Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan
ta’minlaydi. Bu funktsiyani u taklifni to`lov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini
Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini ijtimoiy
Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun sharoit
Bu barcha institutlar xo`jalik faoliyatini rivojlantirish asosi sifatida iqtisodiy
foydalanish, taqsimlash huquqidir.
13
Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli himoyalangan
bo`lsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi.
Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va o`z tanloviga ko`ra har
qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish,
pullarni bankka qo`yish va boshqalarni ko`zda tutadi.
Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni o`z hohishiga qarab foydalanish:
xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanish, iste’molchilar uchun
o`z pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini ko`zda tutadi.
Tanlovning to`g’riligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot
to`la hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi.
Shaxsiy manfaat faoliyatning asosiy sababi rag’bat, xo`jalik faoliyati
sababidir. Bozorda faoliyat ko`rsatayotgan barcha sub’ektlar o`zining shaxsiy
manfaatini ko`zlaydi, ularni Adam Smit ta’biricha «ko`rinmas qo`l» boshqaradi. U
bozorning barcha qatnashchilarini barcha uchun farovonlikni oshishini
ta’minlovchi yo`nalishda harakat qilishga undaydi. Har bir odamnm boylikka
intilishi umuman butun jamiyatning boyligiga olib keladi.
Raqobat – cheklangan resurslarning ko`proq miqdoriga, ulardan eng ko`p
qaytim olish maqsadida ularni o`z ihtiyoriga olish uchun xo`jalik sub’ektlari
o`rtasidagi musobaqadir.
Odatda, raqobat odamlarni cheklangan resurslarni olish va ishlatishning eng
oqilona yo`llarini izlashga uyg’otib, ijobiy rol o`ynaydi.
Bozor narxlari tizimiga tayanish. Narx bozorda iqtisodiy vaziyat ko`rsatkichi
bo`lib xizmat qiladi va uchta funktsiyani bajaradi:
xaridor va sotuvchilar harakatini yo`naltiruvchi axborotni beradi;
ishlab chiqarishning samaraliroq yo`llarini rag’batlantiradi;
bozor sub’ektlari o`rtasida daromadlarni taqsimlaydi.
Narxlar bu uchta funktsiyani bajarishi uchun, ularga erkin harakatlanishni
ta’minlash zarur bo`ladi.
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi quyidagi ikkita tamoyillar asosida
yechiladi:
- optimallashtirish tamoyili - har bir faoliyatdan va resurslardan
foydalanishdan maksimal foyda olish;
- muqobil xarajatlar tamoyili - noyob resurslardan foydalanish
yo`nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali.
Iqtisodiy sub’ektlar ratsional harakat qilish tamoyiliga ko`ra o`z maqsadlariga
erishishi uchun xo`jalik faoliyatida faol qatnashadilar, buning asosiy mohiyati
shundan iboratki, iqtisodiy sub’ektlar berilgan resurslardan foydalanishdan
olinadigan natijalarni maksimallashtiradi yoki ma’lum natijalarni olish uchun
xarajatlarni kamaytiradi.
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo`lib qaraydi - iste’molchilar
(uy xo`jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi -
mumkin darajada o`zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo`lsa, ishlab
chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko`rsatkichlarini
14
maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab
chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:
1)
ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha
ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;
2)
iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol
qiladi) muvofiqlashtirish;
3)
ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo`yicha qabul qilingan qarorlarni
muvofiqlashtirish.
Bu muammo tovarlar aylanmasi modeli orqali tahlil qilinadi (1-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: