Sulton Ali Mirzo
(38)
— holo Samarqand mulkida saltanat taxtida mutamakkindur.
Derlarki, tab’i nazmgʻa moyildur. Bu matla’ni andin naql qilurlarkim:
Vaslida magʻrur boʻldung hajrida zor, ey koʻngul,
Ne aning birla, ne onsiz, toqating bor, ey koʻngul.
Yettinchi majlisniig tuganchisi
Bu oliyjoh podshohlar va anjumsipoh falak dastgohlardin avvalgʻi Jamshid
(39)
va
Faridun
(40)
monand ota bila farzandgʻa soʻnggʻi avlod va axfod va amjodqa falak Jamshid
bila Faridungʻa ichirgandek, ayogʻi ichurdi va vujud bazmgohidin surdi va adam
faromushxonasigʻa kiyurdikim, dunyoda haq taolo alarni shohi taxtgir qilgʻondek
oxiratda ham muqarrabi dargoh va arshi sarir qilgʻay. Va alarning mulku taxt va
saltanatin va toju sipoh va hashamatin alargʻa vorisi barhaq va mulkka horisi mutlaq,
Do'stlaringiz bilan baham: |