Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


TA`LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARINI QO`LLASH



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

TA`LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARINI QO`LLASH 
SAMARADORLIGI 
Ataqulova M., Ummatova M. – Navoiy davlat pedagogika instituti 
Aliyeva K. – Biologiya o`qitish metodikasi ta`lim yo`nalishi talabasi 
O`zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng hukumatimiz ta’lim tizimiga 
alohida e’tiborini qaratdi. Jumladan ta’lim tizimini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan 
jihozlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda Respublikamizda axborotlashtirish 
tog`risida bir qancha qonun va qarorlar qabul qilingan bo`lib, PQ-1942, 26.03.2013 “Ахbоrоt-
kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаri sоhаsidа kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish chоrа 
tаdbirlаri to`g`risidа”gi qaror buning yaqqol dalilidir. Yuqorida qayd etilganidek axborot 
texnologiyalarining samaradorligi va moslashuvchanligi uni bevosita ta’lim tizimiga kirib
kelishiga va ta’limni rivojlanishiga sabab bo`lmoqda. 
Ta`lim tizimida darslarini o`qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, 
ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maktab 
o`quvchilarning dunyoqarashi, bolalikning o`yin faoliyatidan o`quvchilik davri o`quv faoliyatiga 
o`tish jarayoni kabi omillar ta’limda o`ziga xos metodlarni qo`llashni taqozo etadi.
O`qitish jаrаyonidа axborot texnologiyalari vositalarining qo`llаnilishi ob`еktlаr vа 
hodisаlаrni hissiy idrok etish, ulаrni tаqqoslаsh, o`zigа хos хususiyatlаrni аniqlаsh, umumlаshtirish, 
sintеzlаsh, хulosа yasаshgа imkon bеrаdi. 
Bundan tashqari axborot texnologiyalari vositalaridan hamda ko`rgazmali qurollardan 
foydalanish o`quvchilаrdа ko`rgаzmаli-obrаzli tаfаkkurni rivojlаntirish, o`quvchilаrning bilish 
fаoliyatini fаollаshtirish, аqliy fаoliyat usullаrni egаllаsh, o`rgаnilаyotgаn nаzаriy mаsаlаlаrni 
аniqlаshtirish, dаrsdа bеvositа kuzаtish imkoni bo`lmаgаn hodisа vа jаrаyonlаrni modеllаshtirish, 
biologik ob`еktlаrni kuzаtish, ulаr ustidа tаjribаlаr o`tkаzish, olingаn nаzаriy bilimlаrni аmаliyotgа 


38 
qo`llаsh, o`rgаnilgаn hodisаlаrni sхеmа, jаdvаllаr аsosidа аniqlаshtirish vа tаsniflаsh imkonini 
bеrаdi.
Axborot texnologiyalari vositalari tаrkibigа tаbiiy vа tirik ob`еktlаr, tаsviriy ko`rgаzmа, 
ekrаn vositаlаri, EHM ning ko`rgаzmаli dаsturlаri, mul`timеdiаlаrni nаmoyish qilish mеtodlаri kirib, 
muаyyan holdа quyidаgi ko`rgаzmаli vositаlаrni nаmoyish qilish, illyustrаsiya, dеmonstrаsiya, 
o`quv kinofil`mlаri, vidеofil`mlаr, EHMning tа`limiy, modеllаshtirilgаn dаsturlаri, elеktron 
dаrsliklаr, mul`timеdiаlаrni nаmoyish qilish, ko`rgаzmаning did vа estеtik tаlаblаrgа jаvob bеrishi, 
dаrs mаzmunini yoritish, kеtmа-kеtlikdа o`quvchilаr fаoliyatini tаshkil etish uslublаridаn tаshkil 
topаdi.
Tabiiy hodisa va jarayonlarni tasvirlab berishda, mavzularini tushuntirishda kompyuter 
yordamida multimediyali o`qiv dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu yuqorida qayd etilgan 
mavzulardagi ko`zga ko`rinmas, lekin hayotimizda muhim o`rin tutadigan fiziologik jarayonlarni 
harakatli, ovozli, annimatsiyali tasvirlar orqali nomoyish etilib, o`quvchilar tomonidan bu sohadagi 
bilimlarni oson o`zlashtirish imkonini berish bilan birga, ularning tasavvurlarini kengayishiga, 
ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishiga olib keladi hamda an’anaviy usuldagi ma’ruza darslarini 
mazmunan boyishiga olib keladi. O`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlari ortadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida keng qo`llaniladigan ta`lim texnologiyalaridan biri - 
Videokompyuterli o`qitish texnologiyasi bo`lib, undan to`g`ri foydalanish ta`lim samaradorligini 
oshirishda muhim rol o`ynaydi.
Videokompyuterli o`qitish texnologiyasi bo`lg`usi pedagoglarda faol bilish, olgan bilimlarini 
chuqurlashtirish, kelgusida o`z pedagogik faoliyati jarayonida samarali kasbiy faoliyat yuritishga 
xizmat qiluvchi ta`lim texnologiyasi bo`lib, u o`quv axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini 
bir vaqtda namoyon etish hamda ta`lim maqsadlariga erish imkoniyatlarini oldindan kafolatlash 
imkoniyatlarini yaratuvchi ta`lim texnologiyasi hisoblanadi.
Videokompyuterli o`qitishda quyidagi vositalar majmuasidan foydalaniladi: 
1.Kompyuter 
2. Televizor 
3. Vediomagnitofon 
4. Vediokamera 
5. O`qituvchi va talabalar uchun oldindan ishlab chiqilgan uslubiy ko`rsatmalar kiradi. [2]. 
Umuman olganda axborot – bilim, pedagogik texnologiya, boshqarish, tashkiliy texnologiya, 
tahliliy imkoniyatlarga asoslangan ilmiy va ko`rgazmali qilib tasvirlash kabi holatlarni o`ziga
mujassamlashtirgan bo`lishi zarur.
Shunday qilib, zamonaviy axborot vositalaridan foydalanish o`sib kelayotgan yosh 
avlodlarda bilim-malaka va ta`lim-tarbiyasini oshirishda uzluksiz hamda doimiy o`qitish 
jarayonini ta’minlaydi desak mubolag`a bo`lmaydi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish