5.6. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni bosh buxgaltyer
boshqaradi. Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish
texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga bog‘liq. Shu munosabat bilan
hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil etishning asosiy 3 ta tipi shakllangan (4.6-rasm).
Buxgalteriya chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodimlari bevosita bosh
buxgaltyerga bo‘ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati tuzilmasi xodimlar soni 7-9 kishidan iborat
bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan korxonalarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |