Baholash – bu hisob ob’ektlarini natural o‘lchovlardan pul o‘lchoviga o‘tkazish usulidir.
Baholash tufayligina buxgalteriya hisobida har xil o‘lchovlarda ifodalangan hisob ob’ektlarini
umumlashtirishga muvaffaq bo‘linadi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, investitsiyalar,
materiallar, chet el valyutasi va hokazolar bitta umumlashtiruvchi o‘lchov – pul o‘lchovida
ifodalanadi.
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol
qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning
uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini
hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa
qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning
boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish,
qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni
sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini
aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zahiralari haqiqiy
tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab
chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra
mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi.
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va
realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi
mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulyatsiyalash deb ataladi. Baholash va
kalkulyatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya
hisobining muhim umumlashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantiradigan
tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq
ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va
boshqa kredit muassasalari, korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan
hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi
mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi.
Demak, baholash va kalkulyatsiya korxona aktivlari, passivlari hamda xo‘jalik jarayonlarini
buxgalteriya hisobida aks ettirish tizimining ajralmas qismidir. Ta’minot jarayonini buxgalteriya
hisobida aks ettirish materiallarni tayyorlash tannarxini aniqlash bilan yakunlanib, ular ishlab
chiqarishga shu tannarx bo‘yicha beriladi. Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks
ettirish natijasida tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxi
aniqlanib, ular shu tannarx bo‘yicha sotiladi. Realizatsiya jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish
natijasida mahsulot(ish, xizmat)larning to‘la tannarxiga qo‘shilmaydigan realizatsiya xarajatlari
hamda realizatsiyaning moliyaviy natijasi aniqlanadi.
Xo‘jalik mablag‘lari va ularning vujudga kelishi manbalari alohida elementlar bo‘yicha
buxgalteriya hisobi schyotlarida pul ifodasida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda
buxgalteriya hisobining asosiy ob’ektlariga quyidagilar kiradi: o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lar va
ularning harakati; xo‘jalik jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan jonli va buyumlashgan mehnat
xarajatlari; xo‘jalik munosabatlari ya’ni mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar, davlat
byudjeti va shunga o‘xshashlar bilan bo‘ladigan hisob-kitob munosabatlari. Byudjetdan
moliyalashtiriladigan sub’ektlarda ayrim o‘ziga xos hisob ob’ektlari mavjud. Bularga davlat
byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar
(tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi.
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan bozor
iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni
baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy ob’ektlarni quyidagicha turkumlash
mumkin (11.1-rasm):
Asosiy vositalar
Hisob
ob’ektlari
Nomoddiy aktivlar
Materiallar
Tayyor mahsulotlar
Tovarlar
Do'stlaringiz bilan baham: |