"makroiqtisodiyot"


Investitsiyalarning mohiyati, ko’rinishlari va ularmiqdorini aniqlovchi



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

2.Investitsiyalarning mohiyati, ko’rinishlari va ularmiqdorini aniqlovchi 
omillar 
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, 
ishlab  chiqarish  quvvatlarini  kengaytirishga  qilingan  sarflarning  pul  shaklidagi 
ko’rinishidir.  U  pul  mablag’lari,  bank  kreditlari,  aktsiya  va  boshqa  qimmatli 
qog’ozlar  ko’rinishida  amalga  oshiriladi.  Pul  mablag’lari  ko’rinishidagi 
investitsiya  nominal  investitsiya,  ana  shu  pul  mablag’lariga  sotib  olish  mumkin 
bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.  


88 
 
Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion 
faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi. 
Investitsiyalarning  manbalaridan  biri  bo’lib  aholi  keng  qatlamlarining 
jamg’armalari  hisoblanadi.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  amalda  jamg’arma  egasi  va 
investor  bir  shaxsda  namoyon  bo’lishi  va  bo’lmasligi  ham  mumkin.  Odatda, 
jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan 
investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga 
oshirilishi  mumkin.  Shuningdek,  iqtisodiyotda  faoliyat  yurituvchi  sanoat,  qishloq 
xo’jalik  va  boshqa  korxonalar  jamg’armasi  ham  investitsiya  manbai  bo’lib 
hisoblanadi.  Bu  o’rinda  «jamg’aruvchi»  va  «investor»  bir  sub’ektda 
mujassamlashadi. 
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: 
-  investorlarning  o’z  moliyaviy  resurslari  (foyda,  amortizatsiya  ajratmalari, 
pul jamg’armalarivah.k.); 
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); 
-  jalb  qilingan  moliyaviy  mablag’lar  (aktsiyalarni  sotishdan  olingan 
mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari); 
- davlat byudjeti mablag’lari; 
- chet elliklar mablag’lari.  
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;  
2) foiz stavkasi. 
Investitsiyalarga  qilinadigan  sarflarning  harakatlantiruvchi  motive  foyda 
hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo’lsagina 
sotib oladilar. 
Investitsiyalar  darajasini  belgilaydigan  ikkinchi  omil  foizning  real  stavkasi 
hisoblanadi. Foiz stavkasi  – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, 
bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona  to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori. 
Kapital birligiga real foyda quyidagini tashkil etadi: 
Foyda me’yori = daromad (R/ R) – xarajatlar (R
k
/R)(r +δ) 
Muvozanat  sharoitida  kapital  ijarasidan  olinadigan  haqiqiy  narx  kapitalning 
chekli  mahsulotiga  teng  bo’lganligi  sababli  biz  foyda  me’yori  uchun  ifodani 
quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin: 
Foyda me’yori =MPK –(R
k
/R)(r +δ) 
Kapitalni ijaraga beruvchi firmalar agar kapitalning chekli mahsuloti bir birlik 
kapitalga xarajatlardan katta bo’lsa foyda oladilar, aksincha bo’lsa, zarar ko’radilar. 
Aynan shu ko’rsatkich sof investitsiyalar miqdorini belgilab beradi. 
∆K=I
n
(MPK –(R
k
/R)(r +δ)) 
bunda  I
n
(MPK  –(R
k
/R)(r  +δ))  funktsiya  sof  investitsiyalar  miqdori 


89 
 
investitsiyalarga rag’batlar mavjudligiga qanchalik ta’sirchanligini ko’rsatadi.  
Endi biz investitsiya funktsiyasini keltirib chiqarishimiz mumkin. Korxonalar 
asosiy  fondiga  investitsiyalar  uchun  xarajatlarning  umumiy  miqdori  sof 
investitsiyalar  va  chiqib  ketgan  kapitalni  tiklashga  investitsiyalar  miqdorlari 
yig’indisiga teng. Investitsiya funktsiyasi quyidagicha yoziladi: 
 
I=I
n
(MPK –(R
k
/R)(r +δ)) +δK. 
 
Korxonalar asosiy fondlariga investitsiyalar kapitalning chekli mahsuloti, 
kapital birligiga xarajatlar va kapitalning chiqib ketgan miqdoriga bog’liq bo’ladi. 
Model  shuningdek  investitsiyalar  nima  uchun  foiz  stavkasiga  bog’liqligini 
ham  ko’rsatadi.  Foiz  stavkasini  o’sishi  kapital  birligiga  xarajatlarni  ko’paytiradi. 
Bu  kapital  egalari  tomonidan  olinadigan  foyda  qisqarishiga  olib  keladi  va 
kapitalning  katta  qismini  jamg’arishga  rag’batni  qisqartiradi.  Xuddi  shunga 
o’xshash,  foiz  stavkasini  pasayishi  kapital  birligiga  xarajatlarni  qisqartiradi  va 
investitsiyalarni  rag’batlantiradi.  Shu  sababdan  ham  investitsiyalarning  foiz 
stavkasiga bog’lifligini ifodalovchi egri chiziq pastga egilgan. 
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari 
boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi:  
1)  mashina  va  uskunalarni  xarid  qilish,  ishlatish  va  ularga  xizmat  ko’rsatish 
xarajatlari;  
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori; 
3) texnologik o’zgarishlar.  
 
Yalpi  sarflar  tarkibining  investitsiya  sarflariga  oid  qismi  yalpi  xususiy  ichki 
investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-
biridan farqlash zarur. 
Yalpi  investitsiyalar  joriy  yil  davomida  iste’mol  qilingan  asosiy  kapitalni 
qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har 
qanday  sof  qo’shimchalardan  iborat  barcha  investitsion  tovarlarni  ishlab 
chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha 
ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.  

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish