1-rasm
O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti soliqli daromadlari
3
O’z navbatida, budjet daromadlari tarkibida soliqlarning tutgan o’rniga
nisbatan iqtisodchi olimlar dunyosida turli xildagi qarashlar mavjud.
XIX asrda S.Simondi soliqlarning budjet daromadlari sifatidagi mohiyatini
tadqiq qilish asosida – soliq to’lovchi davlat xizmatlarini kelgusida iste’mol qilish
maqsadida joriy ne’matning ma’lum qismini hukumat foydasiga qurbon qiladi –
degan xulosaga kelgan. XIX asrning boshqa iqtisodchilari A.Tyer va J. Mak-
Kullox soliqlarni davlatga berilgan “sug’urta to’lovi” sifatida qaraydilar
7
. Soliqlar
davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai sifatidagi mohiyati va xususiyatlarini
ochib berishda J.M.Keynsning fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikrlari
bevosita bozor iqtisodiyotida davlatning rolidan kelib chiqadi. Unga binoan bozor
mexanizmi o’zini-o’zi tartibga sola olmaydi va bu ishni faqat davlat amalga oshira
oladi. Bu ishni davlat fiskal va pul-kredit siyosati orqali amalga oshirishi
mumkinligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga bozorni tartibga solishda soliqlarning
o’rniga alohida to’xtaladi. J.M.Keyns yuqori progressiv soliqlar davlat budjetini
muvozanatlashga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydi. Bunda davlatning
adolatli ijtimoiy siyosati muhim ahamyat kasb etadi, aholining kam ta’minlangan
3
Vahobov. A., Jo’raev. A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. – T.: “Sharq”, 2009.
7
Jo’raev.A.“Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari”. T.: “Fan”, 2004 24-bet
12
qatlamlari soliqdan ozod qilinadi va soliq yuki to’liq badavlat soliq to’lovchilar
zimmasiga yuklanadi. Keynsni e’tirof etishicha, katta jamg’armalar iqtisodiy
o’sishga halaqit beradi. Chunki ular ishlab chiqarishga yo’naltirilmaydi va
daromadlarning
passiv
manbai
hisoblanadi.
Shuning
uchun
ortiqcha
jamg’armalarni soliqlar yordamida undirib olish zarur
8
.
Taniqli iqtisodchi olimlardan biri S.H. Gataulin ham “soliqlar o’zi nimaga
kerak?” degan savolga quyidagicha javob beradi: “Soliqlar – bu davlat sarf-xa-
rajatlarining asosiy manbai bo’lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni
barqarorlashtiruvchi vositadir”
9
.
O’zbekistonlik olimlardan Q.Yaxyoev soliqlarni budjet daromadlarining
manbai va xususiyati sifatida tadqiq qilib, “soliqlarning ob’ektiv zarurligi – dav-
latning bajaradigan qator funksiyalarini mablag’ bilan ta’minlashning zarurligidan
kelib chiqadi” degan xulosaga kelgan
10
.
Pofessor T. Malikovning fikriga ko’ra, “Soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida
milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida budjetga kelganligi va
faoliyat ko’rsatganligi uchun ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismidir”
11
.
Ko’rib o’tganimizdek soliqlar davlat budjetining asosini tashkil etishi uzoq
yillardan beri taniqli iqtisodchi olimlarning fikrlarida o’z aksini topgan. Shu bilan
birga bu nazariyalar amaliyotda sof holda qo’llanilmagan. Ulardan har bir davlat
o’zining xususiyatlari va iqtisodiy barqarorligidan kelib chiqib qo’llashi mumkin.
Shu nazariyalardan kelib chiqib, soliqlarning budjet daromadlarining asosiy
manbai sifatidagi mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin: a)soliqlar davlat
zimmasidagi funksiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan budjet daromadlarining
asosiy va birlamchi moliyaviy manba hisoblanadi; b) soliqlar-ning milliy
daromadni qayta taqsimlashdagi roli bevosita davlatning iqtisodiyotga aralashuv
darajasi bilan belgilanadi; c) soliqlardan budjetning iqtisodiy mazmundagi xa-
rajatlarni moliyalashtirishda foydalanish masalasiga alohida e’tibor berish amaliy
8
Кейнс.Д.М. “Общая теория занятности, процента и денег” М.: “Прогресс”. 1978. стр.365
9
Gataulin.SH. Soliqlar va soliqqa tortish. T.:2006. 18-bet.
10
Yaxyoev.Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.:”G’.G’ulom”.2005. 11-bet.
11
Malikov.T. Soliqlar va soliqqa tortishning dalzarb masalalari. T.: 2002. 18-bet.
13
ahamiyat kasb etadi, chunki rivojlanayotgan mamalakatlarda iqtisodiyotni tarkibiy
jihatdan qayta qurish davlatning iqtisodiyotga faol moliyaviy aralashuvini zarur
qilib qo’yadi; d) soliqqa tortish tamoyillari buzilishiga yo’l qo’ymaslik soliq
tushumlarining barqarorligiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi; e) respublikamiz
iqtisodiyotining investitsion resurslarga bo’lgan yuqori darajadagi talabini
qondirish maqsadida soliqlarning jamg’armalarga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish
nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlar, nazariyalar, qarashlardan xulosa qilib
shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotning davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga
solinishi davlat budjetini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki
bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish uslubi hisoblanadi. Shunday qilib,
davlat budjet daromadlarining mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki
soliqlardan tushadigan tushumlar davlat budjeti mustaqilligining bosh manbaidir.
Hozirgi iqtisodiyotning samarali rivojlanishi ko’p jihatdan bozor iqtiso-
diyotining davlat tomonidan tartiblanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Lekin bunda
asosiy masala davlat tomonidan boshqarishning vositalari, usullari, imkoniyatlari
va chegaralarini har bir davlat uchun xos bo’lgan bozor ichki faoliyatidan kelib
chiqqan holda to’g’ri tanlab olishdadir.
Bulardan tashqari budjet daromadlarni shakllantirish bo’yicha, soliqlarni
undirish tartibi bo’yicha huquqiy normalar yaratilgan bo’lishi ham budjet daro-
madlarini barqaror va uzliksiz shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi,
chunki davlat huquqiy asos yaratish orqali soliqlarni undirish borasida hamma
uchun umumiy bo’lgan tartibni belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida o’ziga xos budjet qo-
nunchiligi yaratildi va hozirgi kunda ham u yangilanib bormoqda. Respublika-
mizda budjet qonunchiligi uzoq muddat amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar
(budjet munosabatlarining alohida masalalarini tartibga soluvchi) va qisqa
muddatli, har yili qayta ko’rib chiqiluvchi hujjatlardan iborat (2-rasm).
O’zbekiston budjet tizimining huquqiy asosini quyidagi hujjatlar tashkil etadi:
14
1) O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Asosiy qomusimizda O’zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti Respublika budjeti, Qoraqolpoqiston Respublikasi
budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratligi hamda Respublikada yagona soliq
tizimi amal qilishi belgilab berilgan.
2-rasm
O’zbekiston budjet qonunchiligi tarkibi
12
12
Sirojiddinova.Z.X. O’zbekiston Respublikasi Budjet tizimi. Darslik.T.: infoCOM.uz.2010. 47-bet
O’zbekiston Respublikasi budjet
qonunchiligi
Budjet munosabatlarini
tartibga soluvchi uzoq
muddatli huquqiy hujjatlar
Tegishli moliya yili uchun
har yili qabul qilinadigan
huquqiy hujjatlar
O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 1992-yil 8-
dekabr
O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining tegishli yil
uchun “Davlat budjeti
to’g’risida”gi Qarorlari
O’zbekiston Respublikasi
Budjet Kodeksi 2013-yil 26-
dekabr O’RQ-360-son
O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining tegishli yil
uchun “Asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar va davlat
budjeti parametrlari
to’g’risida”gi Qarorlari
O’zbekiston Respublikasi
Soliq Kodeksi 2007-yil 25-
dekabr O’RQ-136-son
O’zbekiston Respublikasining
boshqa normativ-huquqiy
hujjatlari
O’zbekiston Respublikasining
“Davlat budjetining g’azna
ijrosi to’g’risida”gi Qonuni
2004-yil 26-avgust
15
2) O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. Ushbu kodeks budjet tizimini
budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish,
davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari
ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjat
hisoblanadi.
3) O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. Ushbu Kоdeks sоliqlar va bоshqa
majburiy to’lоvlarni belgilash, jоriy etish, hisоblab chiqarish hamda
O’zbekistоn Respublikasining Davlat budjetiga va davlat maqsadli
jamg’armalarga to’lash bilan bоg’liq munоsabatlarni, shuningdek sоliq
majburiyatlarini bajarish bilan bоg’liq munоsabatlarni tartibga sоladi.
4) O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi
Qonuni. Ushbu qоnunning maqsadi O’zbekistоn Respublikasi Davlat budjetining
va budjet tashkilоtlarining budjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrоsi
sоhasidagi munоsabatlarni tartibga sоlishdan ibоrat.
Bizning fikrimizcha, egri soliqlarga faqat soliq to‘lovchilar nuqtai nazaridan
yondoshish unchalik ham to‘g‘ri emas. Aholini davlat byudjeti hisobidan
ijtimoiy himoya qilish an’anasining yildan yilga o‘sib borishi, uni barqaror
daromad manbai bilan ta’minlash muammosini qo‘yadi. Va egri soliqlar,
ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar byudjetida, ana shunday barqaror
moliyaviy manba hisoblanmoqda.
O’zbekiston budjet tizimi budjetlarining faoliyat yuritishining
qonunosti hujjatlarini prezident farmonlari va qarorlari, Oliy Majlis va Hukumat
qarorlari, O’zbekiston Respublikasining hokimyat ijro etuvchi organlarining
xujjatlari, eng avvalo quyidagi hujjatlar tashkil etadi:
Oliy Majlis tomonidan har yili qabul qilinadigan "Davlat budjeti
to’g’risida”gi qarorlari hamda ular asosida O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan keyingi moliya yili uchun qabul qilinadigan
“O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va
Davlat buudjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorlari ;
16
O’zbekiston Respublikasi Bavlat budjetini tuzish va ijro etish Qoidalari
(Moliya vazirligining 2001-yil 29-dekabrdagi 130-son buyrug’i, Adliya
vazirligida 2002-yil 14-martda 1111-son bilan ro’yhatga olingan
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 16-sentabrda 2007-son
bilan ro’yhatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi-ning
2009-yil 4-avgustdagi 69-son buyrug’iga ilova – “Davlat budjetining g’azna
ijrosi Qoidalari”;
Daromadlar tasnifi, xarajatlarning funksional va iqtisodiy tasniflari,
shuningdek O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti darajalari hamda
mablag’lar manbalarining tasniflari. O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining 2008-yil 16-maydagi 80-son buyrug’i;
Boshqa hujjatlar.
Bizning fikrimizcha, egri soliqalarga faqat soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan
yondashish unchalik ham to’g’ri emas. Aholining davlat budjeti hisobidan ijtimoiy
himoya qilish an’anasining yildan yilga o’sib borishi, uni barqaror daromad
manbai bilan taminlash muammosini qo’yadi. Va egri soliqlar, ko’pchilik
rivojlanayotgan mamlakatlar budjetida, ana shunday barqaror moliyaviy manba
hisoblanmoqda.
Xulosa qilib egri soliqlarga tarifa beradigan bo’lsak, egri soliqlar- bu soliq
hajmiga teng bo’lgan, narxga ustama shaklda o’rnatish yo’li bilan Tovar va
xizmatlar istemolchilaridan olinadigan soliqlardir. Ho’sh, ushbu soliqqa tortish
shaklining afzallik tomoni nima bilan izohlanadi? Birinchidan, egri soliqlar, bu
yirik soliq tushumlarini ham amaliy, ham barqaror ravishda olish imkoniyatlarini
beruvchi, budjetga daromadni jalb qilishning eng qulay shakli bo’sa, ikkinchidan,
ularda iqtisodiyotga tasir eta olish, yani u yoki bu yo’nalishda ishlab chiqarishni
rag’batlantirish
yoki
istemolni
tartibga
solish
imkoniyatlarini
ham
mujassamlashtirgandir. Ushbu mexanizmdan amalda foydalanishda milliy
iqtisodiyot xususiyatlarini hisobga olish hamda tadbiq qilish oqibatlarini kompleks
tahlil qilish muxim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, rivojlangan davlatlarda
17
bilvosita soliqqa tortishning salbiy tomonlari mavjudligiga qaramasdan, ular
iqtisodiyot yuksalishiga to’sqinlik qila olmasligi tasodif emas.
1.2. Davlat budjeti soliqli daromadlarida egri soliqlarning o’rni va
ularning o’ziga xos xususiyatlari
Soliqlar davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan
ta‘minlashning asosiy iqtisodiy vositalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishda, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlar
muhim o’rin tutadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq bo’lib,
soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlari o’sish
tendentsiyasiga ega ekanligi davlat byudjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib
borishni taqozo qiladi. Bu esa qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i kabi
barqaror daromad manbalarini, byudjet daromadlarini uzluksiz ta‘minlashni taqozo
qiladi.
Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab
yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og’irligi haqiqatan ham tovar (ish,
xizmat)ni iste‘mol qiluvchilar, ya‘ni egri soliqlarning barchasi bevosita
iste‘molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga
qo’shimcha ravishda qo’yiladi.
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular Respublikada ishlab
chiqarilgan tovarlar respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi,
mamlakat ichida tovarlarning serob bo’lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya
darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi. Bu
tovar va xizmatlarga soliqlar: mablag`lar aylanmasidan soliq – ko`pchilik
rivojlangan mamlakatlarda qo`shilgаn qiymat solig`i bilan almashtirilgan; aksizlar
(tovar yoki xizmat bahosiga to`g`ridаn-to`g`ri qo`shilgаn soliqlar); merosdan
18
olinadigan soliqlar; ko`chmаs mulk va qimmаtli qog`ozlar bilan tuzilgan
bitimlardan olinadigan soliq va boshqalаr. Ular qismаn yoki to`lаligichа tovar
yoki xizmatlar bahosiga qo`shilаdi. (3-rasm) Egri soliqlar tovarning bevosti
tannarxiga qo’shilmasdan uning bahosiga tasir etadi, ya’ni egri soliqlar tovar (ish,
xizmatlar) xaridor uchun berilayotganda uning bahosiga nisbatan qo’llaniladi. Bu
ishlab chiqaruvchilar uchun bir qarashda zarardek tuyilmidi lekin mahsulotning
bahosini oshishiga olib keladi va buning natijasida mahsulotga bo’lgan talabni
kamayishiga olib keladi.
Egri soliqlar o`z xarakteriga ko`rа turlidir, ular:
individual (tovarlarning ayrim turlari va guruhlari bo`yicha);
universal (fiskal monopoliya va bojxona bojlari) bo`lishi mumkin.
Egri soliqlar undirib olishning soddaligi bilan ajralib turadi, ularni
qo`llаnish, hatto ishlab chiqarish pasayib ketgan sharoitlarda ham fiskal samara
beradi.
3-rasm
Tovarlarning narx shakllanish jarayonida egri soliqlarning o’rni
13
Yuqoridagi rasmda firma ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning narxi
shakllanish jarayoni ko’rsatib o’tilgan bo’lib u mahsulot tannarxiga bevosita tasir
ko’rsatmaydi.
13
Gataulin.SH. Soliqlar va soliqqa tortish. T.:2006
.
Tovarlarning to‘liq tannarxi
Firmaning qo‘shimcha foydasi
haqi
i
Tovarlarning hisob narxi
Egri soliqlar
Tovarlarning ulgurchi narxi
19
Yagona tizimda soliqqa tortish obyektlari va hisoblash usullari bo`yicha turli-
tuman to`g`ri va egri soliqlardаn foydalanish davlatga soliqlarning barcha
funksiyalarini amaliyotda to`liq amalga oshirish imkonini beradi: korxonalar
faoliyatining moddiy-texnik asosini tashkil etuvchi ularning mulki ham, ishlab
chiqarishdа ishlatiladigan turli resurslar ham, ish kuchi ham, olinadigan
daromadlar ham soliq ta`sirida bo`lаdi.
Egri soliqlarning o’ziga xos xususiyatlari:
Qo'shilgan qiymat solig'ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish
g'oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta
Germaniya budjet amaliyotida joriy etishni 1919-yilda Vilgelm fon Simens
ilgari surdi. Qo'shilgan qiymat solig'ini amaliyotga joriy etish va undirish
mexanizmi birinchi marta fransuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi.
Ammo qo'shilgan qiymat solig'i M.Lorening taklifidan so'ng o'tgan 10 yildan ortiq
vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo'llanildi. Fransiyada
qo'shilgan qiymat solig'i haqiqatda 1968-yildan boshlab joriy etildi. Qo'shilgan
qiymat solig'iga xos bo'lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa
tortishning obyekti bo'lib,
nafaqat ichki bozordagi tovar aylanma, balki mamlakat korxonalarining tashqi
bozorlaridagi tovar aylanma ham hisoblanadi.
O'zbekiston soliq tizimida qo'shilgan qiymat solig’i 1992-yildan buyon amal
qilmoqda. Ushbu soliq aylanmadan olinadigan soliq va sotuvdan olinadigan
soliqlar o'rniga aksiz solig'i bilan birgalikda kiritilgan. Bu soliq oborot solig'idan
farqli ravishda faqat qo'shilgan qiymatdan undiriladi. Oborot solig'i esa bir
marotaba umumiy oborotdan olinar edi. Qo'shilgan qiymat solig'i esa ishlab
chiqarish va
muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi.
Lekin bozor jarayonlari
rivojlanib borgan sari egri soliqlarning fiskal funksiya bilan bir qatorda
boshqa vazifalarni ham bajara boshlaydi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solish va
ichki milliy bozorni rivojlantirishda hamda himoyalashda asosan, egri soliqlarga
tayanadi.
Davlat bu soliqlar orqali mamlakat hududiga ayrim tovarlarni ko‘proq
20
olib kirish yoki olib chiqish va buning aksini ifodalovchi vazifalarni bajarishi
mumkin. Soliq nazariyasidan ma’lumki, egri soliqlar mahsulot bahosiga yoki
xizmat ta’rifiga ustama shaklda qo‘yilib,
olinadigan soliqdir.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad manbai sifatida
qo’shilagan qiymat solig’i o’zining muhim o’rni va amaliy ahamiyatiga ega.
Masalan qo’shilgan qiymat solig’i davlat budjetining jami daromadlarida 2012-
yilda 33.0 foizni, 2013-yilda 30.8, 2014 –yilda 30,2 foizni foizni tashkil etganini
ko’rishimiz mumkin (4-rasm).
(4-rasm)
O’zbekiston Respublikasi davlat budjet daromadlari tarkibida egri
soliqlarning o’rni
13
Qo’shilgan qiymat solig’ining to’lovchilari bo’lib amaldagi qonunchilikka
asosan ushbu soliqni budjet oldida hisob kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan
14
:
1) sоliq sоlinadigan оbоrоtlarga ega bo’lgan yuridik shaxslar;
2) Soliq kоdeksga muvоfiq zimmasiga O’zbekistоn Respublikasi
nоrezidentlari tоmоnidan amalga оshirilayotgan sоliq sоlinadigan оbоrоtlar uchun
qo’shilgan qiymat sоlig’i to’lash bo’yicha majburiyat yuklatiladigan
yuridik shaxslar;
13
Moliya vazirligi 2012-2014-yillardagi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi malumotlari.
14
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.2007-yil 25-dekabr. O’RQ-136-son. 197-modda.
21
3) tоvarlarni O’zbekistоn Respublikasi hududiga impоrt qiluvchi yuridik va
jismоniy shaxslar, o’z ehtiyojlari uchun bоjsiz оlib kirish nоrmalari dоirasida
tоvarlar оlib kiruvchi jismоniy shaxslar bundan mustasnо;
4) оddiy shirkat sоliq sоlinadigan оbоrоtlarni amalga оshirayotganda
zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishоnchli shaxs) sherik (ishtirоkchi)
— yuridik shaxs.
Amaldagi Soliq kodeksining 198-moddasiga ko’ra qo’shilgan qiymat
solig’ining ob’ekti bo’lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti hamda
tovarlarning importi hisoblanadi.
Soliq kodeksiga ko’ra, soliq solish bazasi realizatsiya qilinayotgan tovar
(ish. xizmat)larning qiymatidan kelib chiqib, qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan
holda aniqlanadi. Soliq solinadigan oborotlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i
soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab
chiqariladi. Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i soliq
solinadigan oborot bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan hisobga
o’tkaziladigan soliq summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Tovarlarni import
qilish bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ining summasi soliq solinadigan baza va
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qo’shilgan qiymat solig’i 20 foiz stavkada to’lanadi. Qo’shilgan qiymat
solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo’yicha
aniqlanadi:
Sqqs = So x S / 100;
bunda: Sqqs - iste‘molchilardan undiriladigan soliq summasi;
So - soliqqa tortiladigan oborot;
S - qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan
narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo’yicha
aniqlanadi:
Sqqs = Tq x S / (S + 100);
22
bunda: Tq - qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovarlar (ishlar,
xizmatlar) qiymati.
Qo'shilgan qiymat solig‘i bilvosita ko’p bosqichli soliq bo‘ladi, ishlab
chiqarish va taqsimlash siklidan boshlanib, iste'molchiga sotilishgacha bo‘lgan har
bir bosqichdan undiriladi. Uning obekti bo‘lib, ushbu jarayonlarda qo’shilgan
qiymat hisoblanadi Ya'ni, maxsulot ishlab chiqaruvchi, ishlarni bajaruvchi va
xizmatlarni ko‘rsatuvchi tomonidan yangidan maxsulot ishlab chiqarish uchun
yoki ishlar va xizmatlarni amalga oshirish uchun sotib olingan xom-ashyo,
materiallar yoki tovarlar va maxsulotlar ustiga qo’shilgan qiymatdir. Ushbu soliq
tovarlar, ishlar va xizmatlar narxining barcha elementlarini cheklaydi hamda ishlab
chiqaruvchining ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga undaydi.
Qo’shilgan qiymat solig‘i hisobotlari asosida davlat sanoat va savdo
kapitalining aylanishi to‘grisidagi ma'lumotlarga ega bo‘ladi va bu makrodarajada
tartibga solishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, davlat tovarlar hali haqiqiy va
ohirgi iste'molchi hisoblangan hamda soliqning haqiqiy to‘lovchisi bo’lmish
aholiga sotilishidan oldin daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
QQS tovar yoki xizmat nimaga mo’ljallanganidan qat'iy nazar to’lanaveradi,
xaridor esa QQSni kaytarib olish uchun soliq idoralariga bunga hakli ekanligini
tasdiqlovchi hujjatlarni takdim etishi lozim. QQSning bu afzalligi ko’pincha
shaxsiy foydalanish uchun, biznesda yoki eksport uchun darhol foydalanish
maqsadida ko‘rsatiladigan xizmatlarga soliq solish chog’ida, ayniqsa muhim
ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi afzalligi quyidagi qoidalar bilan mustahkamlanadi:
a) QQSdan bo’yin tovlash oson emas, chunki hisob-varaqlarga qarab tovar
harakatini aniqlash oson, nega deganda sotuvchi o‘z xarajatlarini qoplash
maqsadida soliq qaytarib berilishi uchun buni tasdiqlovchi hujjatni takdim etishi
kerak;
b) QQS qo’llanilishi narxni soxtalashtirish maqsadida haridor bilan sotuvchi
o‘rtasida til biriktirish imkoniyatini yo’qqa chiqaradi, chunki agar haridor soliq
xususida ko’proq chegirmaga ega bulish uchun hisobvaraqda narx yuqori darajada
ko‘rsatilishidan manfaatdor bo‘ladi, sotuvchi o‘z soliq majburiyatini kamaytirish
23
uchun narx mumkin qadar arzon bo’lishidan, demak, kamroq soliq to’lashdan
manfaatdordir;
Qo’shilgan qiymat solig‘ining asosiy ustunligi shundaki, ishlab
chiqarishning har bir bo‘ginida to’langan soliqning xajmini aniqlash mumkin. Bu
esa, masalan, eksportga berilgan chegirmalarni aniq hisoblashga yordam beradi va
eksport subsidiyalari berilgan vaqtdagi qonun bo‘zilishlarning oldini oladi.
Aksiz solig’i. O'zbekistonda aksiz solig’i 1992-yilda qo'shilgan qiymat
solig‘i bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy
qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli tomoni shundaki, u ayrim
tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish, ko‘rsatilgan
xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib,
faqat aktsiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Aksiz solig'i qo'shilgan qiymat solig'iga tortiladigan bazada va narxda
hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq
sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Bu soliq davlat budjeti daromadlarini
shakllantirishda salmoqli o’rin egallaydi, jumladan davlat budjeti daromadlari
tarkibida 2012-yilda 15.1 foizni, 2013-yilda 14.8 foiznni va 2014 yilda esa 15
foizni tashkil etgan (4-rasm). Mazkur soliq qimmatbaho buyumlar hamda
ikkinchi darjali iste’mol mahsulotlariga keng qo’llaniladi. Bundan xulosa qilib
shuni aytish mumkinki, aksiz solig’ini qo’llashdan maqsad ikkinchi darajali
iste’mol mahsulotlarini iste’molini cheklash hisoblanadi.
Aksiz solig’ini to’lovchilari bo’lib, mulk shaklidan va soliqqa tortishning
qanday tartibi o’rnatilganligidan qat’i nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruv-
chi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisoblandi. Bundan tashqari,
oddiy shirkat aktsiz to'lanadigan tovarlarni ishlab chiqarganda oddiy shirkat
shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi
aksiz solig'ini to'lovchi bo'lib hisoblanadi.
Aksiz solig’ining ob’ekti bo’lib, aksizosti tovarlarni realizatsiya qilishi,
import qilsh, yuridik shaxs ustav kapitaliga ulush sifatida kiritish, yuridik shaxs
24
tugatilganda yoki o’z ixtiyori bilan chiqib ketganda umumiy mulkdagi mol-
mulkdan ajratib berilgan yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish
hisoblanadi.
Aksiz sоlig’ining stavkalari mutlaq summada (qat`iy) belgilangan Aksiz
to’lanadigan tоvarlar bo’yicha sоliq sоlinadigan baza Aksiz to’lanadigan
tоvarlarning naturada ifоdalangan hajmi asоsida aniqlanadi. Aksiz sоlig’ining
stavkalari fоizlarda (advalоr) belgilangan ishlab chiqarilayotgan Aksiz
to’lanadigan tоvarlar bo’yicha realizatsiya qilingan Aksiz to’lanadigan tоvarlarning
Aksiz sоlig’i hamda qo’shilgan qiymat sоlig’i kiritilmagan qiymati sоliq
sоlinadigan bazadir. Aksiz sоlig’ining stavkalari fоizlarda (advalоr) belgilangan
impоrt qilinayotgan Aksiz to’lanadigan tоvarlar bo’yicha sоliq sоlinadigan baza
bоjxоna to’g’risidagi qоnun hujjatlariga muvоfiq aniqlanadigan bоjxоna qiymati
asоsida belgilanadi.
Egri soliq sifatida aktsiz solig’ining qo’shilgan qiymat solig’idan farqlanuvchi
xususiyatli jihatlarini aytib o’tish maqsadga muvofiqdir, ya’ni:
- aktsiz solig’ida cheklangan turdagi aktsizosti mahsulotlarini sotish oboroti
soliqqa tortiladigan ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda,
qo’shilgan qiymat solig’idagi soliqqa tortish ob’ekti bo’lgan ish va xizmatlar aktsiz
solig’iga tortilmaydi;
- agar qo’shilgan qiymat solig’i tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning
barcha bosqichlarida vujudga kelsa va undirilsa, aktsizlar esa faqat ishlab chiqarish
sohasidagina amal qiladi. Ushbu qoidadan O’zbekiston Respublikasi hududiga
olib kelinayotgan aktsizosti mahsulotlari va tovarlari istisnodir. Madomiki, ushbu
holatda aktsiz solig’ini to’lovchilar bo’lib, aktsiz osti mahsulotlarini sotib oluvchi
va qayta sotuvchi tashkilotlar hisoblanadi.
Aktsiz solig’ining iqtisodiy mohiyati byudjet tushumini ta’minlash orqali xalq
xo’jaligi manfaatlarini qondirishga, ko’proq mablag’larni jalb ettirishi orqali
namoyon bo’lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya’ni asosiy iste’molchilarning
to’lov qobiliyatlarini oshishida o’z ifodasini topadi. Bu esa aktsiz solig’i ob’ektlari
(aktsiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalari pasayishida, aholi to’lov
25
qobiliyatini o’sishida namoyon bo’ladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki,
sub’ektlar aktsiz solig’i iste’molchilari sifatida yuzaga kelishi tabiiydir.
Ammo aktsiz solig’i yengiliklari tovarlarni xarid qilish uchun olinadigan
kredit resurslarini qisqartirilishiga, bu esa o’z vaqtida harajatlarning pasayishiga
olib keladi. Xarajatlarning pasayishi esa daromad (foyda)ni oshirish omillaridan
biridir.
Aktsiz solig’ini mohiyatini ochishda u bajaradigan vazifalarni bilish
muhimdir. Shu jihatdan uning quyidagi vazifalarini alohida ta’kidlab
o’tmoqchimiz:
birinchidan, mamlakat byudjetining muhim daromad manbalaridan biri
sanaladi. Soliq tizimi rivojlanish bosqichini boshdan kechirayotgan barcha
davlatlar singari, mamlakatimizda ham aktsiz orqali daromadlarni tez va oson
yig’ish imkoniyatlari yuzaga keladi. Frantsuz iqtisodchisi F. Demezon ta’biri bilan
aytganda “aktsizning o’zi barcha boshqa soliq tushumlari va undan ham ko’proqni
berishga qodirdir”
ikkinchidan, aktsiz osti tovarlari iste’molini cheklash (asosan ijtimoiy zararli
tovarlar) orqali muayan bozor doirasida talab va taklifni tartibga solish. Iqtisodiy
o’sish doirasini bashqarishda aktsizosti tovarlar ro’yxatini belgilash orqali davlat
yalpi talab va taklifni egiluvchanligi ta’minlaydi;
uchinchidan, davlatning milliy bozorni himoya qilish vazifasi aktsiz solig’i
orqali ta’minlanadiki, bunda yuqori soliq stavkalaridan foydalaniladi;
to’rtinchidan, aktsiz solig’i monopol mavqedagi tovar ishlab chiqaruvchi yoki
aniq mahsulot turini progressiv soliqqa tortish vazifasini o’taydi;
beshinchidan, aktsiz solig’i aholini boy badavlat qatlamlari daromadlarini
qayta soliqqa tortish usuli bo’lib hisoblanadi. Chunki aktsiz solig’i asosan nufuzli
(qiymati yuqori) tovarlarga qo’llaniladiki, bunday tovarlarni asosiy iste’molchilari
boy-badavlat shaxslar hisoblanadi.
Shunday qilib, aktsiz solig’i ijtimoiy muhitni ham yaxshilash imkoniyatlarini
moliyaviy natijalarning o’sishi orqali ta’minlab berishi mumkindir. Shu bois
26
aktsiz solig’ining takomillashtirilishi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi bilan
chambarchas bog’liqdir.
3. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq. Mazkur soliq davlat budjeti daromadlarida o’rtacha 1.2-1.7 foizni
tashkil etib, yoqilg’i vositalari iste’molini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Transpоrt vоsitalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun
оlinadigan sоliqni to’lоvchilar оxirgi iste`mоlchilarga: benzin va dizel yoqilg’isini
realizatsiya qilishni, shu jumladan avtоmоbillarga yoqilg’i quyish shahоbchalari
оrqali realizatsiya qilishni amalga оshiruvchi yuridik shaxslar; gazni
avtоmоbillarga yoqilg’i quyish shahоbchalari оrqali realizatsiya qilishni amalga
оshiruvchi yuridik shaxslar.
Transpоrt vоsitalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gazni оxirgi
iste`mоlchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o’z ehtiyojlari uchun fоydalanish
sоliq sоlish оb`ektidir.
Benzin, dizel yoqilg’isi va gazning natura hоlidagi realizatsiya qilingan
va o’z ehtiyojlari uchun fоydalanilgan hajmi sоliq sоlinadigan baza bo’lib
hisoblanadi.
Biz mazkur paragrafda O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti soliqli
daromadlarining turlari, ularning to’lovchilari hamda qisqacha ravishda budjet
daromadlaridagi ulushini o’rgandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |