Biznes va tadbirkorlik


I BOB. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI



Download 14,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/497
Sana31.12.2021
Hajmi14,48 Mb.
#268653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   497
I BOB. MIKROIQTISODIYOT FANINING PREDMETI, MAQSADI 

VA VAZIFALARI 

Reja

 

1.1. 

Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash 

1.2. 

Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot 

1.3. 

Mikroiqtisodiyotning ahamiyati 

1.4. 

Bozor va uning vazifasi 

 

1.1.Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash 

 

Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot 



jamiyatdagi  cheklangan  resurslardan  alohida  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  va 

alohida  iste`molchilar  qay  darajada  foydalanishini  o`rganadi.  Ko`pchilik 

jamiyatlarda,  resurslar  millionlab  iste`molchilar  va  ishlab  chiqaruvchilarning 

birgalikdagi  harakatlari  yordamida  taqsimlanadi.  Shuning  uchun  ham 

mikroiqtisodiyotning  vazifasi  alohida  olingan  sub`ektlar  tomonidan  qaror  qabul 

qilish  jarayoni  va  o`zaro  xatti-harakatlarini  o`rganishdir:  ular  qancha  ishlaydilar, 

ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini 

investitsiya  qiladilar.  Shu  sababdan  ham  jamiyatning  resurslarini  boshqarish 

muhimdir,  chunki  bu  resurslar  cheklangan.  Cheklanganlikning  ma’nosi 

jamiyatdagi  resurslar  taqchil  bo`lganligi  uchun,  jamiyat  odamlar  xohlaganday 

hamma tovar va xizmatlar bo`lishini ta’minlay olmaydi. Uy xo`jaligi o`zining har 

bir a’zosiga ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham o`zining 

har  bir  a’zosini  ular  intilayotgan  darajadagi  hayot  tarzining  yuqori  darajasi  bilan 

ta’minlay olmaydi

2

.  


Resurslarni  cheklanganligi  inson,  oila,  jamiyat  oldiga  tanlov  muammosini 

qo`yadi: 

- nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish? 

- qanday texnika va texnologiyani qo`llash? 

- ishlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol qilinadi? 

Aynan  shuning  uchun  mikroiqtisodiyot  fanining  e’tibor  markazida  -  ishlab 

chiqarish  uchun  zarur  resurslarning  cheklanganlik  muammolarini  va  ulardan 

oqilona foydalanishni ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi.  

   Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini 

har  qanday  hal  etilishi  tanlash  holatini,  ya’ni  insonlarning  turli  ehtiyojlarini 

qondiruvchi  tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  uchun  bir  resursni  ishlatish 

mumkin emasligini ko`zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech 

nima»  xilidagi  qarorni  qabul  qilmaydi.  Ko`pincha  inson  bir  iqtisodiy  ne’matning 

                                                           

2

 N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 8 bet 




 

ma’lum  miqdorini  olish  uchun  boshqasining  ma’lum  miqdoridan  voz  kechadi. 



Bunday  tanlov  murosali  deb  ataladi.  Murosali  tanlov  asosida  muqobil  qiymat 

tamoyili yotadi. 

Muqobil  qiymat  –  bu  voz  kechilgan  boshqa  iqtisodiy  ne’mat  qimmati  bilan 

o`lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. 

Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy 

ne’matlarni  tanlash,  boshqa  ehtiyojni  qondiruvchi  iqtisodiy  ne’matlardan  voz 

kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo`lgan 3 metr mato bo`lagidan yo 

ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi uchun ham 

sizda  ham  ko`ylak,  ham  kamzul  tikish  imkoni  yo`q.  Bu  vaziyatda  tanlash  kerak 

bo`ladi.  Bu  tanlov  yo  ko`ylakdan,  yoki  kamzuldan  voz  kechishni  ko`zda  tutadi. 

Ko`ylakni  tanlash  qarori  kamzulga  ega  bo`lishdan  voz  kechishni  bildiradi,  ya’ni 

yangi ko`ylakning qimmati kamzulga ega bo`lib, olish mumkin bo`lgan foyda va 

quvonchlarga  teng.  Unda  ko`ylakning  muqobil  qiymati  borligi  aytiladi  –  bu 

kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati ko`ylak bo`ladi. 

Iqtisodiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish  va  taqsimlash  jarayonlarini  o`rganib, 

mikroiqtisodiyot fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi. 

Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam 

resurslarni sarflab, o`zining eng ko`p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir.  Bu 

ko`plab  yo`llar  ichidan  inson  cheklangan  resurslardan  yaxshiroq  foydalanishga 

intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi.  

Agar resurslar mutloq cheklangan bo`lganida, tanlov mumkin bo`lmasdi. Agar 

cheklanganlik  bo`lmaganida,  unda  tanlov  kerak  bo`lmasdi.  Tanlash  muammosi 

cheksiz,  chunki  biz  bitta  qaror  bilan  cheklanmasdan,  ularning  ko`piga  egamiz. 

Tanlov  resurslardan  foydalanishning  eng  yaxshi  yo`llari  o`rtasida  boradi  va 

resurslardan foydalanishning eng yaxshi yo`li kam xarajatlarda eng yuqori natijani 

ta’minlovchi yo`l bo`ladi.  

Har  qanday  fan singari  mikroiqtisodiyot fani  ham  kuzatilayotgan  voqealarni 

tushuntirish  bilan  shug’ullanadi.  Masalan,  ishlab  chiqarishda  iste’mol  etiladigan 

xomashyo narxi o`zgarganda firmalar nima sababdan ishchilarni ishdan bo`shatish 

yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma 

ularning  qanchasini  bo`shatish  yoki  qabul  qilishi  talab  qilinadi?  Shular 

mikroiqtisodiyotda tushuntiriladi.  

Mikroiqtisodiyot  bu  taxminni  ma’lum  miqdorda  tovar  ishlab  chiqarish 

maqsadida  firma,  ish  kuchi,  kapital  qo`yilmalar  hajmi  va  xomashyoning 

rejalashtirishini  tushuntirib  berish  uchun  qo`llaydi.  Mikroiqtisodiyot  ishlab 

chiqarishning asosiy omillari bo`lgan ish kuchi, kapital va xomashyo narxlarining 

o`zgarishiga,  va  shuningdek,  bo`lg’usi  o`z  mahsulotining  narxiga  ko`ra  firma 

ishlab chiqarishni qanday rejalashtirishini izohlab beradi.  




Download 14,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   497




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish