120
Ayrim hollarda byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko’p bo’lishi
mumkin. Bunday byudjet profitsitli byudjet deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa
byudjetning xarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq
ravishda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ko’p bo’lishiga byudjet
taqchilligi deyiladi. Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, byudjet taqchilligi
vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital quyilmalarini amalga
oshirishning zarurligi;
• favqulotda hodisalarning mavjudligi;
• iqtisodiyotdagi inqiroz
holatlari, uning emirilishi;
• moliya-kredit aloqalarining etarli darajada
samarali emasligi;
• hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajadanazorat
qilolmasligi;
• ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
• tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nisbatan kamligi;
• byudjet xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ning oqilona emasligi;
• mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidanyashashga
intilish;
• yirik davlat investitsiyalarini amalga oshirish amaliyotiningmavjudligi;
• harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
• real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda boshqa
mamlakatlarga
yordam berilishi;
• davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga rag’batlantiruvchi
sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan
byudjet mexanizmining mavjudligi;
• boshqa sabablar.
Byudjet taqchilligi vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv
quyidagilarga alohida e’tibor beriiishini taqozo etadi:
• byudjet taqchilligining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga harakat
qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i o’rniga “kasalligi”
kuchayadi;
• byudjetning balansliligi, daromadlarning xarajatlardan ko’pligi sog’lom va
uzluksiz rivojlanayotgan iqtisodiyotdan dalolat bermaydi.
Byudjet taqchilligi bo’lishi mumkin:
• byudjet taqchilligining miqdori (darajasi), odatda, mamlakatyalpi ichki
mahsulotining 2—3%idan oshmasligi lozim. Ana shuchegaradan oshilsa, uni
tezroq qisqartirish (yoki shu darajagakeltirish) choralarini ko’rish kerak;
• byudjet taqchilligini qoplash uchun, eng avvalo, davlatkreditining turli
shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlatqimmatbaho qog’ozlarini
121
moliyaviy bozorga joylashtirish maqsadgamuvofiqdir. Aksincha, milliy pul birligi
belgilarini zarb etuvchiuskunani ishga solmaslik kerak;
• byudjet taqchilligining darajasini kamaytirish yoki unga barhamberish uchun,
birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu
maqsadga erishish uchun ko’zda tutilganhar qanday tadbir, albatta,
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet taqchilligining darajasini kamaytirish yoki unga barhamberish
borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy
yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
• byudjet xarajatlarining (mablag’larining) investitsion yo’nalishinio’zgartirish,
ularni eng ko’p samara beradigan yo’nalishlargayo’naltirish;
• xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchimoliyaviy
imtiyoz
va jazolardan keng foydalanish;
• davlatdan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti sohasiniqisqartirish, xorijiy
davlatlarga yordam ko’rsatishni keskin kamaytirish;
• harbiy xarajatlarni qisqartirish;
• eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlabqolish, yirik
byudjet xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabulqilishni to’xtatib turish;
• Markaziy bankning qarzlari davlat qimmatbaho qog’ozlarishaklida
rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kreditberishini taqiqlab qo’yish;
• xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
• va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: