Tarixiy manbalarda yozilishicha «Avesto»ning dastlabki matni 12
ming ho‘kiz terisiga tillo bilan bitilgan 100 fasldan, 21 ta nask (kitob)
dan iborat boigan. Iskandar Maqduniy (Aleksandr Makedonskiy) Istohr
shahriga bostirib kirib, otashxonalami vayron qilib, ularda xizmat
qiluvchi kohinlami oidirgach, «Avesto»ni tibbiyot, astrologiya, falsafa,
riyozyot, nujum va boshqa fanlarga doir qismini yunon tiliga tarjima
qildirib, aslini olovda yoqib yuborishni buyurgan.
Oradan 200-300-yil o‘tgach, Parfiya mamlakati podshohi Vologes
I (milodiy 51—
7 6-yilIar) Ardasher I (milodiy 226-242-yillar)
Ardasheming o‘g ii Shopur I (milodiy 242-272-yillar) va Shopur II
(milodiy 303-379-yillar) hukmronligi davrida zardushtiylik rasmiy din
deb eion
qilingan va «Avesto» parfiya yozuvida kitob holiga
keltirilgan.
Xisrav I (milodiy 531—
579-yilIar) podsholik qilgan davrda
«Avesto»ni, qayta tiklangan bu nusxasi paxlaviy tiliga tarjima etilib,
«Zand-Avesto» deb atalgan.
0 ‘zbekistonda xayrli ishga qo‘l urgan iste’dodli shoir Asqar
Mahkam «Avesto»ni sharhu istilohlar bilan o‘zbek tiliga o‘girib, 2001-
yilda nashr etdi.
Ko‘k Turk xoqonligi - Buyuk Turon xoqonligi yoki «ko‘k» -
«osmoniy», «muqaddas» ma’nolarini anglatadi.
Pedonom — «agella» deb ataluvchi taiim muassasasiga davlat
tomonidan tayinlangan tarbiyachi boshliq.
Daosizm - «dao» so‘zidan kelib chiqqan boiib, «yoi»,
«taraqqiyot» «dunyo» negizi degan ma’noni bildiradi. Daosizm
markazida tabiat, koinot va inson turadi.
Ismlar maktabi - voqelikni muhabbat g‘oyalari, o‘zaro manfaat va
muvaffaqiyat qozonilayotganligi ifodalanadi. Jamiyatdagi barcha
odamlar uchun majburiy sifatida umumiy o‘zaro insonparvarlik me’yori
tavsiya etiladi, barcha kishilar bir-biriga foyda keltirish haqida
o‘ylashlari va g‘amxo‘rlik qilishlari lozim.
Legizm - o‘z e’tiborini ijtimoiy-siyosiy masalalar, ijtimoiy nazariya
va davlat boshqaruv muammolariga qaratilgan taiimotdir.
Konfutsiylik - axloqiy-siyosiy taiimot boiib, insonni axloqini
uning ijtimoiy vazifasi bilan bogiiq ravishda tushuntiriladi, taiim va
tarbiya esa insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa
sifatida idrok qilinadi.
126
0 ‘ZIN I-0‘ZI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Xalq pedagogikasi manbai nimalarda mujassamlashgan.
2. 0 ‘zbek xalq pedagogikasiga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
3. «Avesto» qanday muqaddas kitob?
4. «Avesto»dagi «ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal» g4oyasini
sharhlab tushuntirib bering.
5. Turkiy xalqlaming qadimgi yodgorliklarida taiim va tarbiyaga
oid g‘oyalarni tushuntirib bering.
6. Qadimgi Yunonistonda taiim-tarbiya tizimi qanday boigan?
7. Qadimgi Rimda taiim-tarbiya tizimiga xos xususiyatlar qanday?
8. Qadimgi Xitoyda taiim-tarbiya tizimi qanday?
9. Qadimgi Hindistondagi
taiim-tarbiya tizimining ziga xos
xususiyatlarini tushuntirib bering.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1. 0 6zbek xalq pedagogikasi yosh avlodni tarbiyalash manbaidir.
2. «Avesto»da taiim-tarbiya masalalari.
3. Qadimgi turkiy xalqlaming bitiklarida taiim-tarbiya masalalari.
4. Qadimgi Yunonistonda taiim-tarbiya tizimiga xos xususiyatlar
va pedagogik fikrlar rivojlanishi.
5. Qadimgi Rimda taiim-tarbiya tizimi va pedagogik fikrlar
taraqqiyoti.
6. Qadimgi Xitoyda taiim-tarbiya tizimining tarkib topishi.
7. Qadimgi Hindistonda taiim-tarbiya tizimining o4ziga xos
xususiyatlari.
TEST TOPSHIRIQLARI
I. 0 ‘zbek xalq pedagogikasi deganda nimani tushunasiz?
a) xalq va donishmandlarning yoshlarni davr talablariga muvofiq
kishilar qilib yetishtirishdagi gcoyalari;
b) taiim-tarbiya ishlarini amalga oshirishda qoilagan usul, vosita
va tajribalar yigindisidan iboratdir;
s) muyyan bir xalqqa mansub boigan xalq pedagogikasi mazmuni,
xususiyatlari;
d) xalq og6zaki ijodi namunalaridir;
e )av ab .
127