"makroiqtisodiyot"


 Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

18.2. Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari  
 
Agar  siyosatning  ta’sirlari  natijasi  kutishga  majbur  qilmasa,    iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish  oson  bo`lardi.  Siyosatni  barpo  qilish  mashina  haydash  kabi 
bo`ladi:  iqtisodiyotni  kerakli  yo`lda  saqlab  qolish  uni  asboblar  orqali  rostlash 
demakdir.  Iqtisodiy    siyosatni  yuritish  katta  kemada  yo`l  ko`rsatishga  qaraganda 
ko’proq mashina boshqarishga o`xshaydi. Moshina yo`nalishini o`zgartirishda  rul 
burilgandan  keyin  deyarli  zudlik  bilan  yo`nalish  o`zgaradi.  Aksincha,  kemani 
yo`nalishini  o`zgartirish  uchun  kapitan  rulini  rostlaydi,  keyin  yelkanni  tiklab 
o`zgartiradi  va  uzoq  vaqt  davomida  aylantirishni  davom  ettiradi.  Agar  kema 
haydovchisi  endi  ish  o’rgangan  bo’lsa,  aylantirish  davomida  qarama  qarshi 
tomonga kema yo’nalishini o’zgartirguncha katta kichik xatolarga yo`l qo`yiladi.  
Kema  boshqaruvchisiga  o`hshab  iqtisodiy  siyosatni  amalga  oshiruvchilar 
uzoq kechikishlar natijasida muammolarga duch keladi.  
Albatta siyosatchilar uchun muammolar  qiyinroq kechadi. Chunki  uzoq va 
o`zgaruvchan muddatli davrda monetar va fiskal siyosat  yuritishni bashorat qilish 
oson ish emas.  
Iqtisodchilar  iqtisodiy  siyosatga  olib  boruvchi  ikki  muhim  vaqt  oralig`ini 
ajratiadilar: ichki va tashqi.  Ichki oraliq – bu iqtisodiy larza yuzaga kelgan vaqt 
bilan  bunga  javoban  iqtisodiy  siyosat  chora-tadbirlarini  qabul  qilish  vaqti 
o’rtasidagi  vaqt  oralig’i  bo’lib,  larza  yuz  berganligini  va  unga  muvofiq  chora-
tadbirlarni hayotga tadbiq etishni his qilish uchun qandaydir vaqt zarur bo’lganligi 
uchun  ham  yuzaga  keladi.  Tashqi  oraliq  –  bu    iqtisodiy  siyosatning  u  yoki  bu 
chora-tadbirlari  qabul  qilingan  vaqt  bilan  bu  chora-tadbirlar  o’z  natijalarini  bera 
boshlagan  vaqt  o’rtasidagi  vaqt  oralig’idir.  U  bu  chora-tadbirlar  xarajatlar, 
daromadlar va bandlik darajalarini birdaniga   o’zgarishga olib kelmasligi sababli 
yuzaga keladi. 
Iqtisodiyotni  barqarorlashtirishda  fiskal  siyosatini  amalga  oshirish  uzoq 
davom  etadigan  ichki  oraliqlar  markaziy  muammodir.  Ayniqsa  bu  holat  AQSH 
uchun haqiqat, chunki byudjet xarajatlari yoki soliqlarni qayta ko’rib chiqish uchun 
odatda prezident va Kongressning ikkala palatasi roziligiga erishish zarur. Qonunni 
qabul  qilish  jarayoni  sekin  va  murakkab  bo’lib,  ko`pincha  kechikishlarga  olib 
keladi,  bu  esa  iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  uchun  fiskal  siyosatning  mujmal 
vositasi hisoblanadi. Bu ichki oraliqlar, Buyuk Britaniya kabi parlament tizimidagi 


231 
 
mamlaktlarda  kechikishlar qisqaroq bo`ladi, chunki ko`pincha siyosatni muntazam 
o`zgartirishda hokimiyat tepasidagi partiya amalga oshirishi mumkin.  
Monetar  siyosatda  fiskal  siyosatga  qaraganda,  ichki  muddatda  kechikishi 
ancha  qisqa  vaqt  bo`ladi,  chunki  markaziy  bank siyosatni  amalga  oshirish  uchun 
bir kundan kamroq vaqt ichida qaror qabul qiladi, ammo monetar siyosat sezilarli 
darajada  tashqi  uzoq  muddat  kechishiga  ega.  Monetar  siyosat  o`z  navbatida  pul 
massasini  va  foiz  stavkalarini  o`zgartirib,  jami  talab  va  investitsiyalarga  tasir 
ko`rsatadi.  Ko`pchilik  firmalar  uzoq  muddatli  investitsiya  rejalarini  ishlab 
chiqadilar,  ehtimol  shuning  uchun    monetar  siyosat o`zgarishi  natijasida u  ishlab 
chiqilgandan  keyin  tahminan  6  oygacha  iqtisodiy  faolyatga  tasir  qilmaydi  deb 
o`ylangan.  
Uzoq muddatli va o`zgaruvchan oraliqlani  monetar  va  fiskal  siyosatlar 
bilan    bo`g`liqligi,  albatta  iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  imkoniyatlarini 
qiyinlashtiradi. 
Passiv 
iqtisodiy 
siyosat 
tarafdorlari 
iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga  urinishlari  juda  ko’p  hollarda  nobarqarorlikka  aylanib  ketadi 
deb  ta’kidlaydilar.  U  yoki  bu  chora-tadbirni  qabul  qilingan  va  uni  iqtisodiyot 
holatiga  ta’siri  boshlanishi  o’rtasidagi  vaqt  oralig’ida  iqtisodiy  vaziyat  o’zgarishi 
mumkin  va  bunda  aktiv  siyosat  “qizib  ketish”  holatida  bo’lgan  iqtisodiyotni 
yanada 
rag’batlantirishga, 
yoki 
“muzlayotgan” 
iqtisodiyot 
o’sishini 
sekinlashtirishga olib kelishi mumkin.  
Aktiv siyosat himoyachilari bunday oraliqlar mavjud bo’lganligi uchun uni 
ishlab chiqishga qandaydir ehtiyotkorlik bilan yondoshish lozimligini tan oladilar. 
Biroq  ularning  fikricha,  siyosat  ayniqsa  chuqur  va  davomiy  bo’lgan  pasayish, 
2008-yilda  boshlangan  iqtisodiy  inqiroz  kabi,  sharoitda  butunlay  passiv  bo’lishi 
lozim. 
Barqarorlashtirish  siyosatining  “avtomatik  stabilizatorlar”  deb  ataluvchi 
ba’zi  chora-tadbirlari  shu  oraliqlarni  qisqartirish  uchun  maxsus  o’ylab  topilgan. 
Ular siyosiy yo’nalishni maxsus o’zgartirishlarsiz iqtisodiy o’sishni to’xtatish yoki 
rag’batlantirishga  imkon  beradi.  Bunday  stabilizatorlarning  misoli  daromad 
soliqlari tizimi hisoblanadi: iqtisodiy pasayish davrida fuqarolar va korporatsiyalar 
daromadlarining  qisqarishiga  qarab  soliq  qonunchiligiga  qandaydir  maxsus 
o’zgartirishlarsiz  soliqlar  avtomatik  ravishda  kamayadi.  Xuddi  shunday  tarzda 
ishsizlik  bo’yicha  ijtimoiy  tolovlar  tizimida  ham  iqtisodiy  pasayish  oqibatida 
ishsizlikni  o’sishi  to’lovlarni  avtomatik  ko’payishiga  olib  keladi,  chunki  ko'proq 
odamlar  nafaqa  olish  uchun  arizalar  bilan  murojat  qilishadi.  Bu  avtomatik 
stabilizatortlar ichki oraliqlarga bog`liq bo’lmagan fiskal siyosatning turini o’zida 
aks ettiradi. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish