224
Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimining farqini bilib olish zarur. Soliqlar tizimi
mohiyati jihatdan bir xil, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa
davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig‘indisidir.
Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan
undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig‘indisiga soliqqa
tortish tizimi deyiladi.
O‘zbekistonning soliqqa tortish tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra soliq elementlari, ularni tashkil
qilish tamoyillari va usullarini o‘rgatadi. Soliq elementlariga soliq sub’ekti, ob’ekti, manbai, stavkasi,
soliq birligi, imtiyozi, soliq og‘irligi (soliq yuki) kabi tushunchalar kiradi.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: