jamiyatlarda, resurslar millionlab iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilarning
mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan sub`ektlar tomonidan qaror qabul
qilish jarayoni va o`zaro xatti-harakatlarini o`rganishdir: ular qancha ishlaydilar,
ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini
investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham jamiyatning resurslarini boshqarish
jamiyatdagi resurslar taqchil bo`lganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday
hamma tovar va xizmatlar bo`lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo`jaligi o`zining har
bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o`zining
har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori darajasi bilan
Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida - ishlab
chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan
har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini
qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish
nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko`pincha inson bir iqtisodiy ne’matning
8
ma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi.
Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat
tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan
o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy
ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz
kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo`lgan 3 metr mato bo`lagidan yo
ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham
sizda ham ko`ylak, ham kamzul tikish imkoni yo`q. Bu vaziyatda tanlash kerak
bo`ladi. Bu tanlov yo ko`ylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni ko`zda tutadi.
Ko`ylakni tanlash qarori kamzulga ega bo`lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni
yangi ko`ylakning qimmati kamzulga ega bo`lib, olish mumkin bo`lgan foyda va
quvonchlarga teng. Unda ko`ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi – bu
kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko`ylak bo`ladi.
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini o`rganib,
mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam
resurslarni sarflab, o`zining eng ko`p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. Bu
ko`plab yo`llar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq foydalanishga
intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan bo`lganida, tanlov mumkin bo`lmasdi. Agar
cheklanganlik bo`lmaganida, unda tanlov kerak bo`lmasdi. Tanlash muammosi
cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning ko`piga egamiz.
Tanlov resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`llari o`rtasida boradi va
resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`li kam xarajatlarda eng yuqori natijani
ta’minlovchi yo`l bo`ladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan voqealarni
tushuntirish bilan shug’ullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda iste’mol etiladigan
xomashyo narxi o`zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo`shatish
yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma
ularning qanchasini bo`shatish yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shular
mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab chiqarish
maqsadida firma, ish kuchi, kapital qo`yilmalar hajmi va xomashyoning
rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qo`llaydi. Mikroiqtisodiyot ishlab
chiqarishning asosiy omillari bo`lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining
o`zgarishiga, va shuningdek, bo`lg’usi o`z mahsulotining narxiga ko`ra firma
ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: