5.5. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish tizimi
Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta'minlashda rejalashtirish tizimi muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, alohida ish turlari bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va bajarishni o‘z ichiga
oladi (4.5-rasm).
Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlar
blankalariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi tuziladi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subekt dastlabki
hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalanishi yoki o‘zi mustaqil ishlab chiqqan hujjat shakllarini
qo‘llashi mumkin.
Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan so‘ng ularni sotib olishga yoki
bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan
holda ta'minlashda ularni olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma beriladi.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab chiqilgan shakllari ham
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonunida ko‘zda tutilgan talablarga
rioya qilgan holda tuziladi.
Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar
aylanishi grafigi hisoblanadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari inventarizatsiyalarni o‘tkazish
tartibi, shakllari va muddatlari ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni
tekshirish korxonaning normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuziladi. Rejadan tashqari
inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga bildirilmasligi lozim.
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot shakllari, u yoki bu hisobot
tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hisobotlarni topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va
muassasa nomi va manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-
sharifi, hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlarni tuzish uchun mas'ul
shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot rejasi
qoidaga ko‘ra, ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, ikkinchi qismda korxonaning
alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobotlar bo‘yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi.
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur korxonada qo‘llaniladigan
hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib, korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari,
qurilmalar va boshqa texnik vositalardan foydalanilishi ko‘rsatiladi. Buxgaletriya hisobining shaklini
tanlashda mazkur masalaga oid yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalardan foydalanish, korxona faoliyatining
muayyan shart-sharoitlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzalliklari va
kamchiliklarini o‘rganish tavsiya etiladi.
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyutyerlashtirish masalasiga
alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli
hisoblash jadvallari va mexanik o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham
foydalanish zarur.
3
Shu yerda
Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning
turlari
Hujjatlashtirish rejasi va hujjatlar
aylanishi grafigi
Buxgalteriya xodimlarining
mehnatinitashkil etish rejasi
Inventarizatsiya rejasi
Bajariladigan hisob ishlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |