Alohida varaqlar kartochkalarga o‘xshash bo‘lib, ulardan formatining kattaligi va yozuv
qog‘ozida bosilishi bilan farq qiladi. Ular bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi sababli hisob
registrlari sifatida keng qo‘llaniladi. Alohida varaqlar bir-biriga biriktirilmaganligi uchun ish
jarayonida qo‘llash ancha qulay va hisob xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda qo‘l keladi, hamda
hisobni avtomatlashtirish talablariga mos keladi. Alohida varaqlar shaklidagi hisob registrlariga
jurnal-order va ularga qo‘shimcha qaydnomalar misol bo‘la oladi.
Axborotlar hajmiga ko‘ra hisob registrlari sintetik hisob registrlari, analitik hisob registrlari
va birlashtiruvchi, ya'ni sintetik va analitik hisobni birlashtiruvchi registrlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |