HINDISTONDA TA’LIM TIZIMLARI
Hindistonda maktabda 1-8-sinfgacha - boshlang‘ich, 8-10-
sinfgacha yuqori sinflar va 11- 12-sinfgacha bitiruvchi sinflar tahsil
oladilar. Yuqori sinflar o‘tilgan darslar yuzasidan bir oyda bir marta
imtihon topshiradilar. 10- 12-sinf o‘quvchilari o‘quv yili oxirida davlat
imtihoni topshiradilar. 1-sinfdan 8-sinfgacha urdu, ingliz va fransuz, 9-
dan 10-sinfgacha urdu va ingliz tillari, 11-, 12-sinflarda esa faqat ingliz
tili o‘qitiladi. Bu yerda davlat tili ham ingliz tilidir. Shu sabab bu til
mahalliy tillardan chuqurroq o‘qitiladi. Maktabda 35 ta sinf boiib, har
729
bir sinfda 35-40 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Darslar ertalab soat 7:00
dan kech soat 16:00 gacha davom etadi. 0 ‘quvchilar maktabda har kuni
shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Maktab shaxsiy, unda o‘qish pulli. Ota-onalar farzandlarining
tahsil olishlari uchun oyiga 3000 rupiydan pul to‘lashadi. Ahamiyatlisi,
ma’muriyat kam ta’minlangan oilalar farzandlarining ham shu maktabda
o‘qishi uchun imkoniyat yaratib bergan. 0 ‘quvchilaming yigirma foizini
kam ta’minlangan oilalaming o‘g‘il-qiziari tashkil etadi. Ular maktab
hisobidan o‘qitiladi.
0 ‘quvchilar maktabda
10-sinfgacha umumtaiim fanlarini
o‘qishadi. 11- 12-sinflarda esa maium bir yo‘nalish asosida o‘zlari
xohlagan mutaxassislik bo‘yicha tahsil oladilar. Maktablarda ijtimoiy,
gumanitar
va
tabiiy
yo‘nalishlar
asosida
saboq
beriladi.
Bitiruvchilaming aksariyati kollej va universitetlarda maium bir soha
bo‘yicha o‘qib, bakalavr darajasiga ega boiadilar. Mamlakatda
kadrlaming asosiy qismini bakalavrlar tashkil etadi. Agar talaba
bakalavriatda uch yil o‘qigan boisa, Ph.Dga kirish uchun
magistraturada o‘qishi shart, biroq, bakalavriatda 4 yil o‘qigan boisa,
Ph.Dda magistraturani chetlab o‘qishi mumkin.
Tizim sifatli darslik, kitob va o‘quv qoilanmalar bilan yetarli
darajada ta’minlangan. Darslik kitoblar yaratish uchun eng yaxshi
olimlar guruhi tuzilgan boiib, ular faqat mana shu ish bilan mashg‘ul
boiadilar.
Bu yerda bir o‘quv yili 220 kun qilib belgilangan. Bir kunda
o‘quvchilarga besh soat dars o‘tiladi. Bir akademik yilda 1000 soat dars
va 200 soat mustaqil o‘qish moijallangan, bir akademik soat esa 45
minutlik belgilangan.
Bir o‘quv yilida 5-6 ta fan o‘qitiladi. Masalan, 7-sinfda
matematika, sotsial (tarix, geografiya, gumanitar), fizika, informatsion
texnologiyalar, kimyo, til kabi fanlar o‘qitiladi. Bulardan beshtasi
majburiy, qolganlarini esa o‘quvchi xohishi bo‘yicha tanlaydi.
Dehlida «Dehli Education Akr» — «Dehli ta ’lim qonuni» mavjud.
Shahardagi taiim muassasalari ana shu qonun asosida faoliyat yurgizadi
. Mamlakat bo‘yicha esa «Central Board of» — « 0 ‘rta taiim
markaziy qo‘mitasi» chiqargan yagona qonun amalda qoilaniladi.
Javoharlai neru nomidagi universitet 1969-yil Dehlida tashkil etilgan. U
yerda 3ta fajcultet va to‘rtta ixtisoslashgan markaz bor. Bu fakultetlarda
5000 nafar talaba taiim olmoqda. Xorijiy davlatlardan kelib tahsil
olayotgan talabalar soni o‘n foizni tashkil etadi. Universitetda masofaviy
730
taiim yaxshi yoiga qo‘yilgan. Talabalar gumanitar yo‘nalishlarda uch
yil, tabiiy va muhandislik yo‘nalishlarida esa to‘rt yil tahsil oladilar.
Aspirantura ikki yil, ilmiy daraja magistr va PhJD, ilmiy unvoni esa
assistent-professor deb yuritiladi.
Universitetga qabul yiliga ikki marta - iyun va dekabr oylarida
amalga oshiriladi. 0 ‘qishga to‘lov mahalliy aholi uchun yiliga o‘rtacha
500 AQSH dollarini tashkil etadi. Tahsil olayotgan talabalaming 8
foizini 12-sinfni bitirgan yoshlar, qolgan 92 foizini esa maktabni
bitirgach, bir-ikki yil turli jabhalarda mehnat qilgan yigit-qizlar tashkil
etadi.
Bu yerga o‘qishga kirish uchun har bir yigit-qiz 10 yil umumiy
taiim, ikki yil kasbga yo‘naltirilgan maktabda o‘qishi hamda uch yil
kollejda o‘qib, uni bitirgan boiishlari shart qilib belgilangan.
Kutubxonalar elektron kataloglashtirilgan. Bu bilan talabalarga
xizmat ko‘rsatish tezligi va samaradorligi oshishiga erisliilgan.
Hindiston va boshqa davlatlardagi 900 ta kutubxonalar o‘zaro
kompyuter tarmog‘iga ulangan boiib, talabalar va professor-
o‘qituvchilar har qanday ilmiy jumal yoki kitobni buyurtma berib, qisqa
fursatda olishlari, Online usulida bogianib, masofadan o‘qishlari
mumkin. Ziyo maskani milliy kutubxonalar tarmogiga a’zoligi bois
ialaba va o‘quvchilar dunyoning nufuzli boy kutubxonalari bilan
bogianish, kitoblaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu xizmatlar
ichida eng ahamiyatlisi shundaki, kutubxonadan ko‘zi ojizlar uchun
maxsus jihozlangan o‘quv xonasi ajratilgan. Nogiron o‘quvchilar bu
yerdagi maiumot va manbalar bilan maxsus eshitish apparatlari
yordamida tanishadilar.
Universitet zamonaviy o‘qitish texnika vositalari bilan j ihozlangan.
24 soat uzluksiz teleko‘rsatuv va radio eshittirishlarini efirga uzatuvchi
ikkita zamonaviy televizion studiya va markaz bor. Shu bilan birga
universitetning suniy yoidosh orqali ko‘rsatuv va eshittirishlarini
uzatish markazi, video va kompakt disklami ko‘paytirish hamda nusxa
ko‘paytirish markazi ham faoliyat yuritmoqda. Talabalar tomonidan tez-
tez teleuchrashuvlar, teleshoular, qiziqarli ko‘rsatuvlar o‘tkazilib
turiladi. Darslar, aksariyat mashg‘ulotlar kompyuter texnikasi orqali
amalga oshiriladi.
Mamlakat taiim tizimida erishilayotgan bu xil yutuqlar tufayli ilm
maskanlaridan ko‘plab malakali va bilimli kadrlar yetishib chiqayotir.
Birgina kompter texnologiyasi sohasini olaylik. Hindiston har yili
731
AQSHga 15-18 mlrd. dollar miqdoridagi kompyuter dasturini eksport
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |