Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Nomoddiy  aktivlar  –  moddiy-ashyoviy  shaklga  ega  bo‘lmagan,  xo‘jalik  yurituvchi  subekt 

tomonidan,  xo‘jalik  faoliyatida  foydalanish  maqsadida  nazorat  qilinadigan,  shuningdek  uzoq  vaqt  (bir 

yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi 

talablarga javob berganida aktiv deb olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; o‘lchanadigan; ahamiyatga molik 

bo‘lgan; ishonchli bo‘lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya'ni uni ishlatiladigan ishlab 

chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo‘lgan hollarda.  

Nomoddiy  aktivlarga  patentlar,  litsenziyalar,  «nou-xau»,  savdo  markalari,  tovar  belgilari,  sanoat 

namunalari,  dasturiy  ta’minot,  gudvill,  tashkiliy  xarajatlar,  franshizalar,  mualliflik  huquqlari,  xizmat 

ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi.  

Korxonaning joriy aktivlariga tovar-moddiy zaxiralari, kelgusi davr xarajatlari va kechiktiritilgan 

qarzlar, olinadigan schotlar (debitor qarzlar), pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqalar 

kiradi.  

Xo‘jalik yurituvchi subekt aktivlari tarkibida joriy aktivlarning ro‘yxati keng va xilma-xil bo‘lib, 

ular  doimo  aylanishda  bo‘lganligi  sababli  uzoq  muddatli  aktivlarga  qaraganda  nisbatan  yuqori  likvidli 

hisoblanadi. Joriy aktivlarning naqd pulga aylantirish oson bo‘lgan qismi yuqori likvidli deyiladi.  

Ishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larning ikkinchi qismini mehnat buyumlari tashkil etadi. Bular 

kishi mehnati yo‘naltiriladigan mablag‘lardir. Mehnat buyumlari tarkibiga urug‘lik ko‘chatlar, em-xashak, 

yosh  chorva  mollari  va  boquvdagi  mollar,  yordamchi  Materiallar,  yarim  tayyor  mahsulotlar,  ehtiyot 

qismlar,  yoqilg‘ilar,  tugallanmagan  ishlab  chiqarish,  kelgusi  davr  sarflari  va  boshqalar  kiradi.  Mehnat 

buyumlari  ishlab  chiqarishi  jarayonida  qatnashib  mehnat  vositalaridan  farq  qilgan  holda,  bir  ishlab 

chiqarish jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkazadi. Mehnat 

buyumlarining pulda ifodalangan yig‘indisi aylanma ishlab chiqarish mablag‘lari deb ataladi.  

Tovar-moddiy zaxiralari korxonaning ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish 

sohasidagi  aylanma  mablag‘laridan  tashkil  topadi.  Ishlab  chiqarish  sohasidagi  aylanma  mablag‘lari 

quyidagilarga bo‘linadi: ishlab chiqarish zaxiralari – o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, urug‘lik 

va  ko‘chatlar,  ehtiyot  qismlar  va  ta'mirlash  Materiallari,  neft  mahsulotlari,  qattiq  yoqilg‘i,  minyeral 

o‘g‘itlar, zaharli ximikatlar, hunarmandchilik va yordamchi ishlab chiqarishdagi qayta ishlovchi vositalar, 

idish  va  idish  Materiallari,  boshqa  Materiallar,  ta'mirlashga  va  boshqa  asosiy  faoliyat  ehtiyoji  uchun 

ishlatiladigan qurulish Materiallari, tugallanmagan ishlab chiqarish – kelgusi yillar hosili uchun qilingan 

xarajatlar,  chorvachilikdagi  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  hunarmandchilik  va  yordamchi  ishlab 

chiqarishdagi xarajatlar, ustaxonalarning tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, kelgusi davr sarflari. 

Zaxiralar, kapital quyilmalar va ta'mirlash xarajatlari (qurilma va Materiallar) tugallanmagan kapital 




 

 

qurilish,  kapital  tuzatish  xarajatlari  kapital  quyilmalar  va  kapital  ta'mirlashdagi  aylanma  mablag‘lar 



qatoriga kiradi. 

Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovar qismi (ya'ni sotishga mo‘ljallangan qismi), pul mablag‘lari 

debitorlar bilan hisoblashuvdagi va muomala jarayoniga xizmat qiluvchi mablag‘lar muomala sohasidagi 

mablag‘larni tashkil etadi. 

Sotgan  mahsulotlari  uchun  korxonalar  pul  oladilar  va  bu  pullardan  ishlab  chiqarish  vositalari 

(Materiallar, urug‘lik, neft mahsulotlari) sotib olish, ish haqi berish uchun, davlat budjeti bilan hisoblashish 

uchun va boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Korxonaning pul mablag‘lari bankning hisoblashuv schoti 

va  maxsus  schotlarida  yoki  kassada  saqlanadi.  Korxona  ixtiyorida  mahsulot  sotishdan  va  xizmat 

ko‘rsatishdan tushgan pullardan tashqari ishlab chiqarishni kengaytirishni budjetdan moliyalashtirish yoki 

mavsumiy sarflarni qoplash ko‘rinishidagi pul mablag‘lari ham bo‘ladi. 

Sotilgan  mahsulot,  bajarilgan  ish  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  pul  mablag‘lari  kelib  tushishi 

amalda mahsulot sotilgan yoki xizmat bajarilgan vaqtidan kechikib sodir bo‘ladi. Sotilgan mahsulot yoki 

ko‘rsatilgan xizmat uchun mazkur korxonaga qarzdor bo‘lgan korxonalar yoki ayrim shaxslar debitorlar

qarzning o‘zi esa, (hisoblashuvdagi mablag‘lar) debitor qarz deb ataladi. 

Shunday qilib, korxonaning muomala sohasidagi mablag‘lari amaliyotda tayyor mahsulotlar (tovar) 

ko‘rinishida omborlarda, pul mablag‘lari kassada yoki hisoblashuvda (debitor qarz) bo‘lishi mumkin. 

Mablag‘lar mavjudligi va joylashuvi xo‘jalikning iqtisodini to‘liq tavsiflay olmaydi. Buning uchun 

ularning manbalarini bilish zarur. 

Xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari va tayinlanishiga ko‘ra korxonaning o‘z mablag‘lari 

manbalari va majburiyatlari yoki qarzga olingan mablag‘lar manbalariga bo‘linadi.  

Korxonaning o‘z mablag‘lari manbalari xususiy kapital, maqsadli tushumlar hamda kelgusi davr 



xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan iborat.  

«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq korxonaning xususiy kapitali: ustav kapitali, 

qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydalan tarkib topadi.  


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish