Sistematik reestrlar deb xo‘jalik muomalarining bir xil guruhlari buxgalteriya hisobi schotlari
bo‘yicha yoziladigan registrlarga aytiladi. Bunga misol tariqasida jurnal-order shakli bo‘yicha hisob
yuritadigan xo‘jaliklarda qo‘llanilgan №8- ASK, 10-ASK jurnal-orderlarni keltirish mumkin.
Uyg‘unlashgan registrlar deb yozuvlarni ham xronologik, ham sistematik ravishda
guruhlashtirishni ta'minlaydigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlar buxgalteriya hisobining
takomillashuvi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ularda xo‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmuniga
ko‘ra buxgalteriya hisobining schotlari bo‘yicha ajratilgan holda bir vaqtda aks ettiriladi.
Uyg‘unlashgan registrga misol qilib bosh daftarni (№18 ASK shakl) keltirish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari to‘ldirilish usuliga ko‘ra qo‘lda to‘ldiriladigan (asosiy vositalar
hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar) va ShEHMda to‘ldiriladigan registrlarga bo‘linadi.
Kompyutyer yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumotlarning mazmunini, balki
registrlar shakllarining o‘zini ham olish mumkin.
Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ko‘ra: bir tomonlama, ikki tomonlama, ko‘p
grafalari, chiziqli va shaxmatli registrlarga bo‘linadi.
Bir tomonlama registrlar – bu moddiy qiymatliklarni, hisob-kitoblarni va boshqa
muomalalarni hisobga olishga doir har xil kartochkalardir. Ularda debet va kredit yozuvlarning
alohida grafalari birlashtirilgan.
Ikki tomonlama hisob registrlari deb xo‘jalik muomalalarini aks ettiradigan grafalar
varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning chap tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng
tomonida) joylashgan registrlarga aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish
kartochkalari misol bo‘ladi.
Ko‘p grafali registrlarda bir tomonida (odatda debet tomonida) bir necha kolonkalar bo‘ladi
(xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish daftarlari yoki kartochkalari).
Shaxmatli registrlar – bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bunday registrlarda yozuvlar
kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida amalga oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti va
krediti bo‘yicha aks ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar).
Chiziqli hisob registrlarida bir xil axborotlar bitta satr bilan yoziladi. Masalan, hisobdor
shaxslar bilan hisob-kitoblar qaydnomasi tegishli sintetik schotni hisobdor shaxslarning nomlari
bo‘yicha zarur miqdordagi analitik schotlarga bo‘lish imkonini beradi.
Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida natijaviy ma’lumotlarni
alfavit tartibda belgilashga mo‘ljallangan mashinagrammalar qo‘llaniladi.
Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha sistemalashtirilgan dastlabki
hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda esa xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi
schotlar ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Bunday mashinagrammalar jurnal-order shaklida
qo‘llaniladigan qaydnomalar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish, nazorat va xo‘jalik faoliyatini tahlil
qilish hamda hisobotlar tuzish uchun kyerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Buxgaltyerlik yozuvlarni hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini oshirishning muhim
shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh yoki sharikli ruchka pastasi bilan) yoki yozuv
mashinkasi yordamida yoziladi.
Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, o‘z vaqtida, qisqa, aniq va
tushunarli bo‘lishi lozim.
Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqtisodiy tahlil qilish uchun
zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga imkon beradi.
Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga yozish uchun asos bo‘lgan
dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Masalan, kassaga bankdagi hisob-kitob schotidan olingan yoki kassadan hisob-kitob schotiga
topshirilgan summalar to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish uchun 1-ASK jurnal-orderi qaydnoma
qismining jami 2-ASK jurnal-order jami bilan, 2-ASK jurnal-order qaydnoma qismining jami 1-ASK
jurnal-order jami bilan solishtirib ko‘riladi. Hujjatlarni tuzishda va ishlashda hamda hisob
registrlariga yozishda har xil xatolarga yo‘l quyilishi mumkin (raqamlarni yozishda aniqlash,
jamlashda va korrespodensiyalanuvchi schotlarni yozishda xato qilish)
Do'stlaringiz bilan baham: |