2.3. Oqil odam chegarani o`ylaydi
Iqtisodchilar odatda odamlarni idrokli ekanligini taxmin qilishadi. Oqil
odamlar o`z maqsadlariga erishish uchun iloji bo`lgan hamma imkoniyatlardan
foydalanishadi.
Oqil odamlar kamdan kam hollarda hayot qonunlarini oq va qora deb
bilishadi. Imtihonlar bo`ladigan vaqtda talabalarning qarorlari imkoniyatlarini
qo`ldan boy bermay 24 soat mobaynida o`rganish, ammo qo`shimcha soatlarini
televizor ko`rish o`rniga ma`ruza va boshqa zarur o`quv materiallarni qaytadan
ko`rib chiqishga sarflaydilar. Bunda mikroiqtisodiyotda “chekli o`zgarishlar”
atamasi biron bir rejaning holatini kichik o`zgartirishda qo`llaniladi. Shuni yodda
tutingki, chekli “chekka” so`zining ma’nosi, siz nima qilayotganligingizning
chegaralari doirasidagi chekli o`zgarishlardir. Oqil odamlar ko`pincha chekli foyda
va chekli xarajatlarni solishtirish orqali qaror qabul qiladilar.
Masalan, havo yo`llari korxonasi yo`lovchilarning chipta haqi qanchaligi, kim
muntazam ucha olishi kabilarni o`rganib chiqqan. Uchish jarayonida faraz qiling
200 ta joy xarajatlari 100 000 AQSH dollari bo`lsin. Bu holda har bir joy uchun
o`rtacha chipta narxi 100 000/200, qaysiki har bir joyga 500 dollardan to`g’ri
keladi. Bu havo yo`llari kompaniyasi chiptalarni kamida 500 dollardan sotadi, deb
xulosa qilishimiz mumkin. Aslida, oqil havo yo`llari kompaniyalari ko`pincha o`z
daromadlarini chekli darajasini o`sirish yo`llarini topishni o`ylaydi. Tasavvur
qiling, samolyot 10 ta bo`sh joy bilan havoga ko`tarilayapti, o`tirgan yo`lovchilar
joy uchun 300 $ dan to`lashmoqchi, havo yollari kassasi chipta sotadimi? Albatta
sotadi. Agar samolyot joylari bo`sh bo`lsa, yana bir necha yo`lovchiga xarajatlar oz
miqdorda qo`shiladi. Garchi o`rtacha uchish narxi 500 $ ni tashkil etsa ham,
qo`shimcha yo`lovchining chekli xarajati u iste’mol qilgan 1 paket yong’oq va
ichilgan 1 banka sodali suv qiymatidan ortiq bo`lmaydi. Uzoq muddat kutgan
yo`lovchi chipta sotib olish uchun chekli xarajatni ko`proq to`laydi.
Chekli qaror qabul qilish, ba’zi holda ajoyib iqtisodiy tushuntirib berish
hodisasiga yordam beradi. Mana klassik savol: Nima uchun suv bunchalik arzon,
oltin bunchalik qimmat? Odamlar yashash uchun suvga muhtojdir, bunda oltin
keraksizdir; ammo ba’zi sabablarga ko`ra, odamlar bir piyola suvga qaraganda,
oltin uchun ko`proq to`lashni xohlaydilar. Sababi, har bir shaxsning xohish
istaklari har bir keyingi chekli mahsulot unga keltiradigan foydaga asoslangandir.
Chekli foyda shaxs yana qanchalik ko`p birlik mahsulotga egaligiga bog’liq. Suv
muhim, ammo suvning mo`l ko`lligi tufayli bir stakan suvning chekli foydasi
kichik. Solishtiradigan bo`lsak, hech kim jon saqlab qolish uchun oltinga muhtoj
19
emas, ammo oltin juda noyobligi tufayli odamlar oltinning chekli foydasi juda ko`p
miqdorda bo`ladi, deb biladilar.
Agar chekli foyda chekli xarajatlardan ortiq bo`lsagina, oqilona qaror qabul
qilinadi. Bu tamoyil nima uchun havo yollari kompaniylari chiptasini o`rtacha
xarajatlardan past narxda sotadilar va nima uchun odamlar suvga nisbatan oltinga
ko`proq narx to`lashayapti kabi savollarga javob beradi. Bu cheklilik qoidasiga
ko`nikish biroz vaqtni talab qilishi mumkin, lekin mikroiqtisodiyotni o`rganish
insonlarga amaliyotda keng imkoniyatlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |