lavozimdan
bo ‘shaganda, fazilati uni yana o ‘ringa o ‘tqazadi».
Olim kishilar o‘rtasida og‘a-inilik, inoqlik, birodarlik va hamdamlik
munosabatlari el-yurt uchun g‘oyat zarur omillardan biri ekanligini
ta’kidlaydi:
«Do‘stlashish
murojaat
emas,
xushmuomalalikdir,
xushmuomalalik esa chuqur tekshirish va o ‘rganishni uzoqqa
cho‘zmaydi ham, hisob va sarfni ko‘tarmaydi ham. D o‘stlik
munosabatlari eskirsa, yaqin qarindoshlikka aylanib ketadi va ikkinchi
marta onani emishganday bo‘lib qoladi. Kimki odamlar qalbini
ovlayman desa, unga ehson va muruwat donlarini sepishi, fazl va
olijanoblik tuzoqlarini qo‘yishi kerak. Kimki o ‘z birodarini faqat
ko ‘rgandagina eslasa, uni topishi g o ‘yo uni y o ‘qotishdir, u bilan
uchrashishi esa, undan judo boiishidir. Kimki nahs (ishlarni)
takomillashtirsa, nafsi unga nasihat qilmay qo‘yadi, kimki d o ‘stidan
o ‘zini yuqori tutsa, uni o ‘zini sevishga majbur etgan bo ‘ladi, kimki
dardini davolamasa, dard unga hamroh bo ‘lib qoladi».
Mutafakkir ota-onalarga o‘z farzandlarini mard, matonatli, jasoratli,
shijoatli, saxovatli, karamli, olijanob, kamtarin, xushmuomala va go‘zal
insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga pandu nasihatlar qiladi:
«Dushmanlarga matonatni hech zohir etmagin, (u vaqtda) sen
tahqirlanib qolasan».
Rayhonni ko ‘rganmisan? K o‘karib turganda uni hidlashadi, qachon
tusi o ‘zgarsa, tahoratxonaga tashlab yuborishadi.
Er kishiningfazilati uning kiyimidir, agar u kalta bo ‘lib qolsa, kishi
yalang‘ochday bo‘lib qoladi, agar uzun bo‘lsa, uning ichida qoqilib
ketadi. Asirdan kattaroq (shunday) kishiki uni asir oladi. Sherdan
shijoatli (shunday) kishiki, uni bogiab oladi, keyin qo‘yibyuboradi.
Hurmat ehson bilan barobardir, sotiladigan mol narxining qarama-
qarshisidir. Hayot hodisotlari yerlar ko ‘zgusidir, xulq-atvor esa
ulardagi nuqson va kamolot me 'yoridir. Karamli kishi tahqirlansa ham
azizdir. Karamli kishi (agar) yomonlik qilsa, o ‘ylab va niyat bilan
(qilingan boiadi), agar yaxshilik qilsa, o ‘ylab va niyat (qilingan
boiadi). Olijanob (kishi) zafarining karomati shundaki, agar qoiga
kiritsa, yana (ko‘proq) kiritishni istaydi. Saxovatli (kishi) bug‘doy sotib
olmaydi, yaxshilikni xarid qiladi. Olijanob (odam)ning himmati uni
kambag ‘allikdan himoya qiluvchisi va qismatiga qarshi quroldir.
200
Sahovatli kishining oti o*z asliga (qarab) chopadi, daraxt shoxi esa
ildiziga (borib) taqaladi. Shijoat, hatto unga qarshi kishi uchun ham
seyimlidir, qo ‘rqoqlikning u bilan munosabatda bo‘lgan kishiga
jirkanchli (bo‘lishi) ham xuddi shunday saxiylikning hatto o ‘z dushmani
qalbiga yoqimli (bo‘lishi) baxillikning esa hatto unga merosxo ‘r va
unga d o ‘st kishi uchun og‘ir (bo‘lishi) ham xuddi shunday. Saxovatni
ko ‘p taqdirlagan kishi karamlidir, dinorni kam yiqqan kishi buyukdir.
Tagi bo‘lmagan fazilatni da’vo qilish kamchilikdir, g o ‘yo kamchilikka
uzr so ‘rab iqror bo ‘lish fazilat bo ‘Iganiday.
Ehson eshigi unga kirishni xohlaganlar uchun ochiqdir, muruwat
qilishni xohlagan kishi uchun uning ixota qilingan joyi bemaloldir.
Karamli (kishi) uchun to ‘siq yo ‘qdir, uning oldida eshik berkitilmaydi.
Saxovat qilgan kishi charchamaydi, baxillik qilgan esa hech
rohatlanmaydi».
Abu Bakr al-Xorazmiy merosida yuqoridagi kabi kishilaming oila
va jamiyatdagi burchlarini, bola tarbiyasidagi mas’uliyatini to4g‘ri talqin
qilishga undovchi g‘oyalar anchagina. Mutafakkir jamiyat va oila
manfaatlarini kzlab yosh bolaning erkin intilishlarini bo^masdan,
aksincha ilmga rag6batlantirish kerak, degan xulosaga keladi: «Adabning
mevasi katta aqldir, ilmning mevasi yaxshi amaldir. Kichikka muruvvat
eng latif va eng yoqimli bo ‘ladi, xuddi ozgina suv eng shirin va mazali
bolganiday. Agar er kishini xavotirlik ipi kishanlab qo‘ygan bo ‘lsa,
orzurumid ulovi tomon qo‘zg ‘almaydi. Qayerda rag‘batlantirish bo‘lsa
umid shu tomonga yo ‘l oladi, qayerga don sepilsa, shu yerga qush
qo ‘nadi».
Mutafakkir har bir kishining qadr-qimmati jamiyatga va o‘z xalqiga
yetkazadigan foydasiga qarab belgilanishini ta’kidlab, kishilami
rostgo‘ylikka, sofdillikka, muruvvatli, sabr-toqatli va chidamli bo‘lishga
chaqiradi: «Sababsiz uzr gunohdir, ishonch y o ‘qolishi bilan (qilingan)
takalluf haqoratdir. Tashakkur aytganning shukrini qabul qilish uning
(yanada) ko ‘payishi uchun qarzdir, maddoh so ‘zini tinglash uning
hojatini (chiqarish) garovidir. K o‘rganning tili aytib berganning tilidan
notiqroqdir, voqeaning guvohi bo ‘lish (birov) so ‘zining guvohi
bo‘lishdan adolatliroqdir. Kishilarga m a’lum bo‘lmasa ham haqiqat
haqiqatdir, ko‘r ko‘rmasa ham kunduzi kunduzidir. Davr xoinlikdan
keyin vafo qiladi, sindirgandan keyin tuzatadi, gunohdan keyin tavba
qiladi, haqorat qilgandan keyin taqdirlaydi. So ‘zning eng yaxshisi
ziddiga qarshi chiqilishidan rohatlanish, hazil va jiddiyligidan xursand
bolishdir Oy nur sochganiga, mushk esa hid berganiga shukr qiladi.
201
Yashirin dardga davo bo ‘Imaydi, davo bo‘lmagach shifo bo‘lmaydi.
Chopqir ot urilsa qoqiladi, keskir shamshir zo ‘r zo ‘rakay (urilsa)
kesmaydi, rostgo ‘y til yolg *on so ‘zlasa tutilib qoladi».
Olim yoshlarni navqironlik davrining har daqiqasini qadriga
yetishga, halol mehnat qilib farovonlikka, baxt-saodatga erishishga
chaqiradi: «Zamon o ‘tishi so ‘z (eshitishga) kar, malomat o ‘qlarining
otilishiga sabrli: daraxtlami qirqib tashlaydi, shoxlarni sindiradi,
yoshlikni o ‘g ‘irlaydi, orzu-umidlarni va badanni balolarga giriftor
qiladi, borlarni bo ‘lib o ‘tganlarga qo ‘shadi.
Muvaffaqiyat keltirgan mehnat qanday yaxshi, mevasi yig ‘ib
olingan shavkat (qanday yaxshi). Mehnat bu bir sel, agar sei to ‘xtab
qoisa, singib ketadi.
Kishining tqqdir o ‘qidan saqlanishi, o ‘z qadr-qimmati uchun
kurashishi qanday yaxshi va rizq uchun namon (bo ‘lishi), haqiqiy
xizmat y o ‘li bilan uni qo‘Iga kiritishi qanday yaxshi. Uzoq xizmat
hurmatni mustahkamlaydi. Hurmatning mustahkam bo ‘lishi esa,
yaqinlik va qarindoshlibn qattiq bog‘laydi».
Abu
Do'stlaringiz bilan baham: |