Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
Baxritdinova D., Beknazarova X. – Qashqadaryo VXTXQTMOI o`qituvchilari 
Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining 
kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik 
texnologiya fani pedagogik tizimning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini 
yaratishni o`z zimmasiga olmog`i talab etiladi. Bugungi kunda turli ta’lim muassasalarida amalga 
oshirilayotgan ta’limning o`rni va darajasini aniqlashga yo`naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik 
texnologiyaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining 
natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini 
rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik texnologiyaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina 
uzluksiz ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, 
ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko`rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos 
bo`la oladi. Demak, o`quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta 
qurish, ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. 
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o`quv - 
metodik majmualar tajriba - sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq 
mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish 
mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta’lim natijasining sifat ko`rsatkichlari, ta’lim 
jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim 
amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to`sqinlik qilish darajasini aniqlashga 
yo`naltirilishi kerak. 
Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o`qitish va bilimlarni 
o`zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta’sirini 
aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Texnologiya deganda, subyekt tomonidan 
obyektga ko`rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o`zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. 
Texnologiya har doim zaruriy vosita va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo`naltirilgan aniq 
maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko`zda tutadi. 
Umuman, pedagogik texnologiya o`quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog`liq barcha 
maqsadli sa'y-harakatlar yig`indisini anglatishi lozim.
“Texnologiya” tushunchasi keng ma'noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida 
mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport, 
mashinasozlik va aviasiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmasevtika, qishloq xo`jaligi va 
chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar 
majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu 
atamaning mazmun va mohiyati keng ko`lamga ega bo`lib qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq 
qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq 
qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan 
rivojlanishi bilan bog`liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat'iy 
nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
Ma'rifatli va madaniyatli dunyonig ta'lim tajribasi shuni ko`rsatadiki, shaxsning intellektual 
salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning ma'naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub 
bo`lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta bo`ladi. Zero, 
shaxs mansub bo`lgan muhitda uning tafakkuri, ma'naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun 
zarur bo`lgan ob'ektiv va sub'ektiv omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida 


46 
oliy va o`rta maxsus ta'lim muassasalarining ham alohida o`rni bor. O`zbekiston Respublikasida 
uzluksiz ta'lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash bo`yicha islohotlar mamlakat 
iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan ta'minlashga imkon beradi. Bu model vujudga keltirilgan 
ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning 
yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori 
malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko`paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimizning jahondagi 
iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam 
poydevori bo`lib xizmat qiladi. 
Boshqacha aytganda, bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida o`qitish samaradorligini 
oshirishning muhim sharti-ta'lim jarayoniga tizimli yondashuv va rang-barang pedagogik faoliyatdan 
iborat xizmat ko`rsatish sanaladi. 
Ayni davrda zamonaviy pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar asosida o`qitishning 
shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va ob'ektiv baholash uchun zarur bo`lgan inson 
salohiyati hamda texnik vositalarning o`zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta'lim maqsadlarini 
oydinlashtirish, o`qitish va o`zlashtirish jarayonlarida qo`llaniladigan usul, metod va vositalarlarni 
xilma-xillash, ta'lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish-bular hammasi ta'lim 
muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya'ni 
oxiri yo`q, deyiladi. Shunday bo`lgach, pedagogik texnologiyalar ham, pedagogik mahorat ham 
sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko`p izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo`lsa-
shunchalik kamdek tuyulaveradi. O`qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir. 
O`qituvchi(pedagog)larning faqat ana shu taxlitdagi faoliyati oxir-oqibatda yuksak ijtimoiy 
buyurtmaning bajarilishiga olib keladi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish