INSON HAYOTI FAOLIYATIGA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING IJTIMOIY
PSIXOLOGIK TA’SIRI
Ro‘ziqulov F. – Navoiy viloyat XTXQTMOI rektori, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Safarov D. – Navoiy viloyat XTXQTMOI psixologiya fani o‘qituvchisi
Dunyoda keng ko‘lamdagi axborot tizimi va telekommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanishi kishilar hayotining deyarli barcha sohalariga kirib bormoqda. XXI asrda axborot
makonining globallashuvi, butun jahon rivojiga ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan omil sifatida
e’tirof etiladi. Axborot sohasining rivojlanishi, uning jamoatchilik va davlat hayotidagi turli xil
yo‘nalishlarida ishlatilishi, yangi bosqichdagi inson taraqqiyotini aniqlab beruvchi muhim
omillarning biri bo‘la oladi. Biroq shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug‘idan kim qanday
maqsadlarda foydalanayapti? Uni beqiyos va qudratli kuchini nimalarga ishlatayapti? − degan savol ham
butun hamjamiyat muammosiga aylanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov: axborot olamidagi ustunlik
ko‘p narsani hal etadigan bugungi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxsni
tarbiyalash masalasi nafaqat ma’naviy, kerak bo‘lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi. Bu o‘ta muhim
vazifani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya tizimi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy masalalar bilan
shug‘ullanadigan idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar o‘z hissasini qo‘shishi tabiiy,
albatta, lekin bu borada ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’sir kuchi beqiyos, desak, hech qanday
mubolag‘a bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, bugungi kunda tezkor usullar yordamida u yoki bu
voqea, hodisa haqidagi xabar bir zumda dunyoning barcha nuqtalariga yetkazib berilmoqda. Ta’kidlash
joizki, axborot xuruji g‘arazli geosiyosiy manfaatlarni amalga oshirish yo‘lida turli kuchlar tomonidan
keng qo‘llanmoqda. Bunday holat geosiyosiy kuchlarning dunyoning yirik televediniya va
radiokanallariga, internet saytlariga turli siyosiy kuchlarning bosim o‘tkazishga intilayotganini, ulardan
92
o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotganini ko‘rsatadi. Bunday sharoitda, axborot uzatish
jarayoni dunyo miqyosida demokratik qoidalar asosida amalga oshirilishi zarur. Shu ma’noda
yurtboshimiz Islom Karimov “xalqimiz, avvalambor yosh avlodimiz ma’naviy olamining
daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib borishimiz kerak, degan savol
bugun barchamizni o‘ylantirishi tabiiy”, deb yozgan edi.
Olib borilayotgan o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, xurujlar aslida turlicha: shaxs, jamiyat va
davlatga, ichki va tashqi, katta va kichik, uzoq va yaqin, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik,
milliy va boshqa xurujlar hisoblanadi. Ayrim, axboriy faoliyatning sub’ektlari sifatida davlat tuzilmalari,
ommaviy axborot vositalari, turli katta va kichik tashkilotlarga xizmat qilishi mumkin. Zamonaviy
bosqichda, ya’ni, internet paydo bo‘lganidan keyin, shunday sub’ekt sifatida alohida shaxslar ham faoliyat
ko‘rsatib, virtual makonda o‘z saytini ochishmoqda. Umuman, quyidagi ikki yondashuv orqali xuruj
ob’ektlarini tasniflash mumkin. Birinchidan keng tarqalgan nuqtai nazar bo‘yicha bunday ob’ektlar uchta:
davlat, jamiyat va shaxs. Ikkinchidan esa, qarashning tarafdorlari fikricha, xuruj ob’ektlari sotsiologik
tasniflashga mos tushsa, to‘g‘riroq bo‘ladi. Ya’ni, bunday ob’ektlarga jamiyat, ijtimoiy sinf, katta va
kichik ijtimoiy guruhlar hamda shaxslarni kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi.
Ta’sir ko‘rsatish yo‘llari ta’sir etuvchi tomonidan ob’ektga mos ravishda tanlanadi, barcha
ob’ektlar uchun bir xil usul va vositalar to‘g‘ri kelmaydi. Davlatga ta’sir bir yo‘l bilan amalga oshirilsa,
shaxsga ta’sir etish uchun boshqacha usul tanlanadi. Shuning uchun ham, zararning ko‘lami va miqdori
ham turlicha bo‘lishi mumkin, juda katta darajadan uncha ahamiyatli bo‘lmagan hajmgacha. Bu esa, o‘z
navbatida, ta’sir etuvchining maqsadi, moddiy, ilmiy, psixologik va texnik imkoniyatlariga bog‘liq
bo‘ladi.
Axborot xuruji shunday bir universal xarakterga egaki, uning barcha boshqa sohalarga salbiy ta’sir
qilish imkoniyati ko‘proq, ayniqsa, shaxs dunyoqarashiga, jamiyat barqarorligiga, davlat tinchligiga,
jamoatchilik fikrini chalg‘itishga va oxiri oqibatda har bir mamlakatning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy,
madaniy yuksalishining susayishiga olib keladi. Chunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga
kirib kelishi uncha ham ko‘zga tashlanmaydi. Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma’lumotni
o‘zlashtirish va zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o‘zi esa mustahkam irodali
bo‘lishi zarur. Har bir mamlakat aholisining asosiy qismi esa bunday imkoniyatga ega emas. Shu sabab
axboriy barqarorlikka birinchi o‘rinda davlat tuzilmalari xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar,
psixologlar va jamoat tashkilotlar xodimlari axborot tarqatuvchilar ega bo‘lishi lozim.
Demak, axborot xuruji tobora avj olib borayotgan, yakka tartibda har bir fuqaro, har bir inson
ongiga kuchli ta’sir o‘tkazayotgan, keng miqyosda olganda jamiyat taraqqiyoti va millat taqdirini hal
qilishga qodir bo‘lgan, global miqyosda esa butun insoniyat hayotini kafolatlaydigan, uning taraqqiyoti
yoki tanazzulini belgilashga qodir bo‘lgan tig‘iz axborot tizimini boshqarish, tartibga solish, undan
foydalanish me’yorlarini ishlab chiqish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biridir. Axborot
sohasida axborot xuruji qizg‘in avj olgan bir paytda ayni ana shu xurujlar mohiyatini, uning manbalarini,
rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda g‘oyaviy-mafkuraviy jihatlarini chuqur ijtimoiy psixologik
ahamiyatini o‘rganish lozim. Buzg‘unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, ularning tagida yotgan
manfaatlar qanchalik to‘g‘ri o‘rganilsa, ularga shunchalik to‘g‘ri va ishonchli ta’sir berish mumkin
bo‘ladi.
Bugungi kunda davlat xavfsizligini ta’minlashda, xalq manfaatlariga zid bo‘lgan axborot
tarqatilishining oldini olish eng muhim vazifa ekanligini anglab, ayrim mamlakatlarda global tizimga
axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun Xitoy
mamlakatida maxsus “Vatanparvar xakerlar” deb nomlangan internet xavfsizligini ta’minlovchi
tashkilotda 20 mingdan ortiq kompyuter mutaxassislari faoliyat yuritib, ular o‘z navbatida mamlakatga
xavf soluvchi “noma’qul” axborot xurujlarining oldini olishadi. Hozirda, dunyoning 30 dan ortiq
mamlakatida “internet himoyachilar” guruhi tashkil etilgan va “himoyachi”larga 1,5 milliard AQSH
dollaridan ortiq mablag‘ sarflanadi. Bu esa global jarayonda o‘z mamlakatida “nomaqbul” axborot olishni
cheklaydi. Bundan tashqari, Hindiston davlatining Texnika institutidagi elektron xavfsizlik fakultetining
har yili muvaffaqiyatli tugatgan 10 nafar talabalar “internet himoyachilar”i safiga ishga qabul qilinadi.
Axboriy xurujlarga qarshi kurashning eng maqbul yo‘llaridan biri – mamlakat o‘zini o‘zi axborot
bilan ta’minlashi. Albatta, bunday axborot to‘liq, sifatli va haqqoniy bo‘lishi shart, aks holda jamiyat
93
a’zolari yanada xorijiy manbalarga murojaat etadilar va bunga xech kim to‘sqinlik qilolmaydi. Aslida
ichki xududni axborot bilan yetarli darajada ta’minlash uncha ham qiyin emas, chunki bugungi kunda
axborot texnologiyalari juda keng ishlatilmoqda va axborot tarqatadigan sub’ektlar mamlakatning hamda
dunyoning turli burchaklaridan xohlagan ma’lumotlarni olib mamlakat ichida tarqatishi mumkin. Faqat
ushbu ishda loqaydlik va o‘zi bo‘larchilikka yo‘l qo‘ymaslik kerak deb o‘ylaymiz.
Respublikamizda esa avvalo axborot telekomunikatsiya vositalarining texnikaviy bazasini yanada
takomillashtirish lozim. Bundan tashqari o‘zbek tilida ish yurutuvchi axborot telekommunikatsiya
vositalari, xususan internet saytlarini ko‘paytirish lozim. Shundagina o‘z axboriy chanqoqligini
qondirmoqchi bo‘lgan yoshlarimiz turli axboriy xurujlardan himoyalansh imkoniga ega bo‘ladilar.
Xulosa qilib aytganda axborot psixologik xurujlar bugungi kunda inson hayotining o‘zligiga va
kelajagiga tahdid solayotgan vositalardan biri ekan, bu xurujlardan himoyalanishning ijtimoiy psixologik
yo‘llari, usullari ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Har qanday mamlakat o‘z fuqoralarini
atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan hushyor, e’tiborli, mavjud shart-sharoitlarga nisbatan
xolis, mantiqan to‘g‘ri va aniq baho bera olish qobiliyatlarini shakllantirish tahdidlarga qarshi kurashishda
alohida ahamiyatga ega. Shu o‘rinda Prezidentimiz I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat − yengilmas kuch”
asarida ta’kidlab o‘tganlaridek: “Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar
tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridagidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga
aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat
taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”. Prezidentimizning yuqoridagi fikrlari o‘z-
o‘zidan globallashuv jarayonlari avj olib borayotgan bir pallada axborot olami juda ham katta kuchga ega
ekanligidan dalolat berib, kuchli ma’naviyat va ma’rifatga ega barkamol avlodni tarbiyalash har
qachongidan ham dolzarb masala bo‘lib maydonga chiqadi deb o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |