Holima rahm aylab, ey joni jahon, xnsh keldingiz,
Aylabon lutfu karamlarui ayon, xush keldingiz...
Rahna solmish erdi ko‘nglim mulkiga g‘am lashkari,
Baytulaxzonim qilib dorul-amon, xush keldingiz...
Bayoniyning tarjimonlik faoliyati esa ma’rifatparvarlik harakati
bilan uzviy bog‘Iiqdir. Chunonchi, Bayoniy fors tilidan «Vomuq va
Uzro» falsafiy-didaktik dostonini, Davlatshoh Samarqandiyning
«Tazkiratush-shuaro», Mavlono Darvesh Ahmad tomonidan arab tilida
yozilgan umumiy tarixga oid «Sahoiful axbor», Ali Muhammad al-
Xiraviy (Binoiy)ning «Shayboniynoma», Abu Ja’far Jarir at-Tabariyning
«Tarixi Tabariy» kabi tarixiy-ilmiy asarlarini o‘zbek tiliga taijima qildi.
Ushbu tarjima asarlari bilan birga Bayoniy «,Shajarayi Xorazmshohiy»
va «Xorazm tarixi» kabi tarixiy asarlar ham yaratdi. Bayoniy bu tarixiy
asarlami yozish bilan Xorazmda uzoq asrlar davom etib kelgan
tarixnavislik maktabini an’analarini davom ettirdi. U o‘zining
«Shajarayi Xorazmshohiy» tarixiy asarida Xorazmda XVIII asming
ikkinchi yarmidan boshlab 1913 yilgacha bo‘lgan voqealami bayon qilib
berdi. Bayoniyning ikkinchi asari «Xorazm tarixi» bo‘lib, bu asaming
ayrim boblari ma’no jihatidan «Shajarayi Xorazmshohiy» asariga
o‘xshab ketsa-da voqealaming yangi talqini bilan o‘sha asardan tubdan
farq qiladi. Bayoniyning o‘zi ta’kidlashicha, «Xorazm tarixi» 16 bobdan
iborat bo‘lgan. Afsuski, asaming 8 bobigina bizgacha yetib kelgan,
xolos. Hajmi esa 91 varaq.
1911-yilda boshlanib 1913-yilda yozib tugatilgan «Shajarayi
Xorazmshohiy» qo‘lyozmasi to‘liq saqlangani uchun bo‘lsa kerak,
S.P.Tolstov, A.F. G‘ulomov, M.I. Yuldoshev, R.Ne’matov, V.V.Bartold,
Q.Munirov, A.Sotliqov, B.Ahmedov va boshqa tadqiqotchilar
tariximizga
bag‘ishlangan
asarlarida,
ko‘pincha
«Shajarayi
Xorazmshohiy» ga murojaat etadilar.
Bayoniy asarlaridagi ma’lumotlar ishonchli ekaniga muallifning
o‘zi kafolat beradi: «Tarix kitobi yozishning bir sharti bor. Tarixiy
voqealami yozuvchi tarafdorlik etmasdan, blgan voqealami rostlik
bilan bayon etishi kerak. Agar rostlik bilan bayon etmasa, uning so 'zlari
hech bir odamga m a ’qul bo‘lmaydi». Bu so‘zlar Bayoniyning
tarixnavislikdagi haqiqatga sadoqat mezoniga qat’iy rioya etishini va
ko‘rgan-kechirgani, eshitgan voqealami rostgo‘vlik bilan bayon
qilganiigini ko‘rsatadi. Uning asarlari shu jihati bilan ham qimmatbaho
manbadir. Bu haqda tarixchi olim M.Yuldoshev shunday yozadi:
«Baybniyning asari faktik materiallaming ko 'pligi va voqeaiami izchil
528
hayon qilishi jihatidan Munis va Ogahiyning ko ‘p jildli qo ‘lyozmalariga
nisbatan ham qimmatliroqdir».
Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshohiy» asarida tarixiy sharoit,
Xorazm adabiy muhiti haqida, Munis, Ogahiy, Tabibiy, Komil, Husrav,
Kamron, Murodiy kabi shoiru fozillaming ijodiy faoliyati, ilg4or
ma’ rifiy-tarbiy aviy qarashlari, Xiva madrasalarida ta’lim-tarbiya
jarayoni xususida yangi ma’lumotlar mavjud boiib, ulami o‘rganishda
qimmatli manbalardan biri sanaladi.
Bayoniyning zamondoshi, maslakdoshi boigan Abdurazzoq
Faqiriy (1880-1924) asarlarida xalqparvarlik, vatanga muhabbat,
adolatparvarlik, xalqlar dstligini ulugiash, shaxs kamoloti va uning
taiim-tarbiyasi to6g‘risidagi gfioyalar ilgari surilgan.
Faqiriyning ma’rifiy-didaktik gfioyalami ofizida mujassamlashtirgan
«Yangi maktablar» asarida eski maktab va madrasalardagi taiim
jarayoni bilan «o ‘n oyda savodxon» etuvchi yangi usul maktablaridagi
taiim-tarbiya ishlari taqqoslanib, afzalliklari ta’riflanadi:
Bilingkim, toza davron jarchisidur yangi maktablar,
Jaholat qasrini ham buzg‘usidir yangi maktablar,
Agarchi madrasalar, fisqu bidhatga makon erdi,
Vale ilmu hunarlar partavidur yangi maktablar,
0 ‘n-o‘n besh yil o‘qubon ham yozoimas erdi o^zismin,
0 ‘n oyda bas, savodxon etgusidir yangi maktablar.
Shoir ilm-ma^rifatdan bebahra qolgan mehnatkashlami va ulaming
farzandlarini yangi usul maktablariga kirib, beminnat savod chiqarishga
da’vat etadi:
Bizim bechora mazlum xalq bilmay sarnigun erdi,
Alar qulf! dilini ochg‘usidir yangi maktablar.
Faqiriy, emdi kelmish faqr elining davri davroni
Shu davron madhini ham bitgusidur yangi maktablar.1
Faqiriy «Mullalar» hajviy gfiazalida ofizini tom ma’noda savodxon
qilib kofirsatuvchi, aslida esa «ilm-ma’rifatning zavoli» boigan
bid’atchi, xurofotchi johil va nodon mullalar»ning ma’naviy dunyosini
ayovsiz tanqid qiladi:
Ma9rifatning zavoli johil, nodon mullalar,
Hayhotki, yurt boshiga ofat bo‘Ig4on mullalar,
Tilsang ko‘ksin topilmas «Lom», «alif» dan bir nafar,
Savlatin ko‘rganlar derki mardon mullalar...
Do'stlaringiz bilan baham: