2.1. Odamlar tanlovga duch keladilar
Iqtisodiyotning birinchi tamoyili odamlarning tanlovni amalga oshirish
jarayoniga taalluqli bo`lib, bu tamoyil mikroiqtisodiyotda ham keng qo`llaniladi.
Bu tamoyilning mazmuniga e`tiborimizni qaratamiz. O`zimiz yoqtirgan bir narsaga
erishishimiz uchun, odatda biz o`zimiz yoqtirgan boshqa narsadan voz
kechishimizga to`g’ri keladi. Qarorlar qabul qilishda bir maqsadni boshqa bir
maqsad bilan qarama-qarshi qo`yish talab etiladi. Keling bir talabani o`zining eng
qimmatbaho resursi bo`lgan vaqtini taqsimlash muammosini hal etishini ko`rib
chiqaylik. U o`zining hamma vaqtini iqtisodiyotni o`rganishga, yoki hamma
vaqtini psixologiyani o`rganishga sarflashi, yoki ikkala fanni o`rganish o`rtasida
teng sarflashi mumkin. U bir fanni o`rganish uchun sarflagan har soati, uni shu
soatni boshqa fanni o`rganishi uchun sarflash imkoniyatidan mahrum qiladi,
shuningdek u bu soatda o`rganayotganligi tufayli, u boshqa shu soatda qilinishi
kerak bo`lgan mudrash, velosiped haydash, televizor ko`rish va vaqtbay hisobiga
pul topishdan voz kechadi.
Yoki ota onani oila a’zolari o`rtasida daromadni qay darajada taqsimlashiga
e’tibor qarataylik. Ular oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki oila bayramlariga xarajat
qilishadi. Yoki ular oila daromadlarini bir qismini nafaqa yoki bolalari kelgusida
ta’lim olishiga saqlashlari mumkin.
Qachonki odamlar jamiyatga kirishganda ular turli xil qarorlarga duch
kelishadi. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni qiymati oshishiga atrof muhitni
himoyalashga firmalar o`z resurslarini bir qismini yo`naltirishini ko`zda tutuvchi
qonunlar olib keladi. Yuqori narxlar tufayli bu firmalar kamroq oylik to`laydi,
kamroq foydada ishlaganlari uchun yuqoriroq narxlarni belgilaydilar, yoki har
uchchalasini birlashtiradilar. Shunday qilib ifloslanishni tartibga solish, toza atrof
4
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.)
kitobining I bobi asosida tayyorlangan.
17
muhitni yo`lga qoyish natijasida salomatlikni yaxshilab, u fermerlar, boshliqlar,
ishchilar va xaridorlar o`rtasida daromadni past darajadagi qiymatini tartibga
soladi. Yana bir farq jamiyat samaradorligi va tenglik o`rtasidadir. Samaradorik
bu jamiyat cheklangan resurslardan eng yuqori foydani olishidir. Tenglik jamyat
a’zolari o`rtasida o`sha foydalarni teng taqsimlash demakdir.
Odamlarni qaror qabul qilishga tanlash tanishtirilganda, ular bizlarga qanday
qaror qabul qilishlarini aytishadi. Talaba psixologiyani o`qishni to`xtatdi, chunki
iqtisodiyotni o`qishni foydali deb topib, o`qishni kuchaytirdi. Jamiyat tabiatni
himoya qilishni to`xtatmaydi, chunki tabiatni tartibga solish bizning yashash
tarzimizdagi materiallarni kamaytiradi. Shunday qilib iqtisodiyotning muhim
tarkibiy qismi bo`lgan mikroiqtisodiyotni o`rganish, hayot tanlovlarini tan olish
bilan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |