97
tarixi”dan “Saljuqiylarva Usmonli turklar davlatlari” mavzusi yorqin misol bo’la oladi.Bu mavzu
o’quvchilar o’rganishi uchun bir qadar murakkab bo’lishi bilan birga, mavzuga oid tarixiy voqea va
hodisalarga turlicha qarashlar mavjud.
O’qituvchi mavzu bo’yicha muammoli
vaziyatni tashkil etar ekan, Saljuqiylar davlatining
vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar, ijtimoiy tuzumi, Usmonlilar davlatining tashkil topishi,
Bolqon yarim orolidagi istilolar haqida so’zlar ekan, o’quvchilarni Usmonli turklar g’alabalari
omillarini topishga undaydi.Usmonli turklar davlati tashkil topishi va o’zga mamlakatlar bilan
munosabatlari masalasida turli nuqtai nazarlar borligini, ayrim tarixchilar Usmonli turklar olib borgan
istilochilik urushlarining ijobiy tomonlarini ko’rsatsalar, ikkinchi guruh olimlar ular olib borgan
istilochilik urushlarini qoralaydilar.”Siz bu masalada qanday fikrdasiz?”-deya murojaat qiladi.
O’quvchilar Usmonli turklar olib borgan urushlarining og’ir oqibatlarini birma-bir sanab
beradilar.
Ma’lumki,Usmonli turklar XIV asrning o’rtalaridan asirga olingan eng sog’lom
va baquvvat
xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi(jangchilari) tayyorlangan.Yillar o’tib bolalar o’z
tili va dinini unutib, sultonning sodiq yanicharlariga aylangan.Oilasi, mol-mulki bo’lmagan
yanicharlar sulton uchun jonini ham ayamagan.
O’quvchilarning Usmonli turklar davlatining bunday siyosatiga o’z munosabatlarini bayon
etishni talab etadi.O’quvchilar yanicharlarlarning urushlar va jangu-jadallar uchun tayyorlanganini,
albatta, ma’qullamaydilar.Obodonchilik, bunyodkorlik, xalq faravonligi yo’lida fidoyilik ko’rsatish,
faqat ezgu ishlarni amalga oshirish insoniyatga foyda keltirishini bayon qiladilar.
Muammoni yechishga oid ma’lumotlar yetarli bo’lmagan mavzularni tanlashda VII sinf
“O’zbekiston tarixi”dan “Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi” mavzusiga e’tibor
qaratish mumkin.Darslikda etnik jarayon va o’zbek xalqining tashkil topishi masalalarida
ma’lumotlar keltirilayotgan bo’lsada, masalani yechimini topishga oid ma’lumotlar yetarli emas.
Muammoning yechimini topish uchun qo’shimcha manbalarga murojaat etishga to’g’ri
keladi.Bunda mamlakatimiz prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
asari
dasuramal bo’lib xizmat qiladi. Bu asarda o’zbek xalqining shakllanish jarayonlari batafsil yoritilgan.
Tarix fanidan muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etishda muammoli vaziyatni
quyidagicha hal etish mumkin:
O’qituvchi muammoni qo’yishi va o’zi yechishi mumkin;
O’qituvchi muammoni qo’yishi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topishi
mumkin;
O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.
Tarix fanidan qo’yilgan muammoli masalani yechishda quyidagi usullar qo’llaniladi:
Mavjud muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish;
Muammoli masalani atroflicha solishtirish,
umumlashtirish;
Muammoli tarixiy voqea va hodisaga oid faktlarni aniqlash hamda qiyoslash;
Muammoli vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish kabi usullardan foydalanish mumkin.
Tarix fanidan muammoli ta’limni qo’llashdan ko’zlangan maqsad-tarixiy voqea va hodisalar
haqidagi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli
muammolar bo’yicha o’quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O’quvchilar o’rganishi uchun quyiladigan muammo o’quvchilarning bilim darajalariga hamda
intelektual imkoniyatlariga mos bo’lishi shart.
Tarix fanidan mavjud bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun beriladigan topshiriqlar yangi
bilimlarni o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni
bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi.
O’quvchilarning tarixiy voqea va hadisaga oid muammoli vaziyatni tusunishlari esa uning kelib
chiqish sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’likligini idrok
qila olishlari natijasida
hosil bo’ladi.Bunday tushuna olish o’ navbatida o’quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay
olish imkoniyatini beradi.