Mamlakatimizda xo’jalik subektlarining investitsion faolligini oshirishda
soliqlar ta’sirini kuchaytirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:
mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajat turlarining darajasini mo’tadil-
lashtirish maqsadida bank kreditlari bo’yicha foiz to’lovlarini Markaziy
bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxiga kiritishni joriy qilish lozim;
xo’jalik sub’ektlarining investitsion faolligini oshirish maqsadida ularning soliq
to’lovlari hajmida asosiy o’rinni egallaydigan soliqlarni oqilona darajaga
keltirish lozim;
xo’jalik sub’ektlarining investitsion xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy
manbalaridan
biri
bo’lgan
amortizatsiya
ajratmalaridan
foydalanish
samaradorligini oshirish lozim.
Iqtisodiyotni moderniaztsiya qilish sharoitida davlat budjeti daromadlarini
barqarorligini ta’minlashda soliq imtiyozlaridan keng foydalaniladi.
Ularning ushbu mavzuga oid qarashlari o’z navbatida soliq imtiyozlariga
ham bevosita taalluqli bo’lgan. Bu fikr-mulohazalar nafaqat soliq imtiyozlariga
yondashuvning har xil bo’lishini, balki uning tadbirlari tizimini izohlashda ham
keskin farqlanadi. Jumladan, F. Akvinskiy soliqlar masalasida “talonchilikning
ruxsat etilgan shakli”
38
deb ta’rif bergan va soliq to’lovchilarga nisbatan yengillik
berishni tarafdori bo’lgan. Olim va davlat arbobi L. Erxard esa, soliqlardan imtiyoz
berish kerakligini ta’kidlagan holda, bu maqsadga erishi mushkul ekanligini tan
oladi. “Barcha fuqarolarning, xo’jalik yurituvchi doiralarning soliq yukini
pasaytirish haqidagi istaklarini adolatli deb tan olish mumkin”. Ammo bunda u
maqsadga erishish vositalai haqida ham gapirib o’tadi: agar talab qilingan
“xarajatlar barqarorligiga erishilganda edi, unumdorlik sur’atlari shunday shiddat
bilan o’sar ediki, soliqlarni qanday pasaytirish yetarli ekanligini his qilish va
hisoblash oson bo’lar edi”.
38
Пушкареваю. В. М. История финансовой мысли и политика налогов. М.: Инфра-М. 2008. с. 170
68
Mamlakatimiz taniqli iqtisodchi olimlaridan T. Malikov, O. Olimjonov, N.
Haydarov, E. Akramov, Q. Yaxyoyev, O. Imonov, E. Gadoyev va boshqalar soliq
itiyozlarini qo’llash hususida samarali ilmiy izlanishlar olib borganlar va mihim
nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalarni shakllantirganlar. Masalan,
prof. T. Malikov soliq imtiyozlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda soliq
va imriyoz o’rtasidagi dialektik bog’liqlikni soliq imtiyozlarini joriy etish hisobiga
olmaslik hamda ushbu bog’liqlikni ongli ravishda buzish davlatning moliyaviy
ahvolini zaiflashuviga, budjet taqchilligini vujudga keltiruvchi asosiy sabablardan
biri ekanligini ko’rsatdilar. Mazkur holatni yuzaga kelishi soliq bo’yicha
imtiyozlar o’z vazifasini bajarmaganida, o’z maqsadiga erishmaganida, maqsadsiz,
befoyda imtiyoz berilganligidan dalolat beradi.
Prof. N. Haydarov soliq imtiyozlaridan xorijiy investitsiyalarni jalb etish
ning muhim vositasi sifatida foydalanish masalasini ilmiy jihatdan tadqiq qilar
ekan, xorijiy investitsiyali korxonalarga ularning ustav fondidagi xorijiy
investorning ulushiga bog’liq ravishda soliq imtiyozlarini berish xorijiy
investorlar- ning ham, mahalliy investorlarning ham, korxona ishlab chiqarish
faoliyatining samaradorligini oshirishdan manfaatdorligini kuchaytiradi, degan
xulosani shakllantirgan.
G’arb mamlakatlarida soliq imtiyozlari, birinchi navbatda, investitsiyalarni
va ilmiy-texnika faoliyatini, shuningdek, ayrim tarmoqlar va mintaqalarni
rivojlantirishni rag’batlantirish uchun joriy qilinadi. Butun mamlakat miqyosida,
mintaqa doirasida va alohida faoliyat sohalarida investitsiya, ilmiy-texnika
faoliyati hamda tadbirkorlikni rag’batlantirishga qaratilgan soliq imtiyozlari eng
barqaror hisoblanadi. Soliq imtiyozlari, soliq krediti (foyda solig’idan chegirma
ko’rinishida); foydaning soliqqa tortiladigan summasini kamaytirishdan tashlama;
soliqdan butunlay ozod qilish yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash;
jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash shakllarida beriladi.
Respublikada amalda bo’lgan soliq imtiyozlarini to’rt guruhga bo’lish
mumkin:
1) soliq to’lahdan vaqtinchalik ozod qilish;
69
2) soliq tortiladigan bazani toraytirish;
3) soliq stavkasini kamaytirish;
4) soliq majburyatlarini bajarishni kechiktirish (soliq krediti).
Keltirilgan rag’batlar ayniqsa chet el investitsiyalaridan foydalanayotgan hamda
eksport salohiyatini kengaytirayotgan xo’jalik sub’ektlariga keng qo’llaniladi.
Jumladan, korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkasi agar korxona ishlab chiqargan
mahsulotini 15 foizdan 30 foizgacha bo’lgan qismini eksport qilsa 30 foizga, 30
foizdan yuqori qismini eksport qilsa unda 50 foizgacha kamaytitiladi
39
.
O’zbekiston Respublikasi soliq amaliyotida korxonalarimiz uchun imtiyozlar
tizimi tahlilida daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar, qo’shilgan qiymat solig’i
bo’yicha imtiyozlar, aksiz solig’i bo’yicha imtiyozlar, mol-mulk solig’i bo’yicha
imtiyozlarga to’xtalib o’tish kerak. Chunki davlat budjeti daromadlari-ning katta
qismi ushbu soliqlar hissasiga to’g’ri keladi.
O’zbekiston Respublikasida QQS orqali korxonalarning eksport salohiyati
yuksaltirishda faol tarzda foydalanilmoqda. Ya’ni eksportga 0 foizli stavka
qo’llaniladi va bu orqali tadbirkorlik subektlarini eksport salohiyatini kengaytirib
borilmoqda. Buning natijasida davlat budjetida QQSning ulushi 2005-yildagi 35.7
foiz o’rniga 2014-yilda 30.2 foizni tashkil etmoqda. Bu holatni ijobiy baxolash
mumkin, chunki raqobatli bozor sharoitida milliy maxsulotlarimizni jahon
bozoridagi o’rnini mustahkamlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Aksiz solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlarni o’rganish shuni ko’rsatdiki,
birinchidan, aksiz solig’ining funksiyasi to’liq saqlanib qolingan, chunki
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga mansub korxonalar tomonidan ishlab
chiqariladigan aksizosti tovarlar bo’yicha cheklanagan miqdorda imtiyozlar joriy
qilingan; ikkinchidan aksiz solig’i, asosan, ijtimoiy zararli, ikkinchi darajali
iste’mol qilinadigan hamda shohona buyumlarga nisbatan yuqori belgilangan.
39
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqsodiy
ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2099-sonli Qarori. 25.12.2013
70
Bundan xulosa shuki, aksiz solig’i to’liq fiskal funksiyani bajaradi hamda ijtimoiy
zararli mahsulotlar iste’molini cheklashga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti
sharoitida soliq siyosatining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
1.Iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonini pasayib ketishiga yo’l
qo’ymaslik; ya’ni ishlab chiqarishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan chora-
tadbirlar ishlab chiqish. Buning uchun soliq siyosati sohasida soliq stavkalarini
pasaytirish, yangi investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini berish, tezlashtirilgan
amortizatsiyani qo’llash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
2.Soliq siyosatini takomillashtirish; soliqning iqtisodiyotga ta’sirini
kuchaytirish:Soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy- tabiiy
moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali
foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirish;Korxonalar zimmasidagi soliq
yukini keskin kamaytirish, qo’shilgan qiymat va foyda solig’idan olinadigan soliq
stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
3.
Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi
tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iboratdir.
III bob bo’yicha xulosa
Prezidentimiz I. A. Karimov soliq imtiyozlari hamda soliq yuki haqida
quyidagi fikrni bildiradilar: “ Korxonalar zimmasidagi soliq yukini
yengillashtirilishi, qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasining
kamaytirilishi natijasida ishlab chiqarishni jonlantirishga olib kelishi lozimki, bu
narsa iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etishda g’oyat katta
ahamiyatga ega”.
40
Bitiruv malakaviy ishining so’nggi bobida Davlat byudjetining soliqli
daromadlarini shakllantirishni takomillashtirish masalalari, Davlat byudjeti
40
Karimov. I. A., O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O’zbekiston. 1998 360-bet
71
daromadlarini
shakllantirishda
egri
soliqlarni
undirish
mexanizmini
takomillashtirishning istiqbolli yo’nalishlari tadqiq kilingan. Olib borilgan
izlanishlar asosida bitiruv malakaviy ishi mavzusi yuzasidan xulosalar keltirilgan
va fikr muloxazalar bayon etilgan.
72
XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishida egri soliqlarni undirish mexanizmini
tadqiq va tahlil etish asosida olingan asosiy xulosa va takliflar quyidagilardan
iborat.
Birinchidan, Respublikamiz davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda
egri soliqlarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Egri soliqlarga tortilayotgan
tovarlar, ayniqsa, aksiz solig‘i qo‘llaniladigan tovarlar bahosini shakllantirishda
soliqlarning ahamiyati ancha yuqori.
Ikkinchidan, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida egri soliqlarning rolini
oshirish muhimdir, chunki katta mikdordagi mablag‘ni shakllantirish uchun uni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchidan (yuridik yoki jismoniy shaxsdan), uning
daromadidan undiradigan bo‘lsak, u holda u bunday soliq yukini ko‘tarolmaydi.
Shuning uchun bu mablag‘ni tovar (ish, xizmat) larni iste’mol kiluvchilar elkasiga
ma’lum bir vaqtgacha yuklash maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdagi ayrim imtiyozlar
xizmat turlarini rivojlantirish jihatidan aniq asoslanmagan. Masalan, Ichki ishlar
organlari huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari va gastrol-konsert
faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar uchun
berilgan imtiyozlarni keltirish mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha
imtiyozlarni faqat oxirgi iste’molchiga sotish paytidagina taqdim etish
maqsadga muvofiq.
to’rtinchidan, davlat sektori tomonidan moliyalashtiriladigan ish va
xizmatlarning qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi korxonalar iqtisodiy
faoliyatiga salbiy ta’sir etmoqda, ularning investitsion faoliyatlarini chegaralab,
ixtiyorlarida qoladigan foyda miqdorlarini kamaytirmoqda. SHu sababdan
davlat sektori ish va xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan berilgan
imtiyozlarni bekor qilinishi maqsadga muvofiq.
Beshinchidan, amaldagi tovarlarni jo‘natish tartibi korxonalarning soliq
boqimandalarini ko‘payishiga olib kelmoqda. Shundan kelib chiqib, mahsulot
73
jo‘natish jarayonida oldindan to‘lov miqdorining kamida 30 foizga yetkazilishi
soliq bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek boqimandalar salmog‘idagi eng
yuqori ko‘rsatkichni egallab turgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha
boqimanda miqdorlarini kamayishiga olib keladi hamda korxonada sog‘lom
moliyaviy muhitning yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Oltinchidan, Respublikamizning ayrim vazirlik, kompaniya va
uyushmalar tizimi doirasida kelib tushgan pul mablag‘larini taqsimlanishi
yuzasidan alohida maxsus tartiblar ishlab chiqilgandir. Ushbu tartiblarga
muvofiq tushgan pul mablag‘larining kichik qismi joylardagi bo‘linmalarda
qoldiriladi, katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublikadagi yuqori tashkilotga
yo‘naltiriladi. Joylarda qoldirilgan qismi faqat ish haqi bo‘yicha qarzdorliklarni
qoplashga etadi xolos.
Shundan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat solig‘i boqimandasini kamaytirsh
maqsadida yig‘ma hisoblarda ishlovchi maxsus korxonalarda ular tomonidan
hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lanishini nazarda tutuvchi pul
mablag‘larini taqsimlash tartiblari qayta ko’rib chiqish lozim.
Yettinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobvaraq fakturalar
bo‘yicha qonun buzilishida asosiy sababchi qonunbuzar mahsulot etkazib beruvchi
hisoblansa-da, ham xaridor moliyaviy jarimaga tortilishi qonun jihatidan aybi
bo‘lmagan soliq to‘lovchining moliyaviy jarimaga tortilishiga olib kelmoqda.
Shuning uchun o‘z mahsulotini sotish uchun hisobvaraq- fakturalarni noto‘g‘ri
to‘ldirib xaridorga ko‘rsatgan mol yetkazib beruvchiga nisbatan moliyaviy
choralarni qo‘llanilishi va xaridorda buning natijasida qo‘shilgan qiymat
solig‘i bo‘yicha chegirishlarni o‘rni moliyaviy jarismalarsiz qoplanishi soliq
qonunchiligi tamoyillarini amal qilishini mustahkamlashga olib keladi.
Sakkizinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha nolli stavkani
qo‘llanilishi natijasida manfiy farq natijasida yuzaga keladigan ortiqcha to‘lovlarni
qaytarilishi to‘liq hudud byudjetiga tushgan qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi
hisobidan emas, respublika tushumlari doirasida qaytarilishi maqsadga muvofiqdir.
Bu bir tomondan ushbu mablag‘larni qaytarilishini tezlashtirsa ikkinchi tomondan
74
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hudud tushumlaridagi jiddiy kamayishlarni
keltirib chiqarishni chegaralaydi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarida soliq tizimida
ijtimoiy maqsadlar uchun berilgan imtiyozlarni saqlab qolgan holda soliq
stavkalaridan ham ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanishni takomillashtirish
maqsadga muvofiq. Jumladan, respublika soliq tizimida asosiy soliq
hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tabaqalashgan stavkalarni
amaliyotga joriy etish va ijtimoiy muammolarni hal etish uchun foydalanish
lozim.
Mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat
solig‘idan nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborotlarni
kengaytirish maqsadga muvofiq. Bizningcha, respublikada medikamentlar ishlab
chiqaruvchi va aholiga tibbiy xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga ham nol darajali
stavkani qo‘llash lozim.
Import qilingan tovarlar bo‘yicha hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan
qiymat solig‘ini aniqlashda importchi tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga
doir bayon qilingan bojxona qiymatiga nisbatan hisoblab chiqarilgan qo‘shilgan
qiymat solig‘i miqdori hisobga o‘tkaziladi. Lekin importchi tomonidan bayon
qilingan bojxona qiymatiga nisbatan aniqlangan bojxona qiymati o‘rtasidagi farq
bo‘lganda hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori importchi
tomonidan
bayon qilingan bojxona qiymatidan kelib chiqib hisoblangan QQS miqdoridan
kelib chiqib aniqlanadi, haqiqatda to‘langan QQS bilan hisobga o‘tkazilgan
QQS o‘rtasidagi farq miqdori import qilingan tovarning narxiga kiritiladi.
Aksiz solig‘i davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan soliqdir.
E’tiborli jihati shundan iboratki, hozirgi paytga kelib respublikada ishlab
chiqarilayotgan tovarlarning 14 ta turiga aksiz solig‘i joriy etilgan bo‘lsada,
davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda uning ulushi ancha yuqori.
Hozirgi kunda respublikamizda amal kilayotgan aksiz solig‘ini ikkiga,
ya’ni O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni
75
ishlab chiqaruvchi yuridik shaxlardan olinadigan aksiz solig‘iga hamda
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun yuridik va
jismoniy shaxslardan olinadigan aksiz solig‘iga bo‘lishimiz mumkin.
Respublikamizda aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar tarkibi boshqa
rivojlangan davlatlardagidan biroz farq qiladi. Ayrim birlamchi iste’mol
tovarlari ham aksiz
solig‘iga tortiladi.
Respublikamizda hozirgi vaqtda aksiz solig‘iga tortiladigan mahsulotlar
ro‘yxatida ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan
mahsulot, masalan o‘simlik yog‘i mavjuddir. Ushbu mahsulotni aksiz solig‘iga
tortish jahon aksiz solig‘iga tortish amaliyotida keng tarqalgan mahsulotlar
ro‘yxatida mavjud emas.
Mamlakatda hozirgi kunda ayrim xizmatlarga ham aksiz solig‘ini joriy
qilish sharoiti yuzaga kelgan. Bunday xizmatlar ichida birinchi nomzodi
sifatida uyali aloqa xizmatini aytish mumkin. Ushbu xizmat turiga aksiz
solig‘i joriy etish aksizlarning asl mohiyatiga ham to‘g‘ri keladi. Uyali aloqaga
aksiz solig‘ining joriy qilinishi o‘simlik yog‘iga qo‘llanilayotgan aksiz
solig‘ini pasaytirish yoki butunlay olib tashlash imkoniyatini yaratadi.
Jahon sivilizatsiyasida davlatlarning iqtisodiy tuzumi, iqtisodiy va siyosiy
rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish va mulkchilik munosabatlari holatining
turlicha bo’lishi, o’z navbatida har bir davlatda soliqlarning budjet daromadlarini
shakllantirishdagi o’rnini soliqlarning tarkibiy tuzilishini, bevosita va bilvosita
soliqqa tortish nisbatini, soliqlar bajaradigan funksiyalaridan foydalanish
sharoitlarini, soliqqa tortish tamoillarini, soliq imtiyozlari tarkibiva ulardan
foydalanish samarasi, soliq yuki darajasining ham turlicha bo’lishini taqazo qiladi.
Binobarin, bunday sharoitda soliq tizimini optimallashtirish jarayoni ham turlicha
bo’lishi tabiiy holdir.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi
to’g’ri soliqlar hisobidan shakllanmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa,
76
davlat budjeti daromadlarining asosiy qismini egri soliqlardan olingan tushumlar
tashkil qiladi.
Yuqorida qayd etilgan rivojlangan mamlakatlarda aholi daromad darajasini
yuqori ekanligi va aholidan olinadigan daromad solig’ini, asosan, progressiv
stavkalarda undirilishi mazkur soliqlardan olinadigan tushumlarning davlat budjeti
daromadlari tarkibida yuqori salmoqqa ega bo’lishiga olib kelmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz soliq tizimi vositasida iqtisodiyotni tartibga
solishning asosiy yo’llaridan biri bu soliqlarning fiskalligini oshirish emas, balki
soliq to’lovchilarning investitsion faolligini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini
qo’llab-quvvatlash orqali ularning sonini ko’paytirish hamda ularning erkin
daromad olishlariga imkoniyat yaratishdir.
O’zbekiston Respublikasi budjet daromadlarida ko’plab rivojlanayotgan
mamlakatlar singari egri soliqlarning salmog’i yuqori bo’lib qolmoqda. Shu bilan
bir qatorda so’nggi yillar mobaynida to’g’ri soliqlar hamda resurs soliqlari-ning
budjet daromadlaridagi salmog’ini ortib borayotganini ko’rishimiz mumkin.
Keyingi yillarda respublikamiz budjet daromadlarini o’sish tendensiyasi
kuzatilmoqda. Bu soliq to’lovchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi,
soliq stavkalrining muntazam ravishda tushirib borilayotganligi va buning
natijasida soliq to’lovchilarning soni ko’payib borishi orqali amalga oshirilmoqda.
Hukumatimiz tomonidan soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarish-larni
e’tiborga olgan holda kamaytirib borish o’z samarasini bermoqda. Milliy bozoarni
mahalliy tovarlar bilan to’ldirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va
tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik
biznes subektlari shaklidagi soliq to’lovchilarga soliq imtiyozlarini
kengaytirilishiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulot hamda davlat budjeti
daromadlari hajmida yil sayin o’sish ta’minlanmoqda.
O’zbekistonda soliq yukining pasayishi bu faqat ayrim soliq turlari bo’yicha
soliq stavkalarini kamaytirilishi, soliq imtiiyozlarining kengaytirilishi evaziga
emas, balki hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotda keng qamrovli tarkibiy
o’zgarishlarni ta’minlaydigan aniq maqsadli davlat dasturlarini izchillik bilan
77
amalga oshirish hisobidan soliq tushumlariga nisbatan yalpi ichki mahsulotning
o’sish darajasi o’rtasidagi yuqori farqning vujudga keltirilishi bilan izohlanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromad bazasini shakllantirishi-
ning hozirgi holatida soliqli daromadlar asosiy o’rinni egallaydi. Bunda egri
soliqlarning salmog’i yuqoriligicha qolmoqda. Ammo ularning soliqli daromadlar
hajmidagi salmog’ining pasayish tendensiyasining kuzatilayotganligini ijobiy
baholash mumkin.
Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi
bosqichida davlat budjeti daromadlarini shakllanishida soliq to’lovchilar
tomonidan to’lov intizomiga rioya qilmaslik, soliqlarni o’z vaqtida to’lamaslik,
soliq to’lanadigan bazani kamaytirib ko’rsatish, daromadlarni soliqlardan yashirish
va boshqa shu kabi salbiy holatlarning mavjudligi davlat budjetining daromad
bazasini shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarga barham berish yuzasidan ko’rilgan
takliflar va tavsiyalar amaliyotga joriy etilishi O’zbekiston Respublikasi davlat
budjeti daromad bazasini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |