"makroiqtisodiyot"


-mavzu. INVESTETSIYA  VA UNING IQTISODIYOTDAGI O`RNI



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

8-mavzu. INVESTETSIYA  VA UNING IQTISODIYOTDAGI O`RNI 
Reja 
1. Investitsiya xarajatlari va ularning tiplari 
2. Investitsiyalarning mohiyati, ko’rinishlari va ularmiqdorini aniqlovchi omillar 
3. Investitsiyalar va jamg’armalar o’rtasidagi bog’liqlik 
 
Tayanch so’z va iboralar: лойиҳа, investitsiya,  investitsion xarajatlar, foiz 
stavkasi,  asosiy  fondlar,  kapital  zahiralari,  foyda,  amortizatsiya  ajratmalari,  pul 
jamg’armalari, хорижий инвестициялар, реал иқтисодиёт, диверсификация 
 
                               1.Investitsiya xarajatlari va ularning tiplari 
Investitsiyalar  YaIMning  juda  muhim  va  eng  o’zgaruvchan  tarkibiy 
qismlaridan  biri  hisoblanadi.  Pasayish  vaqtida  tovar  va  xizmatlarga  xarajatlar 
qisqarishi yuz beradi, bu qisqarishning katta qismi investitsion xarajatlar hajmining 
pasayishi tufayli yuzaga kelgan. 
Iqtisodchilar  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish  miqdorining  o’zgarish 
tabiatini  yaxshiroq    tushunish  uchun  investitsiyalarni  o’rganadilar.  YaIM 
modellarida  investitsiyalar  darajasini  real  foiz  stavkasi  bilan  bog’lovchi  oddiy 
funktsiya  I=I(r)  qo’llaniladi.  Bunday  funktsiya  real  foiz  stavkasining  ko’payishi 
investitsiyalarni  qisqarishini  yuzaga  keltirishini  anglatadi.  Investitsiya 
funktsiyasining  asosida  yotuvchi  nazariyani  batafsilroq  ko’rib  chiqish  juda 
muhimdir. 
Investitsiya  xarajatlarining  uchta  tipi  ajratiladi.  Korxonalarning  asosiy 
fondlariga  investitsiyalar  bu  korxonalar  tomonidan  o’z  ishlab  chiqarish 
faoliyatlarida  foydalanish  uchun  sotib  olinadigan  binolar,  inshoatlar  va  asbob-
uskunalardir.  Uy-joy  qurilishi  uchun  investitsiyalar  o’z  ichiga  ularda  o’zlari 
yashashlari uchun uylarni sotib olishga xarajatlarni, shuningdek keyinchalik ijaraga 
berish  uchun  uy  egalari  tomonidan  sotib  olinayotgan  uylarga    xarajatlarni  o’z 
ichiga  oladi.  Zahiralarga  investitsiyalar  saqlash  uchun  firmalar  tomonidan 
qoldirilgan  tovarlarnio’z  ichiga  oladi.  Bu  tovarlar  tarkibiga  hom  ashyo  va 
materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor buyumlar ham kiradi. 
Korxonaning  asosiy  fondlariga  investitsiyalarning  andozaviy  modeli 
investitsiyalarning  neoklassik  modeli  nomini  olgan.  Neoklassik  modelda 
investitsion  tovarlarga  ega  bo’lgan  firmalarning  foyda  va  xarajatlari  ko’rib 
chiqiladi.  Modelda  investitsiyalar  darajasi  kapital  zahiralari  bilan  birgalikda 
kapitalning chekli mahsuli, foiz stavkasi hamda firmalarga nisbatan qo’llaniladigan 
soliqqa tortish qoidalariga qanday bog’liqligi ko’rsatiladi. 
Modelni shakllantirish uchun iqtisodiyotda firmalarning ikki turi mavjud deb 
faraz  qilamiz.  Ishlab  chiqaruvchi  firmalar  ijaraga  olingan  kapitaldan  foydalanib 


85 
 
tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqaradilar.  Kapitalni  ijaraga  beruvchi  firmalar 
iqtisodiyotga  barcha  investitsiyalarni  amalga  oshiradilar;  ular  ishlab  chiqarish 
fondlarini  sotib  oladilar  va  ularni  ishlab  chiqaruvchi  firmalarga  ijaraga  beradilar. 
Hayotdagi iqtisodiyotda ko’plab firmalar ikkala funktsiyani ham bajaradilar, ya’ni 
ular  tovarlar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqaradilar  hamda  kelgusi  ishlab  chiqarishga 
kapitalni investitsiya qiladilar. Bizning tahlilimiz nuqtai nazaridan faoliyatning bu 
ikki turini ular bilan turli xil firmalar shug’ullanadi deb faraz qilgan holda ajratish 
foydalidir. 
Dastavval  ishlab  chiqaruvchi  firmalarni  ko’rib  chiqamiz.  Odatda  firma 
foydalanadigan  kapital  miqdori  to’g’risidagi  qarorini  quyidagi  tartibda  qabul 
qiladi:  kapitalning  xar  bir  qo’shimcha  birligidan  olinadigan  foyda  va  xarajatlarni 
solishtiradi.  Firma  kapitalni  Rstavka  bo’yicha  ijaraga  oladi  va  o’z  mahsulotini  R 
narx bo’yicha sotadi, ishlab chiqaruvchi firma uchun kapital birligiga haqiqatdagi 
xarajatlar  R/R ni tashkil etadi. Kapital birligidan foydalanishning haqiqiy natijasi 
kapitalning  chekli  mahsulotidir  (MPK),  ya’ni  kapitalning  qo’shimcha  birligidan 
foydalanish hisobiga olinadigan qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotdir. Firma 
tomonidan  foydalaniladigan  kapital  hajmi  ortishi  bilan  uning  chekli  mahsuloti 
pasayadi:  firma  qanchalik  ko’proq  kapitalga  ega  bo’lsa,  kapitalni  qo’shib  borish 
bilan  ishlab  chiqarish  hajmining  shunchalik  kam  o’sishiga  erishiladi.  Bundan 
xulosa  shuki,  firma  foydasini  maksimallashtirish  uchun  kapitalning  chekli 
mahsuloti  kapitalni  ijaraga  olishning  haqiqiy  narxi  darajasigacha  pasaymagunga 
qadar,  ijaraga  olinadigan  kapitalni  oshiradi.    Shunday  qilib  kapitalning  chekli 
mahsuloti  grafigi  bizga  kapitalga  bo’lgan  talab  grafigini  beradi.  Quyidagi 
chizmada  ijaraga  olingan  kapital  bozoridagi  muvozanat  ko’rsatilgan.  Kapitalning 
chekli  mahsuloti  kapitalga  bo’lgan  talab  egri  chizig’ini  aniqlaydi.  Kapitalag 
bo’lgan  talab  egri  chizig’i o’ngga pastga egilgan,  chunki kapital hajmi  qanchalik 
ko’p bo’lsa, uning chekli mahsuloti shunchalik kam. Xar bir vaqtda iqtisodiyotdagi 
kapital  miqdori  qayd  etilgan,  shuning  uchun  taklif  egri  chizig’i  vertikal  chiziq 
hisoblanadi.kapitalni  ijarasi  uchun  olinadigan  narx  talab  va  taklifni 
muvozanatlashtirish uchun o’zgartirib turiladi. 
 
R/R                   Kapital taklifi 
 
 
 
                                          Kapitalga bo’lgan talab (MPK) 
 
 
                       K                                  K 
         Kapital zahirasi 


86 
 
Kapital  ijarasi  uchun  olinadigan  narxning  muvozanatli  darajasiga  qanday 
o’zgaruvchilar  ta’sir  etishini  aniqlash  uchun  ko’plab  iqtisodchilar  qanday  qilib 
mehnat va kapital hayotdagi iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarga aylanishini etarli 
darajada  asoslangan  holda  aks  ettiruvchi  sifatida  qaraydigan  Kobb-Duglasning 
ishlab chiqarish funktsiyasini asos qilib olamiz. quyidagi ko’rinishga ega: 
Y = A K
α
L
1- α 
Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasida kapitalning chekli mahsuloti 
quyidagicha yoziladi: 
MPK=α A (L/K)
 1- α
 
bunda K-kapital, L-mehnat, A-texnologiya darajasini ko’rsatuvchi ko’rsatkich va α 
– tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda kapitalning ulushini o’lchovchi noldan katta 
va  birdan  kichik  bo’lgan  ko’rsatkich.  Muvozanat  sharoitida  kapital  ijarasi  uchun 
olinadigan  haqiqiy  narx  kapitalning  chekli  mahsulotiga  teng  bo’lganligi  sababli, 
biz quyidagi ifodani yozishimiz mumkin: 
R/ R =α A (L/K)
 1- α
 
Bu  kapital  ijarasi  uchun  olinadigan  haqiqiy  narxni  aniqlovchi  o’zgaruvchilar 
miqdorining ifodasidir. U quyidagilarni ko’rsatadi: 
  Kapital  zahirasi  qanchalik  kam  bo’lsa,uning  ijarasini  haqiqiy  narxi  shunchalik 
yuqori. 
  Qo’llaniladigan mehnat miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, kapital ijarasi haqiqiy narxi 
shunchalik yuqori. 
  Texnologiya  qanchalik  yaxshi  bo’lsa,  kapital  ijarasi  haqiqiy  narxi  shunchalik 
yuqori. 
Kapital  zahiralarini kamaytiruvchi  (er  qimirlashi),  bandlikni oshiruvchi  (slpi 
tplab kengayishi) yoki texnologiyani yaxshilovchi (ilmiy topilmalar) kapital ijarasi 
uchun olinadigan haqiqiy narxning muvozanatli miqdorini oshiradi. 
Kapitalga  egalik  qilishning  foydaliligi  uni  ishlab  chiqaruvchi  firmalarga 
ijaraga  berishdan  olinadigan  daromaddandir.  O’z  kapitalini  ijaraga  bergan  firma 
uning xar birligiga R/ R haqiqiy narxni oladi. 
Kapitalga egalik qilish xarajatlari murakkabroq tuzilishga ega. Firma kapital 
birligini ijaraga berayotgan vaqtning xar bir davri mobaynida u uch xil xarajatlarni 
qiladi: 
1.Firma kapital birligini sotib olib, keyin uni ijaraga berayotganda u kapitalni 
sotib  olish  uchun  sarflangan  mablag’larni  bank  hisobiga  qo’yib  olishi  mumkin 
bo’lgan  miqdordan  foizlarni  yo’qotadi.  Yoki,  shunga  o’xshash,  firma  kapitalni 
sotib  olish  uchun  qarz  mablag’laridan  foydalandi,  unda  u  olingan  qarz  bo’yicha 
foizlar  to’lashiga  to’g’ri  keladi.  Agar  R
k
-  kapital  birligini  sotib  olish  narxi,  i-
nominal foiz stavkasi bo’lsa, unda iR
k
– foizlar bo’yicha xarajatlardir. 


87 
 
2.  Firma  kapitalni  ijaraga  berguncha,  uning  narxi  o’zgarishi  mumkin. Agar 
kapital  narxi  pasaygan  bo’lsa,  unda  firma  uning  aktivlari  qiymati  pasayganligi 
tufayli  zarar  ko’rishi  mumkin. Agar  kapital  narxi  oshayotgan  bo’lsa,  unda  firma 
aktivlari  qiymati  ko’tarilishi  sababli  yutadi.  Bu  yutuq  yoki  zararning  miqdori 
∆R
k
ga teng. 
3.  Kapital  ijaraga  berilganda,  u  eskiradi  va  qiymatini  yo’qotadi.  Bu 
amortizatsiya  deb  ataladi. Agar  δ-amortizatsiya  me’yori,  ya’ni  eskirish  natijasida 
muayyan davr davomida qiymatning yo’qotilgan qismi bo’lsa, unda amortizatsiya 
miqdorining puldagi ifodasi  δR
k
bo’ladi. 
Shunday  qilib,  bir  davr  mobaynida  kapital  birligini  ijaraga  berish  bo’yicha 
umumiy xarajatlarquyidagini tashkil etadi: 
Kapital birligiga xarajatlar = iR
k
-∆R
k
+δR
k
= R
k
(i-∆R
k
/R
k
+δ) 
Kapital  birligiga  xarajatlarkapital  birligi  narxiga,  foiz  stavkasiga,  kapital 
narxni nisbiy o’zgarishiga va amortizatsiya me’yoriga bog’liq. 
Kapital  birligi  xarajatlari  uchun  ifodani  soddalashtirish  va  u  bilan  ishlash 
qulay  bo’lishi  uchun  investitsion  tovarlar  narxi  boshqa  tovarlar  narxi  bilan  birga 
ko’tariladi  deb  hisoblaymiz.  Bunday  vaziyatda  ∆R
k
/R
k
inflyatsiyaning  umumiy 
darajasi  π  ga  teng.  i  –  π  ifoda  real  foiz  stavkasi  r  ga  teng  bo’lganligi  uchun,  biz 
kapital birligiga xarajatlarni quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin. 
Kapital birligiga xarajatlar = R
k
(r +δ) 
Bu  tenglamadan  ko’rinib  turibdiki,  kapital  birligiga  xarajatlar  kapital  narxi, 
real foiz stavkasi va amortizatsiya me’yoriga bog’liq. 
Va  nihyat  biz  kapital  birligiga  xarajatlarni  iqtisodiyotdagi  boshqa  tovarlar 
narxlari bilan bog’liqligini ko’rmoqchimiz. Kapital birligiga haqiqiy xarajatlar- bu 
iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklarida o’lchangan kapital birligini sotib olish 
va ijaraga berish bo’yicha xarajatlardir va u quyidagini tashkil etadi: 
Kapital birligiga haqiqiy xarajatlar= (R
k
/R)(r +δ) 
Bu  tenglamadan  ko’rish  mumkinki,  kapital  birligiga  haqiqiy  xarajatlar 
investitsion  tovarlar  nisbiy  narxlari  R
k
/R,  real  foiz  stavkasi  r  va  amortizatsiya 
me’yori δ ga bog’liq. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish