104
1. Tinglash;
2. O`qish;
3. So`zlashish;
4. Yozish.
So`zlashish asosiy tajribagina bo`lib qolmay, u horijiy tilni o`rganuvchilardan mahorat talab
qiladi. Albatta, pedagogic faoliyat cheksizdir. Bundan tashqari pedagog – o`qituvchining murakkab,
ham sermehnatdir. Pedagogika fani globallashuv jarayoni chuqurlashgan va kengaygani bilan ham
o`zgarib boradi. Shuning uchun axborot – kommunikatsion texnologiyasidan foydalanish ham –
zamon talabi bo`lib qoldi.
O`qituvchining kasbiy pedagogic mahoratini shakllantirishning muhim qismi uning uslubiy va
ilmiy ishidir. Pedagogning ilmiy – uslubiy ishi quyidagi tadrijiy ish shakllaridan iborat:
- To`plagan tajribalarini sistemali tahlil qilish;
-
Tizimlashtirish;
- Umumlashtirishdir.
Uslubiy ish – pedagog – mutaxassisning asosiy majburiyatlaridan biri hisoblanib maxsus
fanlardan o`qitish metodikasi ishlab chiqish, zamonaviy loyihani yaratish, effektiv component va
atrebutlardan foydalanish va takomillashtirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Shuningdek, o`qituvchi – pedagogning uslubiy ishlar keng miqyosidagi muammolarni qamrab
oladi:
- Mustaqil ta’limni joriy etishda dastur bo`yicha topshiriqlar
majmuini yaratish;
- O`quvchilarning fikrlash faolligini va mustaqilligini rivojlantirishni ta’minlovchi, ta’limning
shakl va usullarini takomillashtirish;
- O`quv dasturlariga o`zgartirishlar kiritish;
- Ta’limni individuallashtirish (individual topshiriqlar va ishlar)
- Dedaktiv materiallarni ishlab chiqish va tadbiq qilish;
- O`z uslubiy monitoringini yaratish va tahlil ishlarini olib borish;
- Porfolioni yaratish va uning bazasidan foydalanish;
- Zarur ko`nikmalarni egallash uchun topshiriqlar majmuini ishlab chiqish, o`qitish mazmunida
uning o`rnini aniqlash.
Bunday kompleksli yondashishda axborot – komunikatsion texnologiyalardan foydalanish
avzalliklari quyidagichadir:
- Taqdimot dasturini yaratish
va foydalanish;
- Modulli o`qitish;
- Inter faol o`qitish;
- Nofaol o`qitish;
- Videoroliklardan foydalanish;
- Kompyuter dasturidan foydalanish;
- Internet materiallaridan foydalanish va h.k.
Bunday texnologiyalardan foydalanish uchun chet tilini bilish darkordir chet tilini
o`rganishda esa axborot - kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish avzaldir. Ikkala
tizimdan foydalanish esa quyidagi muvaffaqiyatli natijalarga erishish mumkin:
- Fanga qiziqtirish;
- Fan yutuqlariga yo`naltirish;
- Ilmiy tadqiqot
ishlariga jalb qilish;
- Kelajak mutaxassislikka kirishishda ijtimoiylashuv jarayoni osonlik bilan oshiriladi;
- AKT ga qiziqish;
- O`z o`qituvchilik faoliyatida AKT dan foydalanish;
- Chet tiliga muhabbatni shakllantirish;
- Chuqurroq o`rganishning motivatsiyasi paydo bo`lishi;
- Har bir uy vazifasini bajarishda inovatsion yondashish;
- Chet tillar lug`atlaridan tez-tez foydalanishi;
- Bo`lajak kasbni egallashda AKT va chet tilidan foydalanishi va h.k.
105
Chet tillarni o`rganishda masofaviy ta’lim usullaridan matbuot, internet ma’lumotlaridan
foydalanish o`quvchilarni chet tillarini o`rganibgina qolmay, ularning
intellectual darajasini
oshirishga harakat qiladi. Horijiy davlatlarda nashr etilgan adabiyotlardan, jurnal va gazetalardan
foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. O`z mutaxassislik fanini o`rganish mobaynida chet el
adabiyotlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Adabiyotlar asosi internetdan olinsa, bevosita o`z
mutaxassislik fanlari bo`yicha horijiy manbalardan, darslik va o`quv – uslubiy qo`llanmalardan
foydalanilsa ko`zlagan natijaga erishiladi. Chet tilini o`ranishda kompyuterdan foydalanish ham
o`qituvchi, ham o`quvchilar uchun qulaylik yaratadi. Dars jarayonida kompyuterda
dasturlashtirilgan mavzular yordamida o`z bilimlarini oshiribgina qolmay, kompyuterda ishlash
malakasini ham o`zlashtiradilar. Internet orqali fan yutuqlarini kuzatish va unga o`quvchilarni jalb
qilish – pedagogic va o`quv maqsadga yo`naltirilgan ish albatta, chet tilini bilishi bilan o`z ijobiy
samarasini beradi. Shuningdek. O`qituvchi o`z faoliyatida chet tilini o`rganish
bugungi kunda
dolzarb masalalaridan biridir. Chet tilini o`rganishda AKT dan foydalanish esa nafaqat shaxsiy va
kasbiy bilim, ko`nikma va malakasini, balki o`quvchi yoshlarda ham dunyoqarashini shakllantiradi.
Globallashuv zamonida o`qituvchi – pedagogning chet tilini o`rganishi, AKT dan va internet
materiallaridan foydalanish o`quvchilarni quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi:
- O`quvchining telefonomaniyasidan uzoqlashuvi va chiqib ketishi;
- Internettan madaniyatli foydalanishi;
- O`z bilimlarini tizimli yo`lga qo`yishi;
- Mavkuraviy immunitetini ongli ravishda kuchaytirish;
- Chet tiloini o`rganish jarayonini to`xtatmasligi;
- AKT dan unumli foydalanishi;
- Dars - mavzuni dasturlashda o`qituvchiga yordam berishda intilishi;
- Fan va mavzu bo`yicha mustaqil ishlarga qiziqishi;
- Kompyuter texnologiyasini bilishda u bosqichdan bu bosqichga dadil qadam qo`yishi qiziqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: