Soliqqa tortish birligi-bu yerda ob’ektning o‘lchov birligi. Bu foyda solig‘ida so‘m, yet
solig‘ida kv.metr, suv solig‘ida kub metr va boshqalar.
5.
Soliq stavkasi- ob’ektning har birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yoridir,
ya’ni davlatning ob’ektdagi ulushi hissasidir. Soliq stavkasi ikki xil usulda: qat’iy stavkalarda
(so‘mlarda) va nisbiy stavkalarda-foizlarda ifodalanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va inflyatsiya
sharoitida nisbiy stavkalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda byudjet inflyatsiyadan
ko‘p mablag‘ yo‘qotmaydi. Agar stavka so‘mlarda hisobga olinsa, soliqlardan tushgan byudjet
daromadi yil oxiriga kelib hech qanday iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmay qolishi mumkin. Solik
stavkalarining proportsional, progressiv va regressiv turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |