6-jadval
Rossiya Federatsiyasining konsidatsiyalashgan davlat budjeti
daromadlari (2014)
33
soliqlar
davlat
budjetida
daromadi, mlrd rubl
ulushi, foizda %
jami daromad
3403
100
foyda solig'i
116,36
3,42
jismoniy shaxslar daromad solig'i 346,82
10,19
sug'urta badallari
659,66
19,38
importga QQS
249,25
7,32
ichgi mahsulotlarga QQS
351,34
10,32
aksiz solig'i
171,6
5,04
yalpi tushumga soliq
68,32
2,01
foydali
qazilmalarni
qazib
olganlik uchun soliq
468,38
13,76
bojxona bojlari
596,69
17,53
boshqa daromadlar
337,42
9,92
33
www.minfin.ru
53
Jadval malumotlarida ko’radigan bo’lsak Rossiya Federatsiyasi budjeti
daromadlari 2014-yilda jami 3403 mlrd rublni tashkil etgan bo’lib, shundan foyda
solig’i 116.36 mlrd rubl, jismoniy shaxslar daromadlariga soliq 346.82 mlrd rublni,
eng yuqori sug’urta badallari 659,66 mlrd rublni tashkil etgan bo’lsa kegngi
o’rinda QQS 600,59 mlrd rublni, aksizlar 171.63 mlrd rublni tashkil etgan, foydali
qazilmalarni qazib olganlik uchun soliq 468,38 mlrd rublni, bojxona bojlari esa
596,69 mlrd rublni boshqa daromadlar esa 337,42 mlrd rublni tashkil etgan.
Bulardan ko’rish mumkinki Rossiya Federatsiyasida eng yuqori ulush sug’urta
badallari orqali qoplanarkan. Bunga sabab Rossiya Federatsiyasida ko’pgina
sug’urta badallarining majburiyligi sabab.
10-rasm
Rossiya Federatsiyasi budjetida soliqlar uylushi(% da)
34
Yuqoridagi rasmda ko’rish mumkinki Rossiya Federatsiyasi budjetining
asosiy 48,76 foizini to’g’ri soliqlar orqali shkllantirsa, 41,32 foizini egri soliqlar va
qolgan qismini 9,92 foizini boshqa daromadlar orqali shakllantirar ekan. Bu
davlatda egri soliqlar ham ahamiyati yuqoriligini ko’rsatadi. Importga QQS dagi
34
Е.Т Гайдара « на проект федеральнова бюджета» Москва 2015 г
54
ulushining kamligi siyosiy sabablar tufayli importning 2014 yilda kamaygani
orqali izohlash mumkin(10-rasm).
Quidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki Rossiya Federal budjetini
asosiy qismi tashqi iqtisodiy faoliyatdan daromad va QQS dan tashkil toparkan.
Federal budjetda QQS 2012 yil 30.1 foizni, 2013 yil 33.9 foiz, 2014 yil 35.4 foizni
tashkil etgan bo’lsa 2015 yilda 36.2 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. Aksizlar
esa 2012 yil 3.2 foiz, 2013 yil 4.7 foizni, 2014 yil 5.6 foizni tashkil etgan bo’lsa
2015 yilga 5.9 foiz tashkil etishi rejalashtirilgan. Bundan ko’rish mumkinki egri
soliqlar ulushi Federal budjetdagi ulushi ortib bormoqda bunga sabab foydali
qazilmalarni qazib olganlik uchun soliqdan daromad va tashqi iqtisodiy faoliyatdan
tushadigan tushumlarni kamayib borganligi sabab bo’lmoqda. Bular esa bevosita
tashqi siyosiy faoliyatdagi kelishmovchiliklar orqali kelib chiqmoqda(7-jadval).
7-jadval
Rossiya Federal budjeti asosiy xususiyati 2012-2015yil
35
2012
2013
2014
2015
Foizli daromadlar
100
100
100
100
Foyda solig’i
3.2
3.7
3.7
3.8
QQS
30.1
33.9
35.4
36.2
Aksizlar
3.2
4.7
5.6
5.9
Foydali
qazilmalarni
qazib olganlik uchun
soliq
20.4
19.5
19.4
18.6
Tashqi
iqtisodiy
faoliyatdan daromad
42.1
37.2
35.0
34.5
Boshqa
soliqli
tushumlar
1.0
1.0
0.9
1.0
Yaqin yillаr ichidа Rossiyadа yashаb, dаromаd oluvchi vа boshqа
ob’еktlаrgа egа bo’lgаn jismoniy shахslаrni pеrsonаl soliq hisobigа olishni globаl
35
Е.Т Гайдара « на проект федеральнова бюджета» Москва 2015 г
55
tizimini yarаtish rеjаlаshtirilgаn vа аmаlgа oshirilmoqdа. Soliq to’lovchilаrni soliq
to’lаshdаgi huquqlаri vа ulаrgа jаvobgаrlikni qo’llаsh vа ulаrni huquqini dаvlаt
mаshinаsi oldidа himoya qilish mе’yoriy bаzаlаrini mukаmmаl emаsligi hаmdа
qonunsiz hаrаkаtlаrdаn himoya qilish, zаrаrlаrni qoplаsh qoidаlаri to’liq
ishlаnmаgаnligi soliq tizimini yanаdа tаkomillаshtirilishini tаlаb qilаdi. Soliq
to’lovchilаrni mаjburiyatlаri ulаrning huquqlаridаn tаlаyginа ortiqroq bеlgilаngаn.
Rossiya soliq tizimini хususiyatlаridаn biri dеb хorijiy soliq tizimlаridаn
uning «qаttiqo’lligi»ni (kеskinligi) hisoblаsh mumkin. Soliq qonunchiligini
buzgаndа eng yuksаk dаrаjаdа moliyaviy vа mа’muriy chorаlаr ko’rilаdi.
Jаvobgаrlikkа tortishdа, аsosаn fiskаl mаqsаdgа e’tibor qаrаtilаdi, аsoslаngаnligi,
аybdorligi vа аdolаtligi dеyarli hisobgа olinmаydi. Dаvlаtni soliq to’lovchilаr
oldidаgi jаvobgаrligi аsosаn dеklеrаtiv хаrаktеrgа egа bo’lib, dаvlаt orgаnlаri vа
jаvobgаr shахslаrni noto’g’ri hаrаkаtlаri dеyarli jаzolаnmаydi. Shu bilаn bir
qаtordа, ikkinchi tomondаn, soliq to’lovchilаrni mаdаniyati dаrаjаsini pаstligi vа
soliq
qoidаlаrini to’liq ijro etilmаsligi yaqqol ko’zgа tаshlаnаdi.
AQSH dunyodagi eng murakkab soliq tizimiga ega bo’lgan davlatlardan biri
hisoblanadi. Chunki bu yerda soliq to’lovchilar federal, shtatlar va mahalliy
tusdagi alohida alohida soliqlarni to’laydilar.
AQSHda umumdavlat pul mablag’lari fondi federatsiya budjetida to’planadi.
AQSHning budjet tizimida markaziy o’rinni federal budjet egallaydi. АQShning
hozirgi soliq tizimi 1986 yil sеntyabr oyidа qаbul qilingаn. Ushbu soliq islohoti
qonuni 1942 yili kiritilgаn dаromаd to’g’risidаgi qonundаn kеyin eng yirik soliq
tаdbiri hisoblаnаdi. Islohotning аsosiy mаqsаdi fеdеrаl soliqqа tortish tizimini
soddаlаshtirish vа «аdolаtli» soliq solish yo’li bilаn mаmlаkаtdа iqtisodiyotni
rivojlаntirish dаrаjаsini rаg’bаtlаshtirishdаn iborаt edi. Islohot nаtijаsidа
fuqаrolаrni dаromаd solig’igа tortish vа korporаtsiya foydаsini soliqqа tortish
tizimi sеzilаrli dаrаjаdа o’zgаrdi. Dаromаd solig’ini eng yuqori stаvkаsi аyrim
shахslаr uchun –50dаn 26 foizgа vа korporаtsiyalаr uchun 46 dаn 34 foizgа
56
tushirildi. 1993 yili qаbul qilingаn qonun hаm soliq tizimigа tаlаyginа o’zgаrtirish
kiritdi. Qonundа хususiy
shахslаr uchun ikkitа soliq stаvkаsi (36 vа 39,6%) vа korporаtsiyalаrgа 34 dаn 35
foizgаchа o’zgаrtish kiritildi. Shu bilаn bir qаtordа хizmаtgа tа’luqli ziyofаt,
ko’ngilochаr tаdbirlаr bilаn bog’liq chеgirmаlаr qisqаrtirildi.
AQSHda budjet tushumlarining katta qismini to’g’ri soliqlar ta’minlaydi.
Uning hissasi juda yuqori (70% atrofida). AQSHda eng asosiy soliq turi jismoniy
shaxslar to’laydigan daromad solig’i hisoblanadi. Bu soliqning federal budjetdagi
ulushi 48 foizni tashkil etadi .
9-rasmdan ko’rish mumkinki AQSH budjeti tarkibini asosini jismoniy
shaxslar to’laydigan daromad solig’i tashkil qilar ekan, yani 41 foiz korsatgich.
Ijtimoiy sug’urta ajratmalari ham 34 foizni tashkil qilarkan, egri soliqlarni budjet
tarkibidagi ulushi juda kam bo’lib, u ham asosan aksiz va bojxona bojlaridan
tashkil topgan. Aksiz solig’i davlat budjetini bor yo’g’i 3 foizini tashkil etmoqda
bundan tashqari bojlar boshqa soliqlar tarkibida juda kam ulushni egallamoqda(11-
rasm).
11-rasm
AQSH federal budjeti soliqli tushumlari tarkibi (2014, %)
36
.
36
http://en.wikipedia.org/wiki/File:U.S._Federal_Receipts_-_FY_2014.png
57
AQSHda sug’urta bozori juda ham yaxshi rivojlangan. Shu sababdan federal
budjet tarkibida ham mahalliy(shtatlar) budjetlar tarkibida ham ijtimoiy sug’urta
ajratmalari yuqori ulushga ega.
Fеdеrаl byudjеtgа fuqаrolаrdаn olinаdigаn dаromаd solig’i, ish hаqi fondigа
solinаdigаn soliq vа korporаtsiyalvа 10 tsеnt kеlib tushаdi. Bundаn tаshqаri, kichik
hаjmdа аktsiz yig’imlаri, bojхonа boji, qo’chmаs mulkkа solinаdigаn soliq,
sovg’аlаrаr foydаsigа solinаdigаn soliqlаr kеlib tushаdi. Yuqoridаgi kеtmа-
kеtlikkа muvofiq soliq sifаtidа yig’ilgаn hаr bir dollаrdаn 45,35 dаn olinаdigаn
soliq vа boshqаlаr fеdеrаl byudjеtgа tushаdi. Fеdеrаl byudjеtgа tushаdigаn аktsiz
solig’i- bеnzin, chеkish mаhsulotlаri, аlkogol ichimliklаrini sotish bilаn bog’liq
bo’lgаn tаnlаngаn soliqlаr hisoblаnаdi.
II bob bo’yicha xulosa
Yuqoridagi malumotlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1) Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi
egri soliqlar hisobidan shakllanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda esa davlat
budjeti daromadlarining asosiy qismini to’g’ri soliqlar tashkil etmoqda.
2) Rivojlangan industrial mamlakatlarda aholining daromad darajasi yuqori
ekanligi va aholidan olinadigan daromad solig’ini, asosan, progessiv stavkalardan
undirilishi maskur soliqlardan olinadigan tushumlarning davlat budjeti
daromadlarining tarkibida yuqori salmoqqa ega bo’lishiga olib kelmoqda.
Shunday qilib, har bir davlat soliq tizimi, davlat budjeti daromadlari davlat
tuzilishiga asoslangan bo’lib, har biri o’zining ko’p qirraligi, murakkabligi va ko’p
darajali tarkibi bilan ajralib turadi hamda ularning samarali tashkil etilishi
mamlakat iqtisodining yuqori su’ratlarda o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
58
III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETI
BARQARORLIGINI TAMINLASHDA EGRI SOLIQLAR
SALMOG’INI OSHIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida egri soliqlarni undirish
mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari Bitiruv malakaviy ishimizning
mazkur savolini biz ikki yo‘nalishda, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz
solig‘ini
takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash orqali yoritmoqdamiz.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish. Mamlakatamizda inqirozga
qarshi choralar dasturida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash mexanizmini
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakatning eksport qiluvchi
korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini
qaytarish muddatini 30 kundan 20 kungacha qisqartirish korxonalarning
moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishini kuchaytiradi.
Import qilinayotgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni qo‘shilgan qiymat
solig‘iga tortishda har bir mamlakat ancha ehtiyotkorlik bilan yondashadi.
Chunki import qilinayotgan tovar, ish va xizmatlarining ushbu soliqqa tortilishi
tashqi savdo operatsiyalari bilan bog‘liq masaladir. Respublikamizda import
qilingan tovarlar bo‘yicha hisobga o‘tkazilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini
aniqlashda importchi tomonidan olib kirilayotgan tovar bojxona qiymatiga
nisbatan hisoblab chiqarilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori hisobga
o‘tkaziladi. Lekin importchi tomonidan bayon qilingan bojxona qiymatiga
nisbatan bojxona idoralari tomonidan hisoblanib aniqlangan bojxona qiymati
o‘rtasida farq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda hisobga o‘tkazilgan
qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori importchi tomonidan bayon qilingan
bojxona qiymatidan kelib chiqib hisoblangan QQS miqdoridan kelib chiqib
aniqlanadi, haqiqatda to‘langan QQS miqdori bilan hisobga o‘tkazilgan QQS
o‘rtasidagi farq miqdori import qilinib olib kirilayotgan tovarlarning narxiga
kiritiladi.
59
Bu holat birinchidan, hisobga o‘tkazilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini
aniqlashdagi qonuniy talablarini buzilishini keltirib chiqarmoqda. Shunga
asosan import tovarlari bo‘yicha hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i
miqdorini aniqlashda bojxona idoralari tomonidan import qilinayotgan
tovarlarni olib kirilishida haqiqatda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i asos
qilib olinishi maqsadga muvofiqdir. Bu qonun osti me’yoriy hujjatlarining
yakdilligini ta’minlaydi, shu bilan birga import tovarlarini asossiz oshib ketishiga
yo‘l qo‘ymaydi. Shunga asosan import tovarlari bo‘yicha hisobga
o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdorini aniqlashda bojxona idoralari
tomonidan import qilinayotgan tovarlarni olib kirilishida haqiqatda to‘langan
qo‘shilgan qiymat solig‘i asos qilib olinishi maqsadga muvofiqdir. Bu qonun
osti me’yoriy hujjatlarining yakdilligini ta’minlaydi, shu bilan birga import
tovarlarini asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Korxonalarda boqimanda qarzlarning vujudga kelishiga yuzaki
qaraganda, ularning moliyaviy faoiyatiga katta ta’sir etmaydigandek tuyuladi.
Mavjud debitor qarzlari undirilgandan so‘ng boqimanda qarzlar yopiladi, lekin
korxona boqimanda qarzlarga ega bo‘lib turgan muddatda mol etkazib
beruvchilar bilan hisob-kitob qilish imkoniga ega bo‘lmaydi, chunki amaldagi
qonunchiliklarga asosan birinchi navbatda byudjet oldidagi qarzdorlik yopilishi
zarur. Demak korxonaning ishlab chiqarish sikli sekinlashadi va bu moliyaviy
faoliyatga salbiy ta’sir etadi.
Byudjetdagi mutanosiblikni kuchaytirish maqsadida, soliq siyosatini
takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning
moliyaviy intizomini
mustahkamlash, to‘lov aylanmasini bir me’yorga keltirish, to‘lamaslikning
debitorlik va kreditorlik qarzlarining salbiy oqibatlarini to‘gatish katta
ahamiyatga ega, bu esa oqibatda boqimanda qarzlar miqdorini kamaytirishga olib
keladi.
Shunga qaramay soliq turlari bo‘yicha qarzdorlikning yuqori darajada
saqlanib qolishi QQSni hisoblanishi va undirilishida surunkali muammoning
60
mavjudligini va bu qarzdorlikni bartaraf etilishi bo‘yicha takliflarning ishlab
chiqilishi zarurligini isbotlab turibdi.
Korxonalarda boqimanda qarzlarning vujudga kelishiga yuzaki
qaraganda, ularning moliyaviy faoiyatiga katta ta’sir etmaydigandek tuyuladi.
Mavjud debitor qarzlari undirilgandan so‘ng boqimanda qarzlar yopiladi, lekin
korxona boqimanda qarzlarga ega bo‘lib turgan muddatda mol etkazib
beruvchilar bilan hisob-kitob qilish imkoniga ega bo‘lmaydi, chunki amaldagi
qonunchiliklarga asosan birinchi navbatda byudjet oldidagi qarzdorlik yopilishi
zarur. Demak korxonaning ishlab chiqarish sikli sekinlashadi va bu moliyaviy
faoliyatga salbiy ta’sir etadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha boqimanda summalarning paydo
bo‘lishi birinchi navbatda bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga
buyurtmachilar tomonidan pul mablag‘larini o‘z vaqtida kelib tushmasligi
bilan bog‘liqdir. Respublikamizda aksariyat hollarda buyurtmachilar bo‘lib
byudjet tashkilotlari maydonga chiqadi.
Ma’lumki hozirgi mahsulotlarni jo‘natish tartibiga muvofiq 15 foizli
oldindan to‘lov amalga oshirilib keyin mahsulotlar yuboriladi. Lekin oldindan
amalga oshirilgan to‘lovlar miqdori korxonaning soliq to‘lovlari bo‘yicha hisob-
kitoblarni amalga oshirish uchun etarli darajada emas, chunki respublikamiz
bo‘yicha soliq yuki byudjetdan tashqar ajratmalarsiz 20 foizni tashkil etadi.
Shundan kelib chiqib, mahsulotlar jo‘natishdagi oldindan to‘lov
miqdorining kamida 30 foizga etkazilishi soliq to‘lovlari bo‘yicha
boqimandalarni, shuningdek boqimandalar salmog‘idagi eng yuqori
ko‘rsatkichni egallab turgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha boqimanda
miqdorlarini kamayishiga olib keladi hamda korxonada sog‘lom moliyaviy muhitni
yaralishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahon soliq amaliyotida ijtimoiy maqsadlar uchun
tabaqalashtirilgan soliq stavkalaridan keng va samarali foydalanib kelinmoqda.
QQS qo‘llaniladigan barcha rivojlangan davlatlarda 3 xil stavkalar, ya’ni eng
yuqori (zeb-ziynat buyumlari, tamaki, alkogol); o‘rta (barcha tovar va xizmatlarga)
61
va pasaytirilgan stavka (birinchi darajali zaruriy xizmatlarga, oziq-ovqat
mahsulotlariga, medikamentlar, uy-joy, transportga) qo‘llaniladi. Bir muncha
murakkabliklarga qaramay, ular ancha muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinmoqda va
katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Chunki pasaytirilgan stavkalar
umumiy
stavkalardan bir qadar pastroq qilib belgilangan.
Rivojlangan davlatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tabaqalashgan
stavkalarning qo‘llanilishi uning regressivligini kamaytiradi. Ammo
respublikamizda qo‘shilgan qiymat solig‘idan tabaqalashtirilgan stavkalar
qo‘llanilmaydi. To‘g‘ri, respublikamiz soliq qonunchiligida qo‘shilgan qiymat
solig‘i bo‘yicha birinchi iste’mol mahsulotlari bo‘lgan besh turdagi tovarlarga
imtiyoz sifatida 1998 yil 10 foizli, 1999 yil 15 foizli pasaytirilgan stavkalar
qo‘llanilgan. Respublika soliqqa tortish amaliyotida qo‘shilgan qiymat solig‘i
bo‘yicha qo‘llanilgan pasaytirilgan stavkalarning ijtimoiy ahamiyati arzimas
darajada bo‘lganligi, hisob-kitoblarda anglashilmovchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi
natijasida ular 2000 yildan bekor qilindi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarida soliq tizimida
ijtimoiy maqsadlar uchun berilgan imtiyozlarni saqlab qolgan holda soliq
stavkalaridan ham ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanishni takomillashtirish
maqsadga muvofiq. Jumladan, respublika soliq tizimida asosiy soliq
hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tabaqalashgan stavkalarni
amaliyotga joriy etish va ijtimoiy muammolarni hal etish uchun foydalanish
lozim. Mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib qo‘shilgan qiymat
solig‘idan nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborotlarni
kengaytirish maqsadga muvofiq. Bizningcha, respublikada medikamentlar ishlab
chiqaruvchi va aholiga meditsina xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga ham nol darajali
stavkani qo‘llash lozim.
Aksiz solig‘ini takomillashtirish. Aksiz solig‘ining fiskal ahamiyati
boshqa soliqlarga qaraganda ancha yuqori ekanligi, mazkur soliq mexanizmini
takomillashtirishga ehtiyotkorona bo‘lishni taqozo etadi. Shu bois,
62
respublikamiz soliq tizimini isloh qilishda aksiz solig‘ini takomillashtirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillar davomida aksiz solig‘i borasida
amalga oshirilgan o‘zgarishlar shubhasiz, respublika soliq tizimini samarali
tashkil etish uchun xizmat qilib kelmoqda. Bu borada aksiz solig‘i
qo‘llaniladigan tovarlarning keskin kamaytirilishi bilan birga, so‘nggi yillarda
aksiz solig‘i stavkalarining qat’iy miqdorlarini qo‘llanilishi va 2008 yildan
e’tiboran aksiz solig‘ini hisoblash mexanizmiga kirtitilgan o‘zgarish mazkur
soliqni ancha soddalashtirishga va erkinlashtirishga, eng asosiysi soliq yukini
yashiringan qismini oshkora qilib belgilanganligi bilan ahamiyatlidir. 2008 yil 1
yanvardan aksiz solig‘i bo‘yicha respublikamizda ishlab chiqarilgan mebellar,
billurdan tayyorlanadigan buyumlar, video va audio uskunalariga aksiz solig‘i
bekor qilindi. Alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari
birxillashtirildi.
Aksiz solig’idagi muammolardan biri shuki, ayrim tovarlar buyicha, ya’ni
juda ham zarur bo‘lmagan va boylik belgisi hisoblangan zargarlik buyumlari,
chinni servislari va boshqa ayrim tovarlar bo‘yicha soliq stavkasi juda past,
lekin ishlab chiqarish va xo‘jalik maqsadlari uchun zarur bo‘lgan neft
mahulotlarining soliq stavkasi nisbatan yuqori foizni tashkil etadi, bu esa
albatta jamiyat miqyosida boshqa tovarlar narxining o‘sishiga olib keladi.
Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ushbu soliq stavkasining neft
mahsulotlariga nisbatan ko‘tarilishining ijobiy tomonlari ham mavjud. Jumladan,
bu ishni amalga oshirish bilan boshqa soliq stavkalarining pasayishiga olib
keladi. Mamlakatda hozirgi kunda ayrim xizmatlarga ham aksiz solig‘ini joriy
qilish sharoiti yuzaga kelgan. Bunday xizmatlar ichida birinchi nomzodi sifatida
uyali aloqa xizmatini aytish mumkin. Ushbu xizmat turiga aksiz solig‘i joriy etish
aksizlarning asl mohiyatiga ham to‘g‘ri keladi.
Chunki, birinchidan, aksiz solig‘i inson sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan
mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Uyali aloqa ham insonga nurlanish orqali
zararli hisoblanadi. Ushbu xizmat bozoridagi hozirgi raqobat sharoitida uyali
aloqa xizmatidan foydalanganlik uchun haq keskin pasayib borayotganligi
63
ushbu
xizmatdan
foydalanishni
rag‘batlantirmoqda
va
ulardan
foydalanuvchilarning soni ham ko‘payib bormoqda.
Mana shuning o‘zi aksizlarning ikkinchi xususiyatini namoyon qilishga
zamin yaratmoqda, ya’ni uyali aloqa xizmatidan foydalanish ko‘lamining
kengligi unga aksiz solig‘i joriy qilish uchun qulay sharoitdir, yoki fikrimizni
talab va taklif qonuni asosida tushuntiradigan bo‘lsak, uyali aloqa xizmatiga
bo‘lgan talab unga bo‘lgan taklifga nisbatan elastikroqdir.
Uchinchidan, uyali aloqa xizmatidan asosan aholining boy va o‘rta hol
qatlami foydalanadi. Demak, shu nuqtai-nazardan unga aksiz solig‘ini joriy
qilinishi soliqning ijtimoiy funksiyasini ham amalga oshishini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, uyali aloqa xizmati xaridorgir, bozori chaqqon tovar
bo‘lganligidan, shuningdek ushbu xizmatning taklifi juda xarajattalab emasligidan
unga aksiz solig‘ini joriy qilinish davlat byudjetining yana bir barqaror
daromad manbaini shakllantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, uyali aloqaga
aksiz solig‘ining joriy qilinishi o‘simlik yog‘iga qo‘llanilayotgan aksiz
solig‘ini pasaytirish yoki butunlay olib tashlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa,
iste’molga soliqlar yukining adolatli taqsimlanishini ta’minlaydi. Bizningcha,
respublikada tashqi iqtisodiy munosabatlarni tarif tizimi orqali tartibga solishni
takomillashtirish uchun bojxona to‘lovlari stavkalarini, jumladan aksiz solig‘i
stavkalarini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Amalda qo‘llanilayotgan
stavkalarning ko‘pligi va ularning miqdorini yuqoriligi, ichki bozorda import
tovarlarining bahosini o‘sishiga olib kelmoqda. Bu holat, mamlakatda valyuta
kursining barqaror darajadasaqlanishiga qaramasdan, import tovarlari
bahosining o‘sishiga sababbo‘lmoqda.
Egri soliqlar tizimida aniq masalalar shu soliq xususiyati va
vazifalaridan kelib chiqkan holda hal etilishi kerak, balki bu soliq turiga unga
xos bo‘lmagan boshqa vazifani qo‘llash bilan emas. Faqatgina shunda egri
soliqlar tizimini bir qolipga keltirish mumkin. Shuning uchun aksiz solig‘i
doirasida yangiliklar kiritish kerak, ya’ni stavkalarni belgilashda tovarlarning
talab egiluvchanligiga e’tibor berish, qat’iy aksizosti tovarlar ro‘yxatini
64
belgilash kabilar. Boshka mamlakatlar bilan savdo aloqalariga ega ekanmiz, shu
nuqtai nazardan ham aksizlarda yangilik qilish darkordir. Shular bilan bir qatorda
mamlakat ichkarisida ishlab chiqarilayotgan tovarlar himoyasi uchun, masalan,
video va audio apparaturalar, dorilar kabi tovarlarga nisbatan soliq va bojxona
nazoratini o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida
xo’jalik subeklarining investitsion faoligini oshirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Buning sababi shundaki, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning
daslabki bosqichlarida asosiy e’tibor davlat budjeti mablag’lari va hukumatning
kafolatlari asosida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan
investitsion
jarayonlarni
moliyalashtirishga
qaratildi.
Davlat
tomonidan
investitsion
jarayonlarni
moliyalshtirish
makroiqtisodiy
barqarorliknin
ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Hozirgi kunda investitsion jarayonlarni
moliyalashtirishda xo’jalik subektlarni mavqeni oshirishga qaratilmoqda. Bunda
asosiy e’tibor korxonalar-ning o’z mablag’lari va tijorat banklari kreditlarining
investitsion jarayonlarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmidagi
salmog’ini oshirishga qaratilmoqda.
Prezidentimiz I. A. Karimov mamlakatimizdagi investitsion jarayonlarni
moliyalashtirishning zamonaviy holatini tahlil qilar ekan, jumladan shunday
xulosaga keldilar: “Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi yalpi
ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi.O‘zlashtirilgan umumiy kapital
qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil
etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. O‘ylaymanki, hammamiz yaxshi ang-lab
olganmiz: agar o‘zimiz harakat qilmasak, chetdan sarmoya va investitsiyalarning
mamlakatimizga, o‘lkamizga kirib kelishi uchun qulay sharoit va imtiyozlar tashkil
65
etmasak, kerak bo‘lsa, ayni shu yo‘nalishda astoydil, butun vujudimiz bilan
ishlamasak, bunday raqamlarni tushimizda ham ko‘rmasdik. Bu – aniq gap”
.
37
Bilvosita soliqlar korxonalar faoliyatiga neytral (xolis) pozitsiyadadir, degan
nazariyadan kelib chiqib, respublikamizda ularni fiskal ahamiyatiga qarab katta
e’tibor berilmoqda. Soliq solinadigan bazalarni aniqlashda, soliq summasini
hisoblashda, byudjetga undirilishda, imtiyozlar berishda qator kamchiliklar
mavjud:
1. Bular qatoriga qo’shilgan qiymat solig’ini (QQS) to’laydigan ayrim
korxonalar faoliyati xususiyatlarini hisobga olmaslik ham kiradi. Ayrim
korxonalarda faqat o’z faoliyati natijasida yaratilgan qo’shilgan qiymatgina soliqqa
tortilmay, balki mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xom-ashyo bo’yicha
ham QQS to’lash;
2. Olingan daromadni emas, kutilayotgan daromadni soliqqa tortish;
3. Aktsizosti tovarlarning realizatsiyasidan QQS undirish chog’ida, soliqqa
tortish ob’ektiga aktsiz summasini qo’shilishi;
4. Birlamchi ehtiyojga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini soliqqa tortish
va hokazo.
Masalan, bular tarkibida mahsulotni etkazib berish davrida QQSning
hisoblanishi, hali kelib tushmagan mablag’lar uchun korxona xomashyo
materiallarini QQS to’lamaydigan korxonalardan sotib olgan sharoitda, aylanma
mablag’lar hisobidan QQSning to’lanishi natijasida ularning (aylanma
mablag’larning) bir qismi cheklanishiga olib kelmokqa. Jo’natilgan tovarlar uchun
mablag’lar o’z vaqtida kelib tushmasligi natijasida QQS bo’yicha boqimanda
miqdorlari ko’payishi, boqimanda hisobidan penya hisoblab olinishi,
korxonalarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Korxonalarni aylanma mablag’lari boshqa maqsadlarga yo’naltirilishi,
ixtiyorida qoladigan sof-foydani kamayishi QQSni hisoblash usulini o’zgartirishni
talab qilmoqda. U ishlab chiqarilgan mahsulot uchun QQSni to’lash majburiyatini
37
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Toshkent. 18.01.2014
66
jo’natilgan mahsulot uchun mablag’ kelib tushgan paytda amalga oshirilishni
ko’zda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 567-sonli
qarorida korxonalarning o’z aylanma mablag’laridan oqilona foydalanishni
ta’minlash maqsadida QQS bo’yicha to’lovlar sonini va muddatini bir oyda 2
martadan bir martagacha kamaytirildi.
Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo’lgan milliy
daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab chiqarish
jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli
hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar
jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqarish
qonuniyatlarini o’zida ifoda etadi.
Korxonalarning investitsiya faoliyatini rag’batlantirishda qo’shilgan qiymat
solig’i muhim rol o’ynaydi. Bunda qo’shilgan qiymat solig’iga tortilmaydigan
oborot miqdorini belgilash, ayrim korxonalarga va ayrim opertasiyalarga nisbatan
soliq imtiyozlarini belgilash asosiy o’rinni egallaydi. Xususan, qo’shilgan qiymat
solig’i bo’yicha soliqqa tortilmaydigan oborot miqdorini belgilash kichik biznes
korxonalariga faoliyatlarini rivojlantirish uchun kuchli turtki beradi. Buning
natijasida ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligi
oshadi. Bu esa, o’z navbatida, tovarlarni sotishdan olingan tushumlar summasini
ko’payishiga olib keladi va pirovard natijada investitsion xarajatlarni
moliyalashtirishning muhim manbai bo’lgan sof foydaning miqdori oshadi.
Aksiz solig’i investitsion jarayonlarga faol tarzda ta’sir ko’rsatuvchi asosiy
soliq turlaridan biri hisoblanadi. Aksiz solig’i, birinchi navbatda, fiskal
funksiyasini bajarishga yo’naltirilgan. Ayni vaqtda uning iqtisodiy funksiyasidan
foydalanish uchun ham yetarli darajada imkonyatlar mavjud. Aksiz solig’i
bo’yicha maxsus stavkalarni belgilash va soliqqa tortish obektini aniqlashda
o’zgartirishlar kiritish yo’li bilan aksiz solig’iga tortiladigan tovarlar ishlab
chiqaruvchi korxonalarning rentabelligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |