Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


  MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA YOZUV



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 

3  MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA YOZUV 

 

3.1. Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi 

«Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, 

ya'ni “tarozi ikkita pallasining tengligi” degan ma'noni, muvozanat, tenglik ramzini bildiradi.  

Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:  

1. Jamlangan summalar tengligi, ya'ni schotlarning debeti bo‘yicha summalar jami va krediti 

bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, 

debet  va  kredit  oborotlari,  oxirgi  qoldig‘i)  mazkur  sintetik  schotga  tegishli  analitik  schotlar 

ma’lumotlariga  tengligi,  balans  aktividagi  moddalar  summalari  jami  va  passividagi  moddalar 

summalari jamining tengligini ifodalaydi; 

2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subektning ma'lum sanadagi 

mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.  

Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar (elementlar) orasida bunday 

ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya balansiga xosdir.  

Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini quyidagicha ta’riflash mumkin: 

  

 

 



 

 

Balans ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarkibiy  qismdan iborat: aktiv va passiv. Bu  atamalar 



ham lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi “astivus”- aktiv, faol va “rassivus” - passiv, faoliyatsiz degan 

ma'nolarni bildiradi. 

Balans  aktivida  mablag‘lar  tarkibi,joylanishi  va  ishlatilishiga  qarab;  passivida  esa 

mablag‘larning  tashkil  topish  manbalari:  ularning  kimniki  ekanligi  va  qanday  maqsadga 

mo‘ljallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma'lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans 

aktiv va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart. 

Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi uning aktivida ham, passivida ham bir xil xo‘jalik 

mablag‘lari aks ettirilishidan kelib chiqadi, lekin aktivda mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish 

shakli bo‘yicha, passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha aks ettiriladi. 

Aktiv  va  passivning  o‘zaro  tengligi  ulkan  nazorat  ahamiyatiga  ega  bo‘lib,  buxgalteriya 

yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish va hisobot tuzishda foydalaniladi.  

O‘zbekiston  Respublikasining  “Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi  qonuni  va  buxgalteriya 

hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, 

quyidagicha  baholanadi:  asosiy  vositalar  (ishlatilayotgani  hamda  zaxirada  yoki  konsyervatsiyada 

saqlanayotgani) - ularning qoldiq qiymati bo‘yicha; xom-ashyolar, asosiy va yordamchi Materiallar, 

yoqilg‘ilar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va yig‘ib tuzatiladigan buyumlar, ehtiyot qismlar, 

idish  va  moddiy  qiymatliklar  (tayyorlash  va  omborga  tashib  keltirish  sarflarini  qo‘shgan  holda); 

tayyor  mahsulotlar,  xo‘jalikning  o‘zida  yetishtiriladigan    urug‘lik,  yem-xashak    va  yosh  chorva 

mollari-chakana bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot tashkilotlarida esa 

- chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. 

Aktivda moddiy mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, pul mablag‘lari, 

Xojalik  mablaglarining  tarkibi,  joylanishi,  harakati  va  ularning  vujudga  kelish 

manbalaridagi  hamda  maqsadli  tayinlanishidagi  ozgarishlarni  bir-biriga  solishtirib, 

ma’lum  bir  sanaga  qiymat  ifodasida  umumlashtirilgan  holda  aks  ettirish  usuli 

buxgalteriya balansi deyiladi. 



 

 

debitorlar  kelgusi  davr  uchun  sarflangan  mablag‘lar,  aylanishdan  tashqari  (chetlashtirilgan) 



mablag‘lar, passivda esa - ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezyerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, 

budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor qarzlari, berilmagan mehnat haqi 

va daromadni taqsimlash bo‘yicha majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo‘ladi.  

Shunday  qilib,  balans  tuzilishiga  xo‘jalik  mablag‘lari  va  ularning  tashkil  topish  manbalari 

hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.  

Buxgalteriya  balansi  aktiv  va  passividagi  moddalar  mablag‘larning  tarkibi,  joylanishi  va 

tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.  

Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:  




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish