Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
Muqimova G. – BVPXQT va MOI metodisti 
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim tog`risida” gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida”gi qarorida barcha 
o`quv fanlari, shu jumladan, ona tili ta’limi mazmunini tubdan yaxshilash dolzarb vazifalardan biri 
ekanligi tasdiqlangan. O`quvchilarda “Ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos 
ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va 


181 
rivojlantirish maktabda ona tili ta’limining asosiy maqsadi qilib belgilangan”. Ona tili ta’limi ana shu 
maqsaddan kelib chiqqan holda, keyingi yillarda o`quvchilarga ta’lim berishda tub o`zgarishlarni 
boshidan kechirdi. Kundan-kunga rivojlanib, taraqqiy etib kelayotgan vatanimiz yoshlari bugungi 
kunda jahondagi o`z tengdoshlari qatorida turushlari uchun zamon bilan hamnafas bo`lishlari, 
zamonaviy ilmlarni puxta bilishlari lozim deb o`ylaymiz. Buning uchun har bir o`qituvchi va 
o`quvchi zamon talabi bo`lgan AKT oid bilimlarni puxta o`rgangan bo`lishlari kerak. Bunday bilim 
egasi bo`lgan o`qituvchining dars samaradorligi yuqori bo`ladi. Mamlakatimizda ta’lim tizimida ona 
tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda AKTdan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot 
texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga 
qiziqishlarini qondiradi. Ma’lumki, ona tili va adabiyot fani ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, 
o‘quvchilarni boshqa fanlarni o`zlashtirishi unga bog‘liq bo‘ladi va bu ona tili o‘qituvchisi 
zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. AKTdan dars jarayonida foydalanish natijasida
 o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqish ortadi; 
 mashg’ulotlar o’quvchilar uchun zerikarli bo’lmaydi; 
 kompyuter bilan ishlashga bo’lgan ishtiyoq oshadi; 
 ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi; 
 o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi; 
 yaxlit axborot tizimini to’plash imkoniyatiga ega bo’ladi; 
 materialllar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi; 
 ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi; 
 texnika vositalari bilan ishlay olish malakalari shakllanadi: 
 o’quvchilarda o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmalari paydo bo’ladi: 
 tabaqalashgan ta’lim tizimiga o’tish imkoniyati tug’iladi. 
AKTdan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson 
bo‘ladi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida 
tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari 
ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, 
loyihalar yaratiladi. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili 
uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va 
test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid 
qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun variantlarda berilgan grammatika-
orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Darslarda elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-
harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli 
ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Microsoft Power Point dasturlari yordamida 
yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. 
Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur 
orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, 
qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin. 
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i o`qituvchiga katta yordam ko‘rsatadi. Internet — 
bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga 
oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, 
qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil 
juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni 
taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni 
paydo bo‘ladi. 
Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. 
Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. 
Masalan: www.e-adabiyot.uz saytida adabiyotga oid atamalar, tushunchalarning izohli lug`ati, jahon 
adabiyoti namoyandalarining ҳayoti va ijodi, ular yaratgan durdona asarlar, dars jarayonida 


182 
o’qituvchi ko’rgazmali vosita sifatida foydalanishi mumkin bo’lgan videolavhalar, elektron 
kutubxona ham mavjud. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda 
o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab 
topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, 
o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy o`qituvchilarning muhim vazifasi hisoblanadi.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish