www.ziyouz.com kutubxonasi
5
anglab: “Sen faqirlarga yordam berasan, yetimlarga silai rahm qilasan, zaiflarni
qo’llaysan, mehmonni siylaysan va qiynalganlarga yordam berasan. Shuning uchun men
senday odamni tashlab qo’ymayman. Seni o’z himoyamga olaman. Shahringga borib,
Rabbingga ibodat qilaver”, deydi. Ibn Dug’unaning bu iltifoti Abu Bakrni yo’ldan
qaytaradi.
Oisha onamiz yoshligida o’yinqaroq va shox qiz bo’ladi. To’qqiz yoshida ham birga
o’ynaydigan dugonalari va tengdoshlari yoniga borib turadi. Oisha roziyallohu anho
aytadiki: “Arg’imchoq uchib o’ynab o’tirsam, oldimga onam Ummu Ruvmon keldi.
Yonimda dugonalarim ham turishardi. Meni oldiga chaqirdi. Bordim. U qo’limdan tutib
eshikdan ichkariga sudradi. Men o’zimni orqaga tashladim. O’z holimga qo’ymay xotinlar
o’tirgan uyga olib kirdi. Ular meni tabrikladilar”.
Oisha roziyallohu anho nikohlangandan keyin ham bir necha vaqt tengqurlari bilan
o’ynab yuraveradi. Nabiy alayhissalom uning yoshligi va o’yinga bo’lgan qiziqishini
e’tibordan chetda qoldirmaganlar. Bu haqda Oisha roziyallohu anho shunday deydi:
“Rasul alayhissalom oldilarida qizlar bilan o’ynab o’tirardim. Tengdoshlarim ham
tortinmasdan oldimga to’g’ri kelishardi. U kishi masjidda nayza bilan o’ynayotgan
habash qullarni tomosha qilishim uchun ruxsat berdilar”. Oisha onamiz keyinchalik o’sha
qutlug’ kunlarni xotirlab yana shunday deydi: “Qizlar bilan o’ynar edim. Ular ham
oldimga tortinmay kelishar edi. Rasul alayhissalom chiqib ketardilar va dugonalarim
oldimga kirishardi. O’ynab o’tirganimizni hech kimga aytmas edilar. Bir gal qizlari bilan
o’ynab o’tirsam, oldimizga Rasul alayhissalom kirib qoldilar va o’yinchoqni ko’rib: “Nima
bu, ey Oisha?”, deb so’radilar. “Sulaymonning otlari, qanotlari ham bor”, dedim. U kishi
kuldilar”.
Oisha onamizning bolalik va yoshlik davri ana shunday g’aroyib kechadi. Bolaligi Abu
Bakr Siddiq xonadonida o’tgan bo’lsa, yoshligi nubuvvat uyida o’tadi.
Har bir ayolning qalbida o’zi uchun aziz bo’lgan xotiralari, sirlari bo’ladi. Oisha
onamizning nikohlanishi uning uchun ana shunday unutilmas xotiralardan biridir. Ayol
erini qanchalik yaxshi ko’rsa va u bilan baxtli hayot kechirsa, qalbidagi xotiralari ham
shunchalik ulug’lik kasb etadi. Oisha roziyallohu anho ham Rasuli Akramni yaxshi ko’rar
edi. Axir bu dunyoda Rasul alayhissalomdan yaxshiroq va suyukliroq kim ham bo’lishi
mumkin?
Oisha onamizning nikohlanish va erga tegish davri qalbida bir umrga muhrlanib qoldi.
Bu muborak nikoh ilk marta Alloh subhanohu va taolodan vahiy orqali bildirildi.
Keyinchalik Rasul alayhissalom Oishaga shunday xabar bergan edilar: “Seni uch kecha
tushimda ko’rdim. Farishtalar harir ro’molga o’ragan holda bir ojizani olib kelishdi va u
sening jufting, deyishdi. Ro’molni ochib qarasam, u sen ekansan”.
Oisha roziyallohu anhodan keltirilgan bir rivoyatda Jabroil alayhissalom Nabiy
alayhissalomga yashil ipak ro’molchadagi suratini keltirib: “Bu sening dunyo va
Do'stlaringiz bilan baham: |