oxiratdagi zavjangdir”, deydi (Termiziy rivoyati). Nabiy alayhissalomning avvalgi
zavjalari Xadicha roziyallohu anho vafot etganidan keyin Alloh taolo bu muborak nikohni
muvofiq ko’rdi. Xadicha onamiz hijratdan uch yil burun vafot etgandi. Nabiy
alayhissalom ikki yil yoki shunga yaqinroq vaqtdan keyin Oishani olti yoshida nikohlab
Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
oldilar.
Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: “Xadicha onamiz qazo qilganidan keyin Xavla binti
Hakim Nabiy alayhissalom oldilariga kirib: “Uylanmaysizmi, ey Rasululloh?”, deydi. U
zot: “Kimga?”, deb so’raydilar. Xavla binti Hakim aytadiki: “Bokira qizgami, yoki
juvongami?” U zot yana so’raydilar: “Bokira qiz kim, juvon kim?” Xavla binti Hakim:
“Bokira qiz sizga eng sevimli bo’lgan kishining qizi Oishadir. Juvon esa sizga iymon
keltirgan va sizning yo’lingizga ergashgan Savda binti Zam’a”, deydi. Rasuli Akram
aytadilar: “Ikkisini ham so’rab ko’r-chi”. U xotin darhol onam Ummu Ruvmonning oldiga
borib: “Ey Ruvmon, Alloh sizlarga baraka va xayr ato qilsin”, deydi. Ummu Ruvmon
bundan hayron bo’ladi va xushxabarni eshitganidan so’ng: “Biroz kutib tur, erim Abu
Bakr kelsin”, deydi. Abu Bakr uyga qaytganida buni bildirishadi. Abu Bakr roziyallohu
anhu bu mujdadan biroz taraddudlanib: “Birodar bo’lsak qizim unga munosib
bo’larmikin”, deydi. Bu gap Rasul alayhissalomga yetkazilganda: “Men uning
birodariman, u ham mening birodarim, qizi menga munosib bo’ladi”, deydilar”.
Oisha roziyallohu anho nubuvvat uyiga darhol ko’chib o’tmadi. Nabiy alayhissalom
nikohlab olsalar ham u bilan qovushishga shoshilmadilar. Ehtimol hali uning yosh ekani
yoki hijratdan oldin Nabiy alayhissalomning boshiga tushgan musibatlar haddan tashqari
kuchaygani buning orqaga surilganiga sabab bo’lgandir. Balki hijrat va undan keyin
birin-ketin kelgan ulug’ ishlar bu borada biroz sabr qilib turishni taqazo etgandir.
Nabiy alayhissalom Madinaga hijrat qilganda Oisha roziyallohu anho Nabiy alayhissalom
oilasi bilan Makkada qoldi. Rasuli akram Madinada qo’nim topganlaridan keyin olib
kelishga bir kishini jo’natdilar.
Oisha roziyallohu anho hijrat safarini shunday ta’riflaydi: “Nabiy alayhissalom Madinaga
hijrat qilganlarida bizni va qizlarini uyda qoldirdilar. Madinaga borganlaridan keyin olib
ketish uchun Zayd ibn Horisa bilan Abu Raf’ini yuboradi. U ikkisiga ikki tuya va Abu
Bakrdan olgan besh yuz dirhamni beradi. Ikkovi bu pulga yo’l uchun kerakli ulov sotib
olishadi. Abu Bakr Abdulloh ibn Urayqitga ikki yoki uch tuya berib, shu ikkisiga qo’shib
jo’natadi. Shuningdek, Makkada turgan o’g’li Abdullohga xat yozib, onam Ummu
Ruvmonni, meni va opam Asmoni jo’natishni tayinlaydi. Qudayd degan joyga yetib
kelishganda Zayd bu pulga uchta tuya sotib oladi. Shundan so’ng Makkaga yo’l oladilar.
Makkadan jo’nash hijrat uchun chiqqan Talxani ham qo’shib oldilar. Hammamiz birga
yo’lga tushdik. Zayd va Abu Rof’i Fotima, Ummu Kulsum, Savda, Ummu Ayman va
Usoma bilan birga chiqdi. Shahardan uzoqlashganimizda bir yalang joyda men mingdan
tuya hurkib qochdi. Kimningdir jilovni tashla degani qulog’imga chalindi. Darhol jilovni
qo’yib yubordim. Shunda tuyaning tagida birov turgandek bir joyda aylanib qoldi.
Oldinda onam borardi. U meni “Ey qazimo, ey kelino”, deb chaqirgani hamon esimdan
chiqqan emas. Shu tarzda Madinada yangi qurilgan masjid oldiga kelib tushdik”.
Hijrаtning ikkinchi yili Rаmаzоn оyining 17 - kunidа Bаdr jаngi bo’lib o’tаdi. Bu jаngdа
qurаysh mushriklаri shаrmаndаlаrchа yеngildi. Ulаrdаn аyrimlаri qаtl qilindi, bоshqаlаri
esа аsir оlindi. Bаdr islоm tаriхidа eng ulug’ sаnаlаrdаn biri bo’lib qоldi. Nаbiy
аlаyhissаlоm bu g’аlаbаdаn bеhаd quvоndilаr. Bu хursаndlik vа quvоnchli vоqеа
musulmоnlаrning ko’nglini ko’tаrdi. Bаdr kuni o’zidаn kеyin хursаndlik vа sururli kunlаrni
birin-kеtin ergаshtirib kеlаvеrdi. Nаbiy аlаyhissаlоm o’shа kunlаrdа eng sеvimli zаvjаsi
Оishа rоziyаllоhu аnho bilаn qоvushishni munоsib dеb tоpdilаr. Shundаy qilib Nаbiy
Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz
Do'stlaringiz bilan baham: |