Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Ustav  kapitali  ta'sis  hujjatlarida  belgilangan  hissalarning  (pul  ifodasidagi)  yig‘indisidir.  Ustav 

kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuviga yoki yuridik 

shaxs ijrochi organining qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi.  

Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan 

emissiya daromadini aks ettiradi.  



Zaxira  kapitali  mol-mulkni  qayta  baholash  chog‘ida  hosil  bo‘ladigan  inflyatsiya  zaxiralarini, 

shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.  



Taqsimlanmagan  foyda  foydaning  jamg‘arilayotganini  ifodalaydi  va  mulkdorlarning  qaroriga 

binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.  



Maqsadli  tushumlarga  maqsadli  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun  mo‘ljallangan  va  qaytarib 

berilmaydigan  maqsadli  moliyalashtirish  mablag‘lari  va  boshqa  tushumlar  kiradi.  Bundaylarga  grantlar, 

subsidiyalar, a'zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar 

misol bo‘ladi.  



Kelgusi  davr  xarajatlari  va  to‘lovlari  uchun  zaxiralarga  xarajatlar  va  to‘lovlarni  xarajatlarga  bir 

tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zaxiralar kiradi.  

Korxonaga  chetdan  jalb  qilingan  yoki  qarzga  olingan  mablag‘lar  manbalariga  bank 

kreditlari(ssudalari), kreditor qarzlar va korxonaning boshqa majburiyatlari kiradi. 

Bank kreditlari (ssudalari) – bu korxonalarning qo‘shimcha mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish 

uchun korxonaga ma'lum muddatga berilgan davlat mablag‘laridir. Bank ssudalari qat'iy maqsadli ehtiyoj 

uchun beriladi va belgilangan muddatida qaytarilishi kyerak. 

Kreditor  qarzlar  –  bu  korxonalarning  mol  yetkazib  beruvchilarga  olgan  Materiallari  uchun, 

pudratchilarga ular tomonidan bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar hamda boshqa muomalalar bo‘yicha 

paydo bo‘ladigan qarzlardir. 

Korxona majburiyatlari – bu budjetga va budjetdan tashqari  fondlarga o‘tkaziladigan  ajratma va 

soliq  summalari,  ishchi  va  xizmatchilarga  (jamoa  xo‘jaligi  a'zolariga)  beriladigan  ish  (mehnat)  haqi 

summasi va boshqalardir. 

Buxgalteriya  hisobining  obektlariga  yuqorida  ko‘rib  chiqilgan  xo‘jalik  mablag‘lari  va  ularning 

tashkil topish manbalaridan tashqari, xo‘jalik jarayonlari ham kiradi. Xo‘jalik jarayonlari ta’minot, ishlab 

chiqarish va realizatsiya  jarayonlaridan iborat.  



 

 

Korxona faoliyati uni ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta'minlashdan boshlanadi. Ishlab chiqarish 



vositalarini  sotib  olish  va  tayyorlash  jarayoni  ta’minot  jarayoni  deb  ataladi.  Ta’minot  jarayonida  pul 

mablag‘lari ishlab chiqarish zaxiralari va asosiy vositalar ko‘rinishiga o‘tadi. Bu bosqichda korxona mol 

yetkazib  beruvchilardan,  boshqa  korxona  va  tashkilotlardan  ishlab  chiqarish  zaxiralari  (minyeral  o‘g‘it, 

urug‘lik, yoqilg‘i va moylash Materiallari va h.k.) va asosiy vositalar (mashinalar, qurilmalar va h.k.) sotib 

oladilar va shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligi ta'minlanadi. Ta’minot jarayonining 

vazifalari quyidagicha. 



Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari ishchi kuchi bilan birikib, uning ta’siri ostida 

ishlab chiqarish vositalarining ayrim elementlari o‘z shaklini o‘zgartiradi va boshqacha xususiyatlarga ega 

bo‘ladi. Bu mahsulotlar tayinlanishiga ko‘ra shaxsiy iste'mol va ishlab chiqarish iste'moli uchun ishlatilishi 

yoki sotilishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi vazifalarni hal etishi lozim. 



Realizatsiya  jarayoni  xo‘jalik  mablag‘larining  doiraviy  aylanishini  yakunlar  ekan,  korxona  o‘z 

tayyor  mahsulotini  xaridorlarga  va  boshqa  korxonalarga  sotadi  va  natijada  ulardan  pul  kelib  tushadi. 

Shunday qilib, bu jarayonda tayyor mahsulot pul shakliga o‘tadi. Ko‘p hollarda sotilgan mahsulot uchun 

pul  kelib  tushishi  mahsulot  sotilgan  vaqtdan  kechikadi.  Realizatsiya    jarayoni  oldiga  quyidagi  vazifalar 

quyiladi.  

Bunday hollarda mahsulot vaqtincha muomaladagi mablag‘lar, ya'ni debitor qarz shakliga o‘tadi. 

Shunday  qilib,  xo‘jalik  faoliyati  jarayonida  korxona  mablag‘lari  doiraviy  aylanishining  uchta 

bosqichini  ketma-ket  o‘tar  ekan.  Ularning  ayrimlari  ta’minot  jarayonida  bo‘lganida,  ayrimlari  ishlab 

chiqarish  jarayonida  bo‘ladi,  shuningdek  bir  qismi  realizatsiya    jarayonida  bo‘ladi  va  natijada  biridan 

ikkinchisiga o‘tib turadi (xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish uslubiyoti 5,6 va 7-boblarda batafsil bayon 

qilingan).  

Demak,  xo‘jalik  mablag‘lari  va  ularning  manbalari  doimo  harakatda  bo‘lib,  o‘zgarib  turar  ekan. 

Xo‘jalik  mablag‘lari  va  ular  manbalarining  tarkibi  va  tuzulishida  sodir  bo‘lib,  tegishli  hujjatlar  bilan 

tasdiqlangan  ayrim  o‘zgarishlar  xo‘jalik  operatsiyasi  deb  ataladi.  Masalan,  ishlab  chiqarishga  moddiy 

boyliklarni sarflash, olingan mahsulotlarni kirim qilish va boshqa shunga o‘xshash ayrim muomalalar. 

Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarida o‘zgarish sodir qiluvchi barcha xo‘jalik 

muomalalari  tegishli  hujjatlar  bilan  rasmiylashtiriladi  va  buxgalteriya  hisobida  aks  ettiriladi.  Xo‘jalik 

mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalarining tarkibi va funksional rolini, ularning doiraviy aylanish 

jarayonlaridagi harakatini ko‘rib chiqib, buxgalteriya hisobi predmetiga umumiy ta’rif berish mumkin. 

Korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalarning  pulda  baholanadigan  xo‘jalik  mablag‘lari,  ularning 

tashkil topish manbalari, hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi 

va manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi. 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish