haqidagi
qarashlarmi
tnshnutirib bering.
JfsT/R
Jaloliddin Davoniyning
ta’lim-tarbiya haqidagi
qarashlari
Tushuncha
7.
Husayn Voiz
Koshifiyning komil
inson
haqidagi konsepsi-
yasini tushuntirib bering.
•NsT/R
Husayn Voiz Koshifiyning
komil inson haqidagi
konsepsiyasi
Tushuncha
8.
Zahiriddin Mnhammad Boburning marrifiy-pedagogik
qa-
rashlarini tushuntirib bering.
KoT/R
Zahiriddin Muhammad
Bobuming ma’rifiy-
pedagogik qarashlari
Tushuncha
407
9.
Haydar
Xorazmiyning
ma9rif!y-didaktik
qarashlarini
tushuntirib bering.
•NaT/R
Haydar Xorazmiyning
ma’rifiy-didaktik qarashlari
Tushuncha
«
10.
Hofiz Xorazmiyning ma’rifiy-axloqiy qarashlarini tushun-
tirib bering.
Jfe T/R
Hofiz Xorazmiyning ma’-
rifiy-axloqiy qarashlari
Tushuncha
408
Vbob. 0 ‘RTA OSIYODA XVH-XVHIASRLARDA VA XIX
ASRNING BIRINCHIYARMIDA TA’LIM-TARBIYA VA
PEDAGOGIK FIKRLAR TARAQQIYOTI
5.1. ABULG‘OZIY BAHODIRXONNING MA’RIFIY-AXLOQIY
QARASHLARI
XVII asrda feodal tarqoqlik va bosh-boshdoqlik avj olgan davrda
Xiva xonligini markazlashgan davlatga aylantirish, o‘zaro urushlarga
barham berish, el-yurtga osoyishtalik baxsh etish uchun, Binni
Oqatoyxon binni Arabmuhammad Ahulg‘oziy Bahodirxon (1603-
1664) ham qurol, ham qalam bilan kurash olib borgan adolatli
hukmdor, ma’rifatparvar davlat arbobi, iste’dodIi adib va tarixnavis
olim hamdir. U o‘zbek xonlari ichida Zahiriddin Muhammad
Boburdan keyingi o‘zbek xalqining madaniyat, ijtimoiy-siyosiy va
huquqiy fikrlar tarixida sezilarli iz qoldirgan buyuk mutafakkirdir.
Abulg‘oziy Bahodirxon yigirma (1644—1664) yil hukmronligi
davrida Xorazmni ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan, ham madaniy
tomondan yuqori darajaga ko‘tarish maqsadida davlatni ma’muriy
boshqaruv, qonunchilik va soliq tizimi, dehqonchilik, chorvachilik va
me’morchilikni rivojlantirish, madrasa va maktablar, masjidlar
qurilishi, ilm-fanni yuksaltirish bilan bog‘liq islohotlar o‘tkazib,
qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy, diplomatik aloqalarni ham
keng yo‘lga qo‘yishga intildi. U o‘zining elchisi Davlatmand orqali
rus podshosiga murojaat qilib, Rossiya va Xiva xonligida savdo-sotiq
munosabatlarini mustahkamlashni so‘raydi. Shuningdek, Abulg‘oziy
Bahodirxon, Xiva va Hindiston davlatlari o‘rtasida diplomatik va
savdo-sotiq munosabatlarini mustahkamlash uchun Shohbobo va
Shohjahonlarni elchi qilib Hindistonga yuboradi. 1648-yilda Eron
shohi Abbos XII ga elchi yuborib, ikki o‘rtada savdo-sotiq va do‘stlik
aloqalarini mustahkamlashni iltimos qiladi. Bu siyosiy tadbirlar
Abulg‘oziy Bahodirxonning markazlashgan davlat va fuqarolaming
manfaatlarini himoya qilish va mustahkamlash siyosatida oqilona
y o i tutganligini ko‘rsatadi. Shunisi xarakterliki, Abulg‘oziyxon
podsholaming davlat boshqaruv siyosatida deyarli uchramaydigan
409
ibratli ish qildi, ya’ni u tirikligida toju taxtni o‘g‘li Anushaxonga o‘z
ixtiyori bilan (1664-yil boshida) topshirdi.
Darhaqiqat, tarixshunos olim va shoir Shermuhammad Munis
«Firdavsul-iqbol» asarida yozishicha, Abulg‘oziy Bahodirxon davlat
tepasiga kelgandan so‘ng uyg‘ur, nayman, qo*ng‘irot, qiyot, nukuz,
mangHt, qang‘li, qipchoq, jaloyir, alieli, d o ‘rmon, yuz, ming
urug‘laridan ko‘p kishilarga o‘rin va amal tayin etgan: « 0 ‘zbekdin
uch yuz oltmish kishiga ... amal berdi. Alarning o‘ttuz-o‘ttuz
birtasiga o‘z yonidan o‘rin berdi. Andoqkim, ikki shayxulislom,
ikki qozi, bir raissayid ota avlodindin, bir mutavalli, bir naqib,
to4rt otaliq, to‘rt mutavalli, bir naqib, to‘rt otaliq, to‘rt inoq to‘r t
mirob, to‘rt parvonachi, ikki oqa, ikki arbob, to4r t chig4atoy
inoqi va bir vazirkim, xolomehtarderlar va qo4shbegi, bu ikkovi
o4rinsiz. Xon (Abulg4ozi) huzurida oqyo ustida turdilar».
Abulg‘oziy Bahodirxonning ulkan xizmatlari shundan iboratki, u
xonlikni markazlashgan davlatga aylantirishga, intilib boshqarish
tizimini islohot qildi, mamlakatni boshqaruv siyosatida har bir urug6
vakili uchun eng obrocli 32 nafar kishiga saroyda o4z yonidan amal
berdi va shu mansablarga 360 kishini tayinlaydi. Shulardan 32
kishini esa o‘ziga mahram qilib oladi. Har bir urug‘ga bitta inoqni
boshliq qilib qo‘yadi. Quyi toifalar va urug‘larning boshlig‘i etib
biyni qo4ygan, bir necha biyni esa otaliqqa bo‘ysundirgan.
Shuningdek, bir urug‘ning sardori inoqni bir necha otaliqqa boshliq
qilib ham tayinlagan.
Abulg‘oziy Bahodirxon saroyda o‘tkaziladigan turli rasmiy qabul
marosimlari va siyosiy tadbirlarda ishtirok etish va o‘tirish uchun
inoqlarga to‘rt joy ajratgan. Inoqlardan faqat biri xonning chap
tomonida Amirulumoradan keyin o‘tirish huquqiga ega bo‘lgan, u
ulug‘ inoq deb atalgan. Boshqa inoqlar ham xonning chap tomonida,
yigirmanchi rindan boshlab o‘tirishi rasm bo‘lgan.
Yangi xonni taxtga o‘tkazish vaqtida inoqlar oq namatning to‘rt
burchagidan ushlab, unda bo‘lajak Xiva hukmdorini uch marta
osmonga irg‘itar edilar, - bu inoqlarning asosiy va faxriy burchi edi.
Inoqlarga egallab turgan mansablariga qarab 50 tillodan 500
tillogacha maosh to‘langan. Shuningdek, ulug‘ inoq yoki inoqbek
unvoni egasi 300 tillodan 500 tillogacha maosh olganlar.
Rasmiy qabul marosimlarida to‘rt otaliq xonning chap tomonida
o‘tirganlar. Bir otaliq xondan nari, to‘qqizinchi o‘rinda uch otaliq esa
shayxuislomdan keyin o‘n bir va o‘n to‘rtinchi o‘rinlarda o‘tirganlar.
410
Otaliq unvoni yorlig‘i faqat o‘zbeklargagina berilmasdan, balki
boshqa qoraqalpoq, turkman, uyg‘ur urulari vakillariga ham
berilgan. Otaliq unvoni olganlarga oltin qilich va xanjar taqib, zarbob
to‘n kiyib yurishi rasm bo‘lgan. Ularga 10 tillodan 150 tillogacha
maosh to6langan.
Otaliqlardan keyin xonning chap tomonida to6rtta biy o‘tirgan,
ular ham turli imtiyozlarga ega bo‘lib, maosh olganlar.
Shunday qilib, Abulg‘oziy Bahodirxonning davlatni oqilona
boshqarish siyosatida inoqlar, otaliqlar, biylar va boshqa amaldorlar
muhim rol o‘ynaganlar. Davlatni boshqaruv tizimidagi mansablar
ma’muriy, siyosiy, huquqiy, diniy va harbiy lavozimlarga bo‘lingan
bo‘lib, bu vazifalarni bajamvchilarga tegishli maosh va mukofotlar
berilardi. Sud ishlari qozilar qo‘lida bo‘lib, u shariat qonunlari
asosida qat’ iy yuritilardi.
Abulg‘oziy Bahodirxon barcha Sharq hukmdorlari kabi o‘z
saltanatini mustahkamlash, Xorazmda ilm-fan va madaniyatni
rivojlantirish maqsadida o‘z saroyiga ilg‘or fikrli olimu fuzalolar,
shoiru bastakorlar, me’moru naqqoshlar, tabiblar, tarixnavislar,
adiblar, xattotlar va boshqa kasb egalarini to‘plab, samarali ijod
qilishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish bilan birga, ijodkor
sifatida o‘zi ham «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» va
«Manofe’ul-inson» («Kishilarning sihat salomatliklari yo‘lida»)
kabi siyosiy-huquqiy va tarixiy-badiiy va tibbiyotga oid asarlami
yozdi. Bu asarlar Abulg‘oziy Bahodirxonning tarixiy, siyosiy va
huquqiy qarashlarini o‘rganishda asosiy manba boiib xizmat qiladi.
Binobarin, jabr-zulm, zo‘rlik va haqsizlik Abulg‘oziy yashab,
ijod qilgan muhit-feodal jamiyati uchun xarakterlidir. Abulg‘oziy toj-
taxt uchun mamlakatni parchalab yuborayotgan, el-yurtga notinchlik
keltirayotgan, xalq boshiga kulfat va baxtsizlik urug‘ini sochayotgan
o‘z akalari Asfandiyorxon, Habash va Elbars sultonlarni «Shohlik
sharobidan mast bo‘lg‘on nodonlar», deb ataydi va mamlakatni
tadbirkorlik bilan boshqarolmagan Poiod sultonning axloqsizligi va
noqobilligini shunday tasvirlaydi: «Po‘lod sulton aqlsiz, tentak erdi.
Aning ikki odati bor edi. Tahi bir, «ikki kichik» barmog‘ini bosh
barmog‘ining ustinda qo‘yib, ikki kichik barmogini urub,shirq-shirq
qilib ovoz chiqarar erdi, nechukkim masxaralar, ma’rakagirlar
qilurlar. Ikki qoiini shundoq qilib «Shiliqru!», der erdi. Har qilg‘on
sayin «Shiliqru!», der erdi. Bir karat so‘rdikim:
- Xurosonga karvon ketaturg‘on bormu?- deb;
411
- Karvon tuna kun ketdi, - dedilar. Bir kishiga hukm etdi:
- Bor, taqi karvonning barchasini qaytarib, olib kel! Sog‘cha
qudug‘inda karvonning keyinidin, yetib qaytarib Xivaqqa olib
keldilar. Ulug‘ musulmonlaming ko‘nglina bu ma’qul bo‘ldikim:
«Albatta, sulton Xuroson bilan yov bo‘ladur. Yo‘q ersa, o‘zga ish
uchun bo‘lsa bizning birimizning qaytarmoq kerak erdi?» Karvon
xalqni barchasin sulton oldiga olib keldilar. Sulton ularning yuzlarina
boqib, qo‘llarini shirq-shirq etib dedi;
- Menga bir-yetti pok Shiliqru! To‘rt besh karat takror etdi.
Karvon xalqi tushunmaydilar. Sultonning navkarlari aytdi;
- Menga bir-yetti poki keltur!
0 ‘zga nimarsa kerakmas! - deytururlar. Boring, keling!».
Abulg‘oziy hukmdor mard, tadbirkor, irodali, sabr-toqatli
bo‘lishi, har qanday qiyin vaziyatda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan
to‘g‘ri va oqilona hukm chiqarishi lozimligini alohida ta’kidlaydi. U
otasining fitnachilarga bo‘lgan munosabatiga to‘xtalib: «Xonning
fe’li kengligi va gunohkorlarni avf qilgani otamiz xonning
boshina va barcha yurt xalqining boshina ko‘rguliklar keltirur»,
deb hayotiy dalil sifatida keltirishi bejiz emas. Chunki akalari Habash
va Elbars sultonlar o‘z otasi Arabmuhammadning ko‘zini o‘yib olish
bilan qanoatlanmay, uning o‘g‘li va nabiralarini Asfandiyorxonning
ikki o‘g‘li bilan qatl qiladilar.
Xullas, Abulg‘oziyxon Xiva xonlari orasida o‘ta tadbirkorligi,
tashkilotchiligi va bilimdonligi bilan ajralib turadi. Birinchidan,
uning hayoti Xiva xonligini markazlashtirish, mamlakat iqtisodi va
madaniyatini rivojlantirish, chegaralami kengaytirish va mustah-
kamlash, turkmanlami Xiva xonligiga bo‘ysundirish uchun olib
borilgan shiddatli kurashlar bilan o‘tdi. Uning siyosiy hayot yo‘ii
sermazmun sarguzashtlar bilan to‘la. Xonlikning barcha yuqori
lavozimlari yana o‘zbek hukmdorlari qo‘liga o‘tkazildi. U ma’muriy
islohotlar o‘tkazib, xonlikning markaziy boshqaruv tizimini butunlay
boshqatdan tashkil etib, o‘zbek zodagonlaridan 360 kishini xonlik
tizimini turli lavozimlariga tayinladi.
Shu bilan Abulg‘oziyxon o‘zbeklarni va yerli aholining nufiizli
kishilarini davlat boshqaruv ishlariga jalb etib, mamlakatda ma’lum
darajada barqarorlikni vujudga keltirdi. Abulg‘oziyxonning ichki
siyosat sohasida o‘tkazgan eng muhim tadbirlaridan yana biri doim
ko‘chib yuruvchi o‘zbek qabilalarini 4 guruhga birlashtirib butun
Xorazm vohasi bo‘ylab, ya’ni Darg‘on otadan to Orol dengizigacha
412
keng maydonda sug‘orish tarmoqlari sohillariga o‘troqlashtirish
siyosati bo‘ldi.
Ikkinchidan, Abulg‘oziyxon turkiy qavmlar va fors-tojik,
mo‘g‘ul tillarini mukammal egallagan, o‘zining «Shajarai turk» va
«Shajarai tarokima» nomli asarlari bilan jahonga mashhur bo‘lgan
olimdir. Uning bu asarlarida ilgari surilgan kuchli markazlashgan
davlat tuzish, mustahkamlash, xonliklar va bekliklar o‘rtasidagi
o‘zaro urushlarga barham berish, davlat va fuqarolar manfaatlarini
himoya qilish, davlatni adolatli qonunlar asosida tadbirkorlik bilan
boshqarish, el-yurt tinchligi, xalqlar do‘st!igi, ilm-ma’rifat egallash,
fan va madaniyatni rivojlantirish singari ijtimoiy-siyosiy va huquqiy
qarashlari
o‘zbek xalqining siyosiy-huquqiy
flkrlar tarixiga
qo‘shilgan katta hissadir.1
Abulg‘oziy «Shajarai tarokima» («Turkmanlar tarixi») asarida
turkiy qabilalarning, xususan, turkman xalqining kelib chiqishi haqida
qimmatli ma’lumotlar beradi. Asarda barcha turkiy xalqlarning
afsonaviy podshosi 0 ‘g‘uzxon va uning avlodi, tarixi, shuningdek,
turkman urug‘lari (solur, boyandur, taka, yovmut, tevachi, hizr eli,
sariq, Ali eli, yozir, ersori va boshqalaming) kelib chiqishi qisqa
tarzda bayon etilgan. Bu asarda turkman xalqi yaratgan ko‘pgina
rivoyat va hikoyatlar, xususan, afsonaviy o‘g‘uz-turkman, Dada
Ko‘rqut haqidagi ertak va afsonalar, she’rlar o‘rin olgan.
«Shajarai tarokima» 1893-yilda A.G.Tumanskiy tomonidan rus-
chaga tarjima qilinadi. Keyinroq esa bu asaming to‘liq tarjimasi
A.N.Kononov tomonidan amalga oshiriladi. Asar tili, uslubi fonetik
morfologik, sintaktik jihatdan chuqur tahlil etilib, izohlar ham beriladi.
Akademik A.N.Kononov shunday deydi: «Shajarai tarokima» asari
faqatgina tarixiy manba bo‘lib qolmasdan, balki adabiy yodgorlik
sifatida ham ahamiyatli bo‘lgan, chunki unda xalq afsonalari, xalq
etimologiyasi, etnomi, maqol va matallari, masallari mohirona
tasvirlangan».
Abulg‘oziy haqiqatan ham o‘zining bu asarini xalq ommasi tushunib
yetadigan sodda va ommabop uslubda yozishga alohida e’tibor
bergan. Muallifning o‘zi bu haqda shunday yozadi: «Barcha bilingkim,
bizdan burunturkiy tarix ayqonlar arabiy lug'atlarni qshib tururlar
va forsiyni ham qo ‘shib tururlar va turkiyni ham sajh qilib tururlar.
O ‘zlarining hunarlari va ustozliklarim xalqqa ma 'lum qilmoq uchun. Viz
Do'stlaringiz bilan baham: |