Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab
formulasi quyidagicha bo’ladi:
(M/P) D =f (R, Y); Bu erda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog’liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi:
(M/P)D = kY - hR Bu erda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga
ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; k – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur’atini ayirib
topiladi.
Daromad darajasining o’zgarishi foiz stavkasi o’zgarmas bo’lgan sharoitda
ham pulga talabning ko’payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri
chizig’ining siljishi ko’rinishida namoyon bo’ladi.