"makroiqtisodiyot"


-Mavzu: Barqarorlashtirish siyosati



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

18-Mavzu: Barqarorlashtirish siyosati 
Reja: 
18.1. Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari. 
18.2. Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari. 
18.3.  Siyosat  qonun-qoida  tomonidanmi  yoki  mulohazakorlik  bilan  olib 
borilishi lozimmi? 
18.4.  Mamlakatimiz  iqtisodiyotini  rivojlantirish  va  liberallashtirishning 
ustuvor yo’nalishlari 
 
18.1. Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari. 
Hukumat  siyosatchilari  biznes  sikliga  qanday  munosabatda  bo’lishlari 
lozim?  Yuqorida keltirilgan ikkita fikr: birinchisi - Federal zahira tizimining sobiq 
raisining  fikri,  ikkinchisi  -  Federal  zahira  tizimi  siyosatining  mashhur 
tanqidchisining -  bu savolga javoblar xilma xilligini namoyon etmoqda. 
Ba’zi  iqtisodchilar,  William  McChesney  Martin  kabi,  nobarqarorlikni 
iqtisodiyotga xos bo’lgan xususiyat deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiyot doimo yalpi 
talab  va  yalpi  taklif  sohasida  to’satdan  shoklarga  duch  keladi  deb  ta’kidlaydilar. 
Iqtisodiyotni  barqarorlashtirishga  yo’naltirilgan  pul  va  byudjet-soliq  siyosati 
o’tkazilmasa,  bu  shoklar  ishlab  chiqarish  hajmlarida  istalmagan  va  samarasiz 
tebranishlarga  olib  kelishi,  ishsizlik  va  inflyatsiya  muammolarini  kuchaytirishi 
mumkin. Hammaga tanish bo’lgan fikrga ko’ra,  makroiqtisodiy siyosat “shamolga 
qarshi  yurishi”,  ya’ni    turg`unlik  sharoitida  iqtisodiyotni  rag’batlantirib  va  “qizib 
ketganda” uning o’sishini sekinlashtirishi lozim.  
Milton  Fridmanga  o`xshagan  boshqa  iqtisodchilar  iqtisodiyot  tabiyatan 
barqaror  deb  hisoblashadi.  Vaqti  -  vaqti  bilan  unda  yuzaga  keladigan  kuchli  va 
xatarli tebranishlar uchun javobgarlikni ular noto’g’ri iqtisodiy siyosat zimmasiga 
yuklaydilar. Ular iqtisodiyotni maqsadga yo’naltirilgan tadbirlar yordamida “nozik 
sozlash”ni  ta’minlashga  harakat  qilish  kerakmasligini  isbotlaydilar.  Aksincha, 
iqtisodiy  siyosatchilar  imkoniyatlari  cheklanganligini  hisobga  olib,  zarar 
yetkazishmaganidan xursand bo’lish kerakligini uqtiradilar. 
O`n  yillar  mobaynida  bu  masala  bo’yicha  munozaralarga  o’z  nuqtai 
nazarlarini  asoslash  uchun  turli  dalillarni  ilgari  surgan  ko’plab  qatnashchilar  jalb 
etildilar.  Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda iqtisodning tebranishlar nazariyasini 
qo’llash haqidagi masala bu munozaralar diqqat markazida bo’ldi.  
Usbu  bobda  ikkita  munozarali  masala  muhokama  qilimiz.  Birinchisi: 
iqtisodiyotni  barqarorlashtirishda  monetar  va  fiskal  siyosat  faol  rol  o’ynashi 
BOB 


229 
 
kerakmi  yoki  ularning  roli  joriy  davrdagi  iqtisodiy  tebranishlarga  moslashishdan 
iborat  bo’lishi  lozimmi?  Ikkinchisi:  iqtisodiy  siyosat  muayyan  yo’ldan 
chiqmaslikka  harakat  qilishi  lozimmi  yoki  siyosat  namoyandalari  o’zlarining 
shaxsiy  qarashlariga  ko’ra  iqtisodiy  sharoitlar  o’zgarishini  tezlik  bilan  inobatga 
olishlari lozimmi? 
Federal hukumatning siyosatchilari iqtisodni barqarorlashtirishni o`zlarining 
asosiy  majburiyatlaridan  biri  deb  hisoblashadi.  Makroiqtisodiy  siyosatni  tahlil 
qilish iqtisodiy maslahat kengashi, Kongriss budjet idorasi, Federal zahira tizimi va 
boshqa davlat tashkilotlarining xar kunlik majburiyatlariga kiradi. Oldingi boblarda 
ko`rganimizdek, monetar va fiskal siyosat jami talabga, va shu asnoda, inflyatsiya 
va ishsizlikka kuchli tasir qilishi mumkin. Qachonki Kengash yoki prezident fiskal 
siyosatda  yoki  Federal  zahira  tizimi  monetar  siyosatda  katta  o`zgarishlar  amalga 
oshirishmoqchi  bo`lsa,  avvalambor,  o’zgarishlarni  muhokama  qilishda  ko’zda 
tutilayotgan  chora-tadbirlar  inflyatsiya  va  ishsizlikka  qanday  ta’sir  ko’rsatishi 
hamda  yalpi  talabni  oshirish  yoki  qisqartirish  zarurligi  haqidagi  masala  diqqat 
markazida  bo’ladi.  Pul-kredit  va  byudjet-soliq  siyosatlarini  ishlab  chiqish  va 
o’tkazish  hukumatning  an’anaviy  vazifalari  bo’lishiga  qaramay,  uning 
barqarorlashtirish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirishga  majburligi  haqidagi  fikr 
yuzaga  kelganligiga  unchalik  ko’p  bo’lmadi.  Hukumat  makroiqtisodiy  vaziyat 
uchun  mas’uliyatni  o’z  zimmasiga  olganligining  birinchi  dalili  1946  yilda  qabul 
qilingan bandlik to’g’risidagi Qonun bo’ldi. Unda “Federal hukumat to’liq bandlik 
va  ishlab  chiqarishni  qo’llab-quvvatlashni  ta’minlashag  yo’naltirilgan  siyosatni 
doimo o’tkazishga majbur”ligi haqida  
gapirilgan. Bu qonun qabul qilingan vaqtda Buyuk depressiya haqidagi o’y-
hayollar hali yangi edi.   
Masalani  aktiv  davlat  siyosati  foydasiga  hal  etish  ko’plab  iqtisodchilarga 
oddiy va tushunarli bo’lib ko’rinadi. Pasayish davrlari uchun ishsizlikning yuqori 
darajasi,  daromadlar  va  aholi  farovonligining  past  darajasi  xosdir.  Yalpi  talab  va 
yalpi  taklif  modeli  qanday  qilib  to’satdan  bo’ladigan  shoklar  iqtisodiy 
pasayishlarni yuzaga kelitirishini ko’rsatadi. U shuningdek, qanday qilib monetar 
va  fiskal  siyosat  bunday  shoklarga  tezda  ta’sir  etib  iqtisodiy  pasayishlarni  oldini 
olishi  mumkinligini  ko’rsatadi.  Shuning  uchun,  bu  iqtisodchilarning  fikrlariga 
ko’ra  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishning  bunday  vositalarini  qo’llashdan  voz 
kechish aqlsizlik bo’lar edi. 
 
Boshqa 
iqtisodchilar 
hukumatni 
iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga 
intilishlariga  tanqidiy  yondoshadilar.  Bu  tanqidchilar  davlat  makroiqtisodiy 
siyosatdan chetda turishi lozim deb hisoblaydilar. Birinchi qarashda bunday nuqtai 
nazar  g’alati  tuyulishi  mumkin.  Agar  model xulosalariga ko’ra  monetar va  fiskal 
siyosati inqirozni kuchayishini oldini olish yoki yumshatish imkonini bersa, nima 


230 
 
uchun  hukumat  ular  yordamida  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishdan  voz  kechishi 
kerak? Bu savolga javob berish uchun ushbu tanqidchilar tomonidan keltiriladigan 
ba’zi asoslarni ko’rib chiqamiz. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish