yoshlami davr talablariga muvoflq kishilar qilib yetishtirishda, ta’lim«
tarbiya ishlarini amalga oshirishda qoilagan usul? vosita va tajribalar
yigindisidan iboratdir. Chunki hali maktab boimagan, pedagogika fan
sifatida shakllanmagan davrdayoq qabila a’zolarining yoshlarda
mehnatsevarlik, jangovarlik, axloq-odob, nafosat, do6stlik, mehr-shafqat,
insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va o‘stirish sohasidagi aql-
idroki o6sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida bizning davrga
qadar yetib keldi va xalq pedagogikasi shaklida tarkib topdi.
O^zbek xalq pedagogikasiga xos xususiyatlar - insonparvarlik,
ochiq ko6ngillilik, saxovatlilik, poklik, to6g6ri so6zlik, haqiqatgo6ylik,
rostgo6ylik, yaxshi qo6shnichilik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik,
baynalmilallik kabi fazilatlardan iborat bo6lib, bu fazilatlar tarixiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’ naviy-ma’rifiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi
va umumbashariy xususiyat kasb etadi. Shu ma’noda xalq pedagogikasi
ma’lum davrda yashagan xalq, elat, guruh madaniyati, ma’naviyati,
taiim-tarbiya va pedagogik fikrlarining tarkibiy qismidir. Uning
umumbashariylik xususiyati shundan iboratki, u demokratik yo6nalishda
rivojlanadi, xalqning ezguliklari, orzu niyatlari va g6oyalarini ifodalaydi.
0 ‘zbek xalq pedagogikasidagi ilg(or g6oyalar - yosh avlodni
aqliy va jismoniy jihatdan yetuk, ma’rifatli, bilimli va kasb-hunarlami
egallagan, odob-axloq qoidalarini muj assamlashtirgan, barkamol inson
qilib tarbiyalashdir.
G6zbek xalq pedagogikasi urf-odat, an’ana va qadriyatlari bir
avloddan ikkinchi avlodga og6zaki tarzda o6tadi, so6ngra og6zaki ijod va
yozma adabiyot mahsuli ■- maqol, masal, topishmoq, ertak, latifa,
qo6 shiq, lapar, askiya, dostonlar vositasida ommalashadi. Shu sababli
ham, xalq og6zaki ijodi va yozma adabiyot, asrlar davomida yaratib
kelingan xalq latifa va qo6shiqlari, lapar va askiyalari, hikmatlari,
maqollar va masallar, ertaklar va dostonlarida o6zbek pedagogikasining
zamini, fundamenti va yagona tarbiya vositasi bo6lib kelmoqda.
Har bir jamiyatda yashagan xalq ruhi: do6stlik, birodarlik, mardlik,
vatan va xalqqa sodiqlik g6oyalari ifodalangan, ulug6langan; ota-onaning
o6zaro ahilligi, ular bilan farzandning o6zaro mehr-muhabbati, qadr-
qiymati, eng yaxshi insoniy fazilatlari tarannum qilingan.
Ma’lumki, o6zbek xalq pedagogikasida farzandli bo6lish, o6z
farzandini jasur, botir va barkamol inson qilib tarbiyalash alohida o6rin
tutadi. Masalan, «01tin beshik», «Ilmxon», «01mos botir», «Dono qiz»
ertaklarida va «Alpomish», «Rustamxon», «Murodxon», «Oysuluv»,
«Shirin va Shakar», «Kuntug6mish» dostonlarida farzand ko6rish baxtiga
47
muyassar bo‘lishlik eng yuksak insoniy 'orzu-havas ekanligi, u
ota-onaga
baxt-saodat, quvonch va ma’naviy-ruhiy kuch-quwat bag‘ishlashi
bayon etiladi.
Darvoqe, bola ko‘rish va tarbiyalash baxtiga muyassar bo‘lgan
onalaming «alla» aytmaganligini tasawur qilish mumkin emas. Abu Ali
ibn Sino ona allasining tarbiyaviy ahamiyatini quyidagicha ta’riflaydi:
«Bolaning talabini qondirmoq uchun unga ikki narsani qoUlamoq kerak.
Biri - bolani sekin-sekin tebrating, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat
bo‘lib qolgan musiqa-allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga
qarab bolalaming tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhiyoti bilan
musiqaga bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi»l Xalqimizda bolaning fe’l-
atvori, badnafs, berahm bo‘lishi yoki insofli, diyonatli, mehr-shafqatli
bo‘lishi uni tug‘dirishga yordamlashgan ena (doya)ga va onaning sehrli
hamda mehrli allasiga bog‘liq degan naql borligi bejiz emas. Alla orqali
ohaqalloqqa singdirilgan insoniy fazilatlar sog‘lom avlod va barkamol
shaxs kamolatida onalar va doyalaming mas’uliyati katta ekanligidan
dalolat beradi.
Demak, har qanday tuyuning alifbosi ona mehridan boshlanishini
ko‘rsatmoqda. Onani homiladorlik davridan e’tiboran uni to‘g‘ri
parvarish etish, tegishli shart-sharoitlar yaratish va onaning ruhiy-
fiziologik sog‘lomligi tug‘iljak farzand salomatligini ta’minlashiga
e’tibomi qaratish lozim.
Bola qalbida tuyg‘uning shakllanishi va rivojlanishi awalo
insondagi barcha yaxshi fazilatlar bilan bog‘liq holda amalga oshadi.
Ona va bolani bir-biri bilan bogiaydigan tarbiyaviy vosita - alla boiib,
unda chuqur milliy mh, ohang va mungli tuyg‘u yashirinib yotadi. Ona
qalbidan qalqib chiqayotgan haroratli alla o‘zining hissiy-emotsional
ranglarga boyligi bilan bola ruhiyatiga
ta’sir etadi. Unda bolani
tarbiyalovchi, tinchlantimvchi, dam oldiruvchi va uxlatuvchi sirli va
sehrli ohangdan tashqari, tuyg‘u uyg‘otuvchi ta’sir bor.
Ikkinchidan alla orqali boiadigan ona-bola muloqoti bolaning oliy
nerv faoliyatining shakllanishida, ayniqsa, harakat va nutq faoliyatini
tarkib topishida alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, tuyg‘uning
shakllanishi bola o‘sayotgan oilaga, ya’ni ota-onasining insoniylik
dunyoqarashi, mehnatsevarligi, madaniy va maiumot saviyasiga ham
bogiiq hisoblanadi. Shu bilan birga har bir shaxsning jismoniy va aqliy
faolligini ham belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: