9.5. Pul bozorida muvozanat
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun
pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)
s
darajasida qayd
qilingan deb olamiz.
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul
vositalarining real zahirasi miqdorini ko’rsatadi.
(M/P) s = M*/P*
Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o’zgaruvchi )ni ko’rsatadi.
9.4-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan
vaziyatni ko’rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda
ko’rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz
stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o’zgarmasdan
qolgan vaziyatni aks ettiradi.
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi
M*/P* ga teng va grafikda Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional
egri chiziq ko’rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o’zaro teng,
(9.5-chizma).
O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz
stavkasining o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari tarkibini
o’zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib
uni o’zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo’lsa, pul taklifi unga
bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. Iqtisodiy agentlar o’zlarida to’planib qolgan
ortiqcha naqd pullarni aktsiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga
intilishadi.
R R
Ms
Ms Re
MD
M*/P* M/P M*/P* M/P
104
9.2-chizma. Real pul vositalari zahi- 9.3-chizma. Pul bozorida muvozanat
rasi taklifi grafigi modeli
Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq
darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi
pasayishi oqibatida ular kursi o’sishini ko’zda tutib) sotib olish foydali bo’ladi.
Banklar, M
s
> Md bo’lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-
sekin iqtisodiy agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi va banklar tomonidan
foiz stavkasining o’zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz
stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro’y beradi.
R
R Ms Ms1 Ms2
R2
R2
M2d(Y2)
R1 M1d(Y1) R1 Md
M*/P* M/P M*2/P* M*1/P* M/P
9. 4-chizma. Daromadlar darajasining 9. 5- Pul taklifining kamayishi
oshishi natijasida pulga natijasida pul bozorida muvo-
talabning o’zgarishi. zanatning o’zgarishi.
Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o’zgarib turishi pul
bozorining ekzogen o’zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining
o’zgarishi natijasida ham ro’y beradi.
Grafik ko’rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi
sifatida namoyon bo’ladi (9.4, 9.5 chizmalar).
Daromadlar darajasining Y
1
dan Y
2
ga qadar o’sishi (20-chizma) pulga talabni
M1d
dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R
1
dan R
2
ga qadar ko’tarilishiga
olib keladi.Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko’tarilishiga va
muvozanat nuqtasining o’zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o’rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli
qog’ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal
qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat
singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |