Seni unutolmas yuragim aslo,
Ey, O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo!!!
Undov belgisi boshqa tinish belgilari bilan (vergul va ikki nuqtadan tashqari)
birgalikda ham qo‘llanadi.
Undov belgisi undov va buyruq gaplar oxiriga qo‘yiladi. Bunda mazkur
gapning emotsional yoki qat‘iy buyruq ma‘nosiga ega ekanligini, tugallanganligini,
boshqa gaplardan chegaralanish nuqtasini ko‘rsatadi. Bunday gaplar to‘lqinli
intonatsiya bilan aytiladi.
Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tili orqali o‘tgan. U, o‘zbekcha yozuvlarda XX
asrning boshidan boshlab muntazam ravishda ishlatilgan. «Turkiston viloyatining
gazeti»da 1901 yildan qo‘llana boshlagan. Prof. A. N. Gvozdev «undov belgisi
latincha 1o (Lo) undov so‘zidan kelib chiqqan» deb ko‘rsatadi; latincha l harfining
nuqta bilan qo‘shiluvi asosida undov belgisi hosil bo‘lgan. L + . = !
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undov belgisining qo‘llanish doirasi, funksiyasi
kengayib bormoqda. Badiiy adabiyot, ilmiy-publisistik asarlar, gazeta va jurnallarda
undov belgisi xilma-xil maqsadlarda qo‘llangan va u ishlatilgan gaplar ham semantik,
ham struktur ham sintaktik jihatdan rang-barangdir. Undov belgisining, faqat undov
gaplardagina emas, vokativ, ba‘zan rominativ va so‘roq gap tiplarida ham
qo‘llanishi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undov belgisining qo‘llanishi quyidagicha:
1.Undov gaplar oxiriga qo‘yiladi. Bunday gaplar emotsionallikni anglatib,
kuchli ko‘tariluvchan, to‘lqinli intonatsiya bilan aytiladi va ular leksik-grammatik,
intonasion va struktura jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin: Sening xotirangni unutmas
aslo, Mening yuraklarim, Urta Osiyo! (H. O.)
2.Vokativ gaplar emotsionallikka ega bo‘lsa, ular oxiriga undov belgisi
qo‘yiladi: Hurmatli redaksiya! («O‘zb.ovozi»)
3.Undash ma‘nosiga ega bo‘lgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
Navoiy.O... Marhamat! Soz! Jomiy. Salom, do‘stlar! Majididdin. Salom, pokiza
ustoz! (Uyg‘un va I.Sultonov)
4.Nominativ gaplar undov intonatsiyasi bilan aytilsa va emotsionallik
ifodalasa, ular oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Urush! Dunyo! Mustamlaka!
(X.O.) Topgan so‘zi: Oh, falak! (G‘. G‘.)
5.Kesimi -moq, -sh(-ish) affiksli harakat nomi bilan ifodalangan infinitiv
gaplar emotsionallikka ega bo‘lib, undov intonatsiyasi bilan aytilsa, ular oxiriga
undov belgisi qo‘yiladi. Bunday infinitiv gaplarning Kesimi «harakat nomi + kerak
(lozim, darkor, zarur)» tipida ham bo‘lishi mumkin: Barcha topshiriqlarni tez kunda
bajarish kerak!
6.So‘roq gap strukturasidagi ayrim gaplar, ayniqsa, ritorik so‘roq gaplar undov
intonatsiyasi bilan aytilib, emotsionallikka ega bo‘lsa, undov belgisi qo‘yiladi.
Bunda: a) so‘roqni bildiruvchi -mi yuklamasi bo‘lishi mumkin. Bunday gaplarda
umumiy mazmun tasdiqni bildiradi; b) so‘roq olmoshlari bo‘ladi: qanday qancha,
qanaqa, kim, nima, qani kabi. Bular so‘roq ma‘nosini emas, balki emotsional
(sevinch, rag‘batlanish kesatiq kabi) ma‘nolarni anglatadi. Masalan: Qutlaymiz yangi
yil, yangi baxt bilan, Do‘stlar qadahlarni ko‘taring, qani! (U.)
- 62 -
7.Kesimi shart, istak mayli formasidagi ayrim gaplar oxiriga undov belgisi
qo‘yiladi. Masalan: Qo‘shiq aytgim keldi sening to‘yingda, Qanday qilay, sevinch
sayratsa tilni! Qanday qilay, dustim, baxt taronasi, Bahor tuyg‘ulari yayratsa dilni!
(U.)
8.Buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Dustim, senga
takror, takror aytaman: Bilakni shimarib ishga tush, ishga! (U.)
Buyruq va undov gaplarning ayrim tiplari bir-biriga juda yaqin turadi. Ayniqsa,
bu ikki xil gap oxiriga bir xil belgi - undov belgisining qo‘yilishi ularni farqlashda,
o‘quv-o‘qituv ishida ancha qiyinchilik tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |