18-mavzu. Tire va uning qo’llanish o’rinlari.
Tayanch tushunchalar: Tire, murakkab vazifa, ajratilgan bo‘lak, yakka tire,
qo‘sh tire, kiritma konstruksiyalar, ot kesim, ega, sintaktik butunlik, qo‘shma gap,
ta‘kid munosabati, zidlik munosabati, shart munosabati, sabab munosabati, payt
munosabati, o‘xshatish munosabati, tushib qolgan bo‘lak, dialog, ko‘chirma gap.
Reja:
1.Tirening paydo bo‘lishi.
2.Ajratilgan bo‘laklar va kiritma konstruksiyalarni chegaralashda
tirening roli.
3.Ot kesim va ega o‘rtasida tirening qo‘llanilishi.
4.Qo‘shma gap tarkibida tirening ishlatilishi.
Hozirgi o‘zbek tilida tire eng ko‘p qo‘llanadigan tinish belgilaridan
hisoblanadi.
Tire rus yozuvida biriychi marta N.M.Karamzin (XVIII asr) tomonidan
qo‘llangan. XIX asrning 70-yillariga kelib u o‘zbek yozuvida qo‘llana boshladi. Tire
«Turkiston viloyatiiing gazeti»da 1876 yildan boshlab ishlatilgan.
Tirening qo‘llanishidagi barcha xususiyatlari logik-grammatik, uslubiy,
qorishiq va differensiasiya prinsiplariga ko‘ra belgilanadi.
Tire — aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilaridan biri. U gap qismlari va
gap bo‘laklari orasidagi grammatik munosabatlarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Tire yakka va takror qo‘llana oladi: yakka holda qo‘llanganda gap bo‘laklarini
ajratish, takror holda (qo‘sh tire holatida) ishlatilganda esa ma‘lum bo‘laklarni
chegaralash,
chegaralangan
bo‘lakning
ma‘nosini
ta‘kidlash,
bo‘rttirish,
emotsionallikni oshirish kabi vazifalarni bajaradi.
Tire - murakkab vazifali tinish belgisi. Uning - yozma nutq jarayonida
o‘taydigan vazifasi (ma‘no va vazifalari) turli xildir. Tirening ayrim vazifalari vergul
va qavsning vazifalariga (ajratilgan bo‘laklar, kirish va kiritma konstruksiyalarda
qo‘llanishi) o‘xshab ketadi. Bu uning omografik xususiyatga ega ekanligini
ko‘rsatadi. Lekin tire vositasida ajratilgan bo‘lakda chegaralanish, ma‘noni
ta‘kidlash, emotsionallik, ajratilgan bo‘lakning nisbiy mustaqilligini oshirish kuchli
bo‘ladi.
Hozirgi o‘zbek tilida tire sodda va qo‘shma gap tarkibida qo‘llanadi. Tire
yozma nutq jarayonida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) gap bo‘laklarini ajratadi; 2)
- 73 -
gap bo‘laklarini chegaralaydi; 3) gaplarning birini ikkinchisidan ajratadi; 4) kiritma
konstruksiyalarni ajratadi va chegaralaydi; 5) turli maqsadlarni — emotsionallikni
ifodalaydi; 6) tushirib qoldirilgan ayrim bo‘laklar o‘rnini qoplaydi.
Tire sodda gap tarkibida qo‘llanganda, asosan, gap bo‘laklari orasidagi turli
munosabatlarni bildiradi.
Tire sodda gapda quyidagi funkniyalarda qo‘llanadi:
1.Ajratilgan
bo‘laklarni
ajratish,
chegaralash,
ulardagi
emotsionallikni
bo‘rttirib
ko‘rsatish uchun. Bunda ajratilgan izohlovchilar, aniqlovchilar,
to‘ldiruvchilar va hollar ajratiladi. Tire bilan ajratilgan bo‘laklar sodda va yoyiq
holatda bo‘lishi mumkin.
Ajratilgan ikinchi darajali bo‘laklarda tire mazkur bo‘lakning oldidan yoki
ajratilgan bo‘lakning ikki tomonidan qo‘yiladi.
a) Ajratilgan izohlovchilarning yakka tire bilan ajratilishi nisbatan ko‘p
uchraydi. Bu uning o‘z izohlanmishi bilan uzviy bog‘lanishi va teng aloqada ekanligi
bilan bog‘liqdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |