3.Davlat qarzlari
Byudjet taqchilligi vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirishmanbalarini
aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiymanbalaridan biri davlatning
qarz olishidir.
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiydavlatlar, xalqaro
moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayomva kreditlarni olishdan iborat
bo’lib, hukumat oldida qarz oluvchiyoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni
qaytarishi bo’yichakafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiydavlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayomva kreditlarni olishdan
iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchiyoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni
qaytarish bo’yicha hamkafolatchi sifatida hukumatning o’z milliy valyutasida
ifodalanganqarziy majburiyatlari paydo bo’ladi.
Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiydavlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayomva kreditlarni olishdan
iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchiyoki boshqa qarz olganlarning qarzlami
qaytarish bo’yicha kafolatchisifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan
122
qarziy majburiyatlarivujudga keladi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning barcha manbalari jalbqilingan
mablag’larning asosiy turlari bo’yicha navbatdagi moliyaviyyilga mo’ljallangan
byudjet to’g’risidagi qonunda qonunchilikhokimiyati organlari tomonidan, albatta
tasdiqlanishi kerak.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning manbai sifatida mamlakatMarkaziy
bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidanhukumatning sotib olingan qarziy
majburiyatlari maydonga chiqishimaqsadga muvofiq emas.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning barcha manbalarini ikkiguruhga
bo’lish qabul qilingan:
1) ichki manbalar;
2) tashqi manbalar.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning ichki manbalari sifatidaquyidagilarni
ko’rsatish mumkin:
• mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliyvalyutasida kredit
tashkilotlaridan olingan kreditlar;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarishorqali amalga
oshirilayotgan davlat zayomlari;
• davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingantushumlar;
• davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromadlaming xarajatlardano’sgan
qismi summasi;
•
byudjet
mablag’larini
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlaridagi
mablag’larqoldig’ining o’zgarishi;
• va boshqalar.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning tashqi manbalari qatorigaquyidagilar
kiradi:
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarnichiqarish orqali xorijiy
valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumatitomonidan jalb
qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaromoliyaviy tashkilotlaming
kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqarotashkilotlar va xalqaro
huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlatkafolatlari bo’yicha majburiyatlarni
qo’shgan holda) mamlakathukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat
qarzinivujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlatmulki
bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda
davlat
hokimiyati
organlari
mamlakat
hukumatining
qarziymajburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun mamlakat byudjetining
daromadlarini shakllantirish bo’yicha barchavakolatlardan foydalanadilar.
123
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishimumkin:
• qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredittashkilotlari, xorijiy
davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilantuzilgan kredit bitimlari va
shartnomalari;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarnichiqarish orqali amalga
oshirilgan davlat zayomlari;
• mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berishto’g’risidagi
shartnomalar;
•
o’tgan
yillardagi
mamlakatning
qarziy
majburiyatlarini
restrukturizatsiyaqilish va muddatini o’zgartirish to’g’risidagi mamlakathukumati
nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar vashartnomalar;
• va boshqalar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o’zining muddatiga qarabqisqa muddatli
(bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq vabesh yilgacha) va uzoq muddatli
(besh yildan yuqori) bo’lishimumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq
ravishda(zayom
shartlarini,
jumladan,
to’lov
muddatlari,
foiz
to’lovlariningmiqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardaniborat bo’lishi
mumkin:
• hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yichaqarzining asosiy
nominal summasi;
• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzninghajmi;
• mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yichamajburiyatlar
hajmi;
• va boshqalar.
O’z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar vaxalqaro
moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidantaqdim etilgan davlat
kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar vaxalqaro
moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yichaasosiy qarz hajmidan
iborat bo’ladi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo’ladi. Davlat ichki qarzi – bu
davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog’ozlarini chiqarish, turli
nobyudjet fondlari (sug’urta fondi, ishsizlik bo’yicha sug’urtalash fondi, pensiya
fondi)dan qarz olish ko’rinishidagi qarzlari.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko’rinishlaridan biri
davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida
maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.
124
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat
qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish
jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo’sh
turgan pul mablag’larini jalb qiladi.
Davlat o’z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni
Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning
tovar hajmining ko’payishi bilan bog’liq bo’lmagan qo’shimcha miqdorini
chiqaradi. Mazkur holda, davlat byudjetini moliyalashtirish pul muomalasiga
to’g’ridan-to’g’ri inflyatsion ta’sir ko’rsatadi. Pul massasining o’sishi jamiyat
haqiqiy boyligining ko’payishi bilan birga bormaydi.
Davlat qarzlarining to’xtovsiz ko’payib borishi, milliy daromadni foiz
to’lovlari shaklida tobora ko’proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo’yicha foiz to’lovlari o’sish
sharoitida davlat qarzlarini to’lash vaqtini imkon darajada cho’zishga harakat
qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat
o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini o’rta va uzoq muddatli zayomlarga
almashtiradi. U o’zining qisqa muddatli majburiyatlarini ancha yuqori foiz
bo’yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi
mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha
davlatning moliyaviy ahvolini engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida
foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o’sishi bilan bog’liq.
Xo’jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o’sishi, xalqaro
kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o’ziga zarur bo’lgan moliyaviy
resurslarni jalb qilish uchun bo’sh pul mablag’larining milliy chegaradan
tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga
keladi. Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar tashqi qarz bo’yicha to’lovlar mamlakat tovar va
xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan oshib
ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo’yicha reytingini pasaytirib yuboradi.
Natijada, chetdan yangi qarz mablag’larini jalb etish mushkullashadi. Shunga
ko’ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini
amalga oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan
qarzlarni to’lab borish; kreditorlarning qarz to’lov muddatlarini o’zgartirishlari,
ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni
mamlakatdagi ko’chmas mulklar, qimmatli qog’ozlar, kapitalda ishtirok etish va
boshqa huquqlarni sotish hisobiga to’lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy
tashkilotlardan yordam olish va h.k.
125
Demak, davlat o’z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda
kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.
Xalqaro kreditning tez o’sishi, kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi
mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o’zaro bog’liqligi chuqurlashuvining muqarrar
natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning
ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish
imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o’sishi bir
qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda eng asosiy muammo
milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga
bog’liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki
moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo’lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |