Xorijiylikning kelib chiqishi. Xalifa Ali (r.a.) bilan Muoviya
o‘rtasidagi tuzilgan bitimdan Kufa yaqinida turgan 12 ming kishi
dan iborat qo‘shinning bir qismi norozi bo‘ldi. Ular «hukm chiqa
rish faqat Allohning qo‘lidadir», degan shior bilan qo‘shinni tark
etib, Kufa yaqinidagi Harura qishlog‘iga ketdilar. Bu firqaning Ku
fadagi «xuruj» (bo‘ysunmaslik) voqeasi ularning «xavorij» (qarshi
chiquvchilar) nomini olishlariga sabab bo‘ldi. Bu voqea Harura
20
qishlog‘ida yuz berganligi bois avvaliga ularni «haruriy lar» deb ham
ataganlar. Ular o‘zlarini «shurot» (jonlarini Alloh yo‘lida tikkan
kishilar) deb nomlaganlar. Yana ularning «Muhakkima» («hukm
Allohning qo‘lida» deguvchilar) degan nomlari ham bo‘lgan.
Xavorijlar o‘zlariga Abdulloh ibn Vahb arRosibiyni amir etib
saylab, Ali (r.a.) va Muoviyani yo‘q qilish payiga tushdilar. Xali
fa Ali (r.a.)ni 660yilda xorijiy Abdurrahmon ibn Muljam o‘ldir
gach, xavorijlar ikki firqaga bo‘linib, biri Iroqda qoldi, ikkinchisi
Arabiston yarim oroliga ketdi. Umaviylar davrida xavorijlarga
qarshi keskin kurash olib borildi. Chunki ular Umaviylar davlati
ga katta xavf solardilar. Bu davrda xavorijlar kuchayib, Kirmon,
Fors, Yamoma, Hadramavt, Toif va Yaman kabi shahar hamda
o‘lkalar ni egalladilar.
Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749–1258) qo‘li
ga o‘tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o‘z kuchini yo‘qot
madi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib bor
gan kurashlaridan so‘nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi.
Xavorijlar ta’limotlari asosi quyidagilardan iborat:
– ular gunohkorni «kofir» deb e’lon qildilar. Shunga ko‘ra
xalifa Usmon (r.a.)ni Abu Bakr (r.a.) va Umar (r.a.) yo‘lidan yur
magani uchun kofir deyishadi. Ali (r.a.), Muoviya, Abu Muso
alAshhariy, Amr ibn alOslar muxolif guruhlarda qatnashgan
lari uchun ular nazdida kofirlar;
– «zolim» podshohga qo‘lda qilich bilan qarshi chiqishni
diniy vazifa (vojib) deb biladilar. O‘z e’tiqodini yashirish tamoyi
li (taqiya) rad etadilar. O‘zlari harbiy jihatdan zaif bo‘lsalar ham,
qudratli «zolim» podshohga qarshi chiqish vojib bo‘laveradi, deb
hisobladilar;
– xalifalikka har qanday odam, Quraysh qabilasidan yoki
arab bo‘lishligidan qat’i nazar, musulmonlar tomonidan saylani
shi mumkin. Xalifalik, shialar aytganidek, ma’lum jamoat (sulo
la) ichida cheklanmagan;
– namoz, ro‘za, zakot va boshqa amallarni imonning bir
bo‘lagi, deb hisoblaydilar. Kishi to barcha amallarni bajarma
21
guncha, dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytishi musulmon deb tan
olini shi uchun kifoya emas.
Demak, islomda dastlab paydo bo‘lgan firqa «xorijiylar»dir.
Boshqa dinlarda bo‘lgani kabi musulmonlar ichida ham firqalar
bo‘lgan. Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytganlaridek, islom dini
da 73 ta firqaga bo‘linish yuz beradi. Ularning bittasigina to‘g‘ri
yo‘lda qolganlari esa, zalolatda hisoblanadi. Qur’on oyatlari va
hadislarda ham firqalarga bo‘linmaslikka buyuriladi. «Xorijiylar»
o‘z talqinlaridagi «sof» islom qoidalariga qat’iy rioya qilish taraf
dori edi. Aynan xorijiylar o‘z qarashlari va faoliyatiga qo‘shilma
ganlarni imonsizga chiqarish, ularga qarshi «jihod» olib borish
haqidagi g‘oyalarni ishlab chiqib, terror uslubini qo‘llash orqa
li hukmdorlarni jismonan yo‘q qilish amaliyotini boshlab ber
gan edi. Bunday g‘oyalar kelib chiqishiga ko‘ra hokimiyat uchun
kurashning zo‘ravonlikka asoslangan usullaridan bo‘lib, minglab
kishilarning halok bo‘lishiga olib kelgan.
Azraqiylar (Azoriqa) guruhining asoschisi Nofih ibn alAz
raqdir (vaf. 685y.). Xavorij guruhlari orasida eng murosasiz va
beshafqat sanalgan bu jamoa hozirgi kungacha yetib kelmagan.
Azoriqa ta’limotiga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilar:
– xalifa Alini «kofir» deb hisoblaganlar;
– gunohi kabira qilgan musulmonlarni kofir deb e’lon qilgan
lar;
– azoriqalardan bo‘lmagan musulmonlar, ularning qari
yalari, ayol va bolalari qonini to‘kishni ( istiroda) halol deb hisob
laganlar;
– hayz ko‘rgan ayollarga ham namoz o‘qish va ro‘za tutishni
farz deb hisoblaganlar;
– mayda o‘g‘rilik uchun ham qo‘lni butunlay yelkadan kesib
tashlashni buyurganlar.
IX asr oxirida Iroqda yuzaga kelgan qarmatiylar ekstremis
tik harakati ham islom arkonlarini tan olmagan holda, haj ama
lini ham bid’at, butparastlik deb e’lon qilgan edi. Harakat o‘z
nomini uning asoschisi Hamdon ibn alAshhasning laqabi «qar
22
mat» so‘zidan olgan bo‘lib, uning ma’nosi manbalarda turlicha
«kalta oyoq» yoki «qizil ko‘z» kabi ma’nolarda ifodalangan. Qar
matiylar islom tarixida o‘chmas dog‘ qoldirgan jinoyatlarni so
dir etgan. Ular haj mavsumlarida karvonlarga hujum uyushtirib,
bosqinchilik bilan shug‘ullangan. Xususan, 930yilda ular Mak
kaga bostirib kirib, shaharni talontaroj qilganlar, bir necha ming
hojilarni va Makka aholisini qatl etib, asirga olganlar. Ka’bani
vayron qilib, qora toshni ikkiga bo‘lib, Bahraynga olib ketgan
lar, faqat 20 yildan keyin katta to‘lov evaziga u Makkaga qayta
rib berilgan.
XI asr oxirida Eronda yuzaga kelib, maxfiy ravishda ish
ko‘rgan «hashshoshiylar» (arab: hashish (nasha) chekuvchilar, gi
yohvandlar) terrorchilik oqimi esa hokimiyatni egallash maqsadi
da ularga xayrixoh bo‘lmagan hukmdorlarga suiqasd uyushtirish
amaliyotini oldinga surgan edi. Uzoq vaqt hashshoshiylar ko‘plab
hukmdorlarga tahdid solib turgan, hattoki, ayrim Yevropa mam
lakatlari rahbarlari o‘z xavfsizliklarini ta’minlash uchun ularga
to‘lov to‘lashga majbur bo‘lgan. Ingliz tilidagi suiqasd ma’nosi
ni anglatuvchi «assassinate» so‘zi ham aynan «hashshoshiy» ata
masidan kelib chiqqani oqimning o‘z davrida davlatlar xavfsizli
giga katta tahdid tug‘dirganidan dalolat beradi. Shu bilan birga,
«hashshoshiylar» zamonaviy terrorchilar tomonidan ham keng
qo‘llanilayotgan, oddiy kishilar va yoshlarga giyohvand modda
larni iste’mol qildirib, o‘lsa shubhasiz jannatga tushishiga ishon
tirgan.
Diniy mutaassiblikka asoslangan ixtiloflar oqibatida chek
siz nizolar, kelishmovchiliklar, hatto qonli urushlar kelib chi
qib, katta talafotlarga va jamiyatning inqiroz tomon yuz
tu tishiga sabab bo‘lgan. Buzg‘unchilik va zo‘ravonlikka asos
langan, e’tiqodiy birlikka tahdid solgan bunday oqimlar faoliya
ti o‘z davri ulamolari tomonidan qattiq qoralanib, sultonlar to
monidan ta’qib qilinganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan,
Umaviy va Abbosiy xalifalar xorijiylarni butunlay qirib tashlash
siyosatini olib borgan edilar. Islomning mohiyatiga butunlay zid
23
bo‘lgan bunday oqimlarning barchasi oxir oqibatda tanazzulga
duchor bo‘lgan.
Shunday bo‘lsada, yuqorida qayd etilgan oqimlarning g‘oya
lari va amaliyot shakllari keyingi davrlarda ham rivoj topganini
aytish joiz. Xususan, VII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib,
to XVIII asrning oxiriga qadar islom olamida davom etib kelgan
diniyekstremistik harakatlar inqirozga uchragan bo‘lsa ham,
oradan oz muddat o‘tib, ular tomonidan talqin qilingan g‘o
yalar zamonaviy ko‘rinishdagi turli mutaassib guruhlar yetak
chilari mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qildi va bu bilan diniy
ekstremis tik harakatlar rivojining yangi davri boshlandi deyish
mumkin.
Shunday bo‘lsada, islomning asl mohiyatiga butunlay zid
bo‘lgan yuqoridagi g‘oyalar va amaliyot shakllari keyingi davrlar
da ham rivoj topdi. Islomda «inqilobiy kurash» ta’limotini yarat
gan suriyalik Ahmad ibn Taymiya (1263–1328)ning fikrlari ke
yinchalik «soxta salafiylik» kabi turli radikal harakatlarning
yuzaga kelishiga xizmat qildi.
Aslida islomda «salaf» (arab: «ajdodlar», «avval yashab
o‘tganlar») deganda, hadislarga ko‘ra, Muhammad payg‘am
bar (a.s.) zamonlari va undan keyingi ikki davrda yasha
gan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk
musulmonlarni «salafi solih», ya’ni «solih ajdodlar» deb yak
dil hisoblashadi. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musul
monlarga nisbatan «salaf» yoki «salafiy»lar tushunchalari as
lo ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |