175
программ, включающая материалы для диагностики уровня компетенций учащихся, имеет ряд
преимуществ: экономится время на выявление ошибок учеников за счёт анализа результатов
выполнения упражнений с помощью компьютера.
Исходя из изложенного выше, можно сказать, что сегодня преподаватель имеет
возможность качественно изменить процесс обучения и воспитания:
информационные и
коммуникационные технологии облегчают творческую работу учителя, помогают
совершенствовать, накапливать и развивать свои педагогические находки, а также
формировать у обучающихся образовательные компетенции,
повышать уровень умений
работать с информацией, реализовать творческие возможности, увеличивать долю
самостоятельной работы учащихся, повышать темп урока.
ADABIYOT DARSLARIDA INTERNET SAYTLARIDAN FOYDALANISH
Vohidova Sh. – BVPXQT va MOI kata o`qituvchisi
Qo`ldosheva S. – Axborot texnologiyalar akademik litsey o`qituvchisi
Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida
insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, biz ilgari ko’rmagan, duch kelmagan keskin
muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va
tahlikali zamonda adabiyot
o’qituvchisi o’quvchilarining ertangi kunini o’ylab adabiyot darsi jarayonida ularni ezgulikka, insof-
diyonat, mehr-oqibat va bag`rikenglikka da’vat etib ta’lim-tarbiya ishlarini olib bormog`i darkor.
Bunday ma’naviy huquqqa ega bo’lish uchun biz o’qituvchilar, avvalo, katta bilim va hayotiy
tajribaga, keng dunyoqarash, yuksak ijodiy mahoratga, zamonaviy innovastion bilimlarga ega
bo’lishimiz kerakligini, eng muhimi, bu o’ta og`ir, kuchli irodani talab
etadigan jabhada haqiqiy
fidoiylik ko’rsatish lozimligini yaxshi tushunamiz.
O`quvchilarga
adabiyot
darslarini
olib
borayotganda
axborot-kommunikastiya
texnologiyalaridan samarali foydalanishga harakat qilaman. Dars jarayonida yaqinda faoliyat
boshlagan www.e-adabiyot.uz saytidagi adabiyotga oid foydali va mazmunli manbalarni
o`quvchilarga tavsiya qilaman.
Zero, Prezidentimiz I.Karimovning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”
risolasida “...yoshlar kitob o’qimay qo’ydi, deb faqat nolib o’tirmasdan, ana shu ta’sirchan zamonaviy
axborot vositalari orqali adabiyotimizni keng targ`ib etish, xususan, internet imkoniyatlaridan
foydalanib, etuk badiiy asarlarni yoshlarga etkazish ustida ham jiddiy bosh qotirish zarur, deb
o’ylayman...
...Ayni vaqtda ana shunday zamonaviy vositalar yordamida mumtoz adabiyotimizni, jumladan,
Alisher Navoiy asarlarini xalqimizga yaqinlashtirish, bu
noyob merosni haqiqatan ham
ma’naviyatimizning hayotbaxsh manbaiga aylantirish barchamiz, avvalo, adabiyot ahlining vazifasi,
desak, hech qanday xato bo’lmaydi”, — deya qayd etilgan.
www.e-adabiyot.uz saytida barcha yozuvchi va shoirlarni hayoti va ijodi haqida dars jarayonida
va darsdan tashqarida, guruhdan tashqari tarbiyaviy-ma’rifiy ishlarda foydalanish uchun etarli
ma’lumotlar berilgan.
www.e-adabiyot.uz saytida adabiyotga oid atamalar, tushunchalarning izohli lug`ati,
jahon
adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, ular yaratgan durdona asarlar, dars jarayonida
o’qituvchi ko’rgazmali vosita sifatida foydalanishi mumkin bo’lgan videolavhalar, elektron
kutubxona ham mavjud.
Shuningdek bir qator adiblar, jumladan, Abdulla Oripovning www.aoripov.uz, Tohir Malikning
www.tohirmalik.uz Anvar Obidjonning http://anvarobidjon.narod.ru, Ulug`bek
Hamdamning
www.ulugbekhamdam.uz saytlari, shuningdek Nusrat Rahmatning www.nusratrahmat.ru blogi
doimiy ravishda yangiliklar, adabiy-tanqidiy maqolalar, yangi ijod namunalari bilan boyitilib
boriladi.
Darhaqiqat, bugungi globallashuv jarayonida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda
o’quvchini tezkor va izchil ravishda san’at darajasidagi badiy asarlar bilan tanishtirib borish
maqsadga muvofiq deb o`ylayman.
Har bir o`qituvchi internetdan mavzuga oid ma’lumotni olib, kompyuterning MS POWER
POINT dasturiga asoslangan taqdimot texnologiyasidan foydalanib dars taqdimotini yaratish
176
mumkin. Faqat mavzu to’laqonli yoritilgan, o’quvchi uchun tushunarli bo’lishi kerak, o’rinsiz
qo’llangan so’z
va iboralar,g’aliz jumlalar bolalarda notog’ri taassurotlar uyg’otishi mumkin.
Shuning uchun internetdan olingan har bir ma’lumotni sinchiklab o`qish va o`quvchilarga
berilayotgan ma’lumotni o`rinli ekanligiga ishoch hosil qilish kerak.
Chunki, bugun yurtimizda adabiyotga e’tibor har qachongidan ko’ra ortmoqda, o’zbek
adabiyoti namunalarini keng jamoatchilikka etkazishga alohida ahamiyat berilmoqda. Buning
samarasi o’laroq, endilikda sevimli ijodkorlarimiz hayoti va ijodi, qolaversa, ularning eng sara
asarlari nafaqat yangi nashrdagi kitoblar orqali, balki butun dunyo «o’rgimchak to’ri» — internet
vositasida ham bemalol tanishish va adabiyot darslarida qo`llash imkoniyatiga ega bo’lmoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: