krgan biladi», «Ko‘rmaganning kuni qursin»ga o‘xshagan maqollar
yaratib, sezgi a’zosi ko‘zning inson aql-zakovatini o‘stirishdagi
xizmatini alohida uqtirgan. Ko‘rish, kuzatish natijasida olingan
bilimning olamni bilish uchun eng ishonchli va ta’sirchanligini yaxshi
bilgan xalq «Krmasdan kngling qolmasin, krishdan ko‘zing
tolmasin». «Ko‘rmay turib tungilma (ranjima), K o‘rmas kz bilan
ungilma (qarama)»- deb qaysi bir narsani ko‘rgandan keyin maium
xulosaga kelish zamrligini, ko‘rmay turib qarorga kelish noto‘g‘riligini,
narsalami taqqoslab farqini ayrib berishdagi ko‘zning xizmatini inobatga
olish kerakligini, ko‘rish jarayonida narsa haqida fikr yuritish, tahlil
qilish yuzaga kelishini, ko‘z bilan ko‘rish va tafakkur orasida
mustahkam aloqa bor ekanligini: «Kz tarozi, ko ‘ngil qozi», «Manglay
kzi kradi, kngil kzi anglaydi» deb, narsaning u yoki bu jihatini
o‘rganishda diqqat bilan nazar solishga, bilish uchun kuzatishdan
charchamaslikka chorlaydi, ko‘rish orqali qabul qilingan bilimlar
54
to‘g‘risida mushohada yuritib, uni toidirish lozimligini, muayyan narsa
va hodisaning birlamchi belgilarini farqlash zarurligini uqtiradi. Gohida
vaziyat murakkab, hayratlanarli darajada tushunish qiyin boiganda xalq
« 0 ‘z ko ‘zimga o ‘zim ishonmadim» - deb qabul qilingan narsaning
haqqoniyligini bilsa ham yanglish (illyuzion) xulosaga kelmaslik uchun
qayta-qayta tekshirib ko‘rish zaruriyatini ta’kidlagan. Keyin: «Ko‘z
aldamaydi, quloq tanlamaydi» - deb, ushbu sezgi a’zolari vositasida
idrok etilgan maiumotlarga ishonch bilan qaragan.
Xalq pedagogikasida yoshlarga olamni bilishni o‘rgatish masalasida
ulaming ko‘rish vositasida qabul qilingan bilim g‘oyat puxta
o‘zlashtirilishi nazarda tutilib, «Yuz marta eshitgandan bir marta
krgan yaxshi». «Ko‘rganning aqli oshar, oqilning zavqi toshar»
singari maqollar paydo boigan. Bular orqali bilim faqat mutolaa yoki
eshitish orqali orttirilmay, bevosita o‘rganuvchining o‘zi ishtirokida,
hayotiy tajriba samarasi sifatida to‘planilsa haqqoniylik kasb etishiga
urg‘u beriladi. Ko‘z bilan ko‘rish, sezish natijasidagi bilim isbot-dalil
talab qilmaydi, bunday bilim asoslari xotirada uzoq saqlanadi,
keyinchalik ham xayol orqali insonni mushohada yuritishga undaydi
Shunday qilib, bilim berishning quruq bayonlash usulida emas, balki
ko‘rsatmali boiishini maqsadga muvofiq sanagan xalq mumkin qadar
har bir narsani qo‘l bilan ushlab, sezish nihoyatda asosli tushunchalar
paydo qilishini «Hecfr narsa ko ‘z bilan ko ‘rgandek bo ‘lmaydi» deya
o‘rgatgan. «Ko ‘zga ishonish kerak, szga tushunish kerak», « 0 ‘zganing
sziga ishonguncha, zingning kzingga ishon» - degan maqollar
fikrimizning dalili boia oladi. Ko‘z bilan ko‘rib aytilgan fikrlar
o‘rganilayotgan obyektni tinglovchi tasawurida oydinlashtiradi va
xotirada uzoq saqlanishini ta’minlaydi. Agar ko‘rganlaring chala,
ishonchsiz, noizchil boisa, o‘zlashtirilgan bilim ham shu darajada past
va asossiz boiadi. «Ko‘zi chalkashning so ‘zi chalkash» deyilib, qaysi
bir narsani yetarli bilmay, lozim darajada tushunib yetmay fikr yuritilsa,
chiqarilgan ma’rifiy xulosa mantiqiy hukm ham chala, ya’ni inson
bilimini oshirish uchun zararli boiishi qayd etiladi.
Xalq qaysi bio narsa yoki hodisani o‘rganish asnosida
mashg‘ulotning ko‘rsatmali boiishi lozimligini bolalaming o‘zlariyoq
beixtiyor talab etishini, bu xosiyat ular yaratilishiga xos xususiyat
ekanligini yaxshi anglagan. Bolalaming «U nima, qanday narsa?» deb
eshitganining anigiga yetmay qo‘ymasligi ko‘rib-bilishga qiziqishi bola
tabiatida bor narsa deb tushuntirgan xalq ulaming aql-saviyasiga yarasha
tarbiya berish zarurligitii talab qilgan. Bolalarga nima g)‘rgatilsa,
mumkin qadar ko‘rsatib o‘rgatish zarur. Chunki «bola ko 'rganini
unutmaydi».
Aql-bilim imkon boricha ko‘rsatmali boisa, o‘rganilayotgan obyekt
mazmuni ishonarli boiadi. Bola shuuriga chuqur o‘mashishiga
erishiladi. Ko‘rsatmali shaklda bayonlash o‘rganilayotgan narsaning
muhim belgilarini bilib olishni va uning turli jihatlararo aloqalami o‘qib
olishni
osonlashtiradi,
maiumotlaming
xotirada
saqlanishini
yengillashtiradi. Xalq «Ko ‘z bilan ko ‘rganning bari rost», «Quloq bilan
eshitgandan ko ‘z bilan ko ‘rgan afzal» deb nasihat berish orqali ham bir
narsani ko ‘rish yordamida bilishning inson aqli takomilida dunyoni
anglashda katta ahamiyat kasb etishiga diqqat qaratadi.1
Shunday qilib, qadimda ota-bobolarimiz aqliy tarbiyaning hayotda,
ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishini, yosh avlodni
qobiliyatli, barkamol inson qilib tarbiyalashda asosiy omil ekanligini
anglab yetganlar. Shu tufayli ular «Aql-odamning oltin toji», «Aql -
dunyoning ko ‘zi», «Aql - odamning k o ‘rki», «Aqllik bor uyda ahillik
bor», «Oy tunda kerak, aql kunda kerak» kabi hikmat — maqollar
yaratganlar.
Tabiiyki, aqliy tarbiyaning samarali boiishi ko‘p jihatdan oila, ota-
ona, keksalar va ustozlaming tarbiyasiga bogiiqdir. Ular jamiyatda,
turmushda yuz bergan hodisalar natijasi boigan ko‘p yillik hayotiy
tajribalarini yoshlarga o‘rgatib, bolalami bilim egallashga va mehnat
qilishga jalb qilganlar.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham muayyan
urug‘, qabila, elat yoki millat yashaydigan hududni begonalardan himo-
ya qilish yashash tarzining muhim shartlaridan ana shu ruhda tarbiya-
lashga e’tibor qaratilgan. Bolalar o‘zlarining psixologik xususiyatlariga
ko‘ra to voyaga yetgunlaricha buning mohiyatini chuqur anglamaganlik-
lari bois kattalaming bu boradagi harakatlariga jiddiy yondashmaganlar
va mas’uliyatni yetarlicha his etmaganlar.
Hudud uchun kurash hayot kechirish va tiriklikni ta’minlash uchun
zaruriyat ekanligini chuqur anglagan kattalar esa bolalar, o‘smirlarda
hududni qo‘riqlash, uni dushmandan himoyalash ko‘nikmalarini
shakllantirishning samarali yoilarini izlaganlar. Bunday samarali yo‘l
sifatida bolalar faoliyatining asosiy ko‘rinishlaridan boigan o‘yinlar
tanlangan. «.... Ibtidoiy odamlar mevalami terib yeb kun kechirish bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |