so‘zlar, undov belgisi, emosiya, undov gaplar, nominativ gaplar, ritorik so‘roq gaplar.
So‘roq belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Bu
belgi mazmunidan so‘roq anglashilgan gaplar oxiriga qo‘yiladi; shu gapning
tugallanish nuqtasini, uning boshqa gaplardan ajralish chegarasini ko‘rsatadi va
mazkur gapning ifoda maqsadiga ko‘ra so‘roq gap ekanligini bildiradi. Masalan:
qisqarishidan kelib chiqqan» deb ko‘rsatadi: avval so‘roq ma‘nosini ifodalash uchun
bu so‘z qisqartirib (Q-O) qo‘llangan; keyinchalik mazkur funksiyada shu so‘zning
faqat bosh harfi ishlatilgan (Q); bundan hozirgi so‘roq belgisi (?) paydo bo‘lgan.
- 60 -
So‘roq belgisining o‘zbek tilida qo‘llana boshlashi XIX asrning oxirlariga
to‘g‘ri keladi. Bu belgi o‘zbek tiliga rus tilidan kirgan. U 1885 yildagi ba‘zi
o‘zbekcha matnlarda uchraydi. ―Turkiston viloyatining gazeti» sahifalarida 1900
yildan keyin muntazam qo‘llana boshlagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘roq
belgisining qo‘llanishi quyidagicha:
1.Sof so‘roq ma‘nosini anglatuvchi gaplar oxiriga qo‘yiladi. Bunday gaplar
ikki xil shakllangan bo‘ladi: a) tarkibida so‘roqni bildiruvchi grammatik vositalar;
ishtirok etadi:—Endi ketib qolmaysizmi? Ha, nima, uyalasanmi, kap-katta qiz-a? (G‘.
G‘.) b) tarkibida so‘roqni bildiruvchi grammatik vositalar ishtirok etmaydi: bundagi
so‘roq ma‘nosi yozuvda so‘roq belgisi orqali, og‘zaki nutqda intonatsiya orqali
bilinadi: To‘ygacha qo‘limni xam ushlatmayman deysiz chog‘i? (U.)
So‘roqni anglatuvchi gaplar to‘liq va to‘liqsiz gap shaklida bo‘lganda ham,
so‘roq belgisi qo‘llanadi:— Ustingizdan shikoyat tushdi.— Shikoyat? So‘roqni
anglatuvchi gaplar sodda va qo‘shma gap shaklida bo‘lishi mumkin. Sodda gap
shaklidagi so‘roq gaplarda taajjub, taxmin, chama, buyruq kabi ma‘no ottenkalari
ham ifodalanadi. Masalan:—Mening soatim to‘xtab qolibdi.— Soatim to‘xtab
qolibdi? (A. Q.)
Qo‘shma gaplarda so‘roq ma‘nosining ifodalanishi xiyla murakkab: qo‘shma
gapni tashkil etuvchi barcha gaplardan (komponentlardan) so‘roq ma‘nosi
anglashiladi; qo‘shma gapni tashkil etuvchi bir gap so‘roq ma‘nosini anglatib,
ikkinchisi (yoki boshqalari) shu ma‘noni ifodalamaydi; ergash gapli qo‘shma
gaplarda esa so‘roq ma‘nosi bosh gapda bo‘lishi mumkin va aksincha; ergash gap
so‘roq ma‘nosini anglatganda, ko‘pincha bosh gapdan so‘ng qo‘llanadi.
Bunday holatlarda ham gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi. Masalan: Axir har
borganingizda, pochchangiz quruq qo‘ymas? (A.Q.) Qanday uxlar, oyli tun qizning,
YUragiga hayajon solsa?
2. Taqrizlarda yoki sitatalarda biron so‘z yoki„jumla noaniqlik, gumon va
anglashilmovchilikni bildirsa, bunday so‘z va jumladan so‘ng so‘roq belgisi qavsga
o‘ralgan holda qo‘yiladi. Masalan: «Onaning bokira siynasida (?) gavdalangan...»,
kampir o‘zining sodda tafakkuri, o‘tmish ongi (?) bilan, tilidagi o‘zbekcha joziba (?)
bilan esda qoladi.
3.So‘roq gap tipidagi sarlavhalardan keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Inglizlar
qanday salomlashadi?
4.Kim, nima, qaysi, qanaqa, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va so‘z
birikmalari so‘roq ma‘nosi uchun ishtatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi.
Masalan: Ega kim?, nima?, kimlar?, nimalar? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Undov belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilariga kiradi. Undov belgisi,
o‘z tuzilishiga ko‘ra ikki elementli tinish belgisidir. Undov belgisi badiiy asarlarda
(ayniqsa, poeziyada, lirik asarlarda) ko‘p qo‘llanadi: yozma nutqdagi turli tuyg‘ular,
holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda undov belgisining roli katta. SHuning
uchun bo‘lsa kerak, lirik shoir Uyg‘unning asarlarida undov belgisi boshqa shoir va
yozuvchilarnyng asarlariga nisbatan ko‘p qo‘llangan.
Hozirgi o‘zbek tilida undov belgisi takroriy, oddiy va murakkab qo‘sha
(birgalikda) qo‘llanish xususiyatiga ega: undov belgisi bir o‘rinda uch martagacha
takroriy qo‘sha qo‘llana oladi. Masalan: