Hisob yozuvlarining turlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi registrlari: xronologik, sistematik va
uyg‘unlashgan yozuvlar hisob registrlariga bo‘linadi.
Xronologik registrlar deb xo‘jalik muomalalari xronologik tartibda (ularning sodir bo‘lishiga
qarab) yozib boriladigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
realizatsiya qilishga oid hujjatlar reestri misol bo‘ladi. Bu reestrda mahsulotlarni sotishga jo‘natish
uchun to‘lg‘azilgan tovar-transport nakladnoylari va ularning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi
kvitansiyalari qayd qilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |