Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

 

 14-rasm.  

15-rasm.

14-rasmdagi chiziqlarning qaysi biri uzun? 

15-rasmdagi kvadratlarning qay biri katta? 

Gallutsinatsiya – (lot. hallucinatio – alahlash, bosinqirash, 

valdirash) real voqelikdagi narsa va hodisalarning analizator-

larga bevosita ta’sirisiz ongimizda turli obrazlarning xayoliy 

ravishda paydo bo‘lishidan iborat psixopatologik hodisa. Gal-

lutsinatsiya sezgi a’zolarimizning normalariga qarab ko‘ruv, es-

hituv, hid va boshqa turlarga bo‘linadi. Gallutsinatsiya psixik 

kasallikning belgisi bo‘lib, bosh miya qobig‘idagi qo‘zg‘alish 

jarayonlarining patologik sustligi natijasida, ba’zan nerv siste-

masining zaharlanishi yoki haddan tashqari toliqishi natijasi-

da ro‘y beradi.



123

Idrokning shakllari

Tevarak-atrofimizni qurshab olgan moddiy olamdagi bar-

cha narsalar fazoda joylashgan bo‘lib, muayyan o‘rin egallaydi, 

ular dan har birining o‘z katta-kichikligi, hajmi va shakli bor.  

Ular bizga va boshqa narsalarga nisbatan ma’lum masofa-

da turadi. Narsalarning ana shunday fazoviy holatlarini ko‘z 

o‘ngimizda aks ettirishimiz fazoni idrok qilish deb ataladi. 

Bundan tashqari moddiy olamdagi narsalar doimo harakatda 

va o‘zgarishdadir. Bu harakat va o‘zgarishlar ma’lum bir vaqt 

ichida yuz beradi. Narsa lar harakati va o‘zgarishidagi oldin-

ma-ketinlik, tezlik va davo miylikning odam ongida aks ettiri-

lishi vaqtni idrok qilish deb ataladi. Obyektlarning fazoda egal-

lagan holati o‘zgarishining aks ettirilishi harakatni idrok etish 

deyiladi.

Olam materiyadan iborat, materiya hamisha fazo va vaqt 

ichi da mavjuddir yoki faylasuflar ta’biri bilan aytganda yashash 

formalaridir. Bir qancha sezgi organlari va miya katta yarim-

sharlari po‘stlog‘ining birgalikda ish bajarishi fazo va vaqtni 

idrok qilishning fiziologik asosi hisoblanadi. Biz narsalar ning 

fazoviy xususiyatlarini avvalo ko‘rib idrok qilamiz. Ammo bu 

xususiyatlarni idrok qilishda yolg‘iz ko‘rishning o‘zi kifoya qil-

maydi. Ko‘zimizning to‘r pardasida shar tekis doira sifatida, 

kub esa kvadrat shaklida aks etadi, bu yo‘sinda aks ettirish 

orqali mazkur buyumning hajmini idrok etib bo‘lmaydi. Turli-

cha masofadagi narsalarni idrok qilishda ham shunga o‘xshash 

hodisa ro‘y beradi. Ularning ko‘z pardasiga tushuvchi aksi kat-

ta-kichikligi jihatidan teng bo‘lishi mumkun. Bu esa ular ning 

katta-kichikligi hamda ulargacha masofa haqida aniq tasav-

vur bera olmaydi. Ko‘rish va muskul-harakat sezgilarining 

birga qo‘shilishi tufayli biz narsalarning fazoviy holatlari ha-

qida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lamiz. Masalan, harakat qi-

lish sohasida yetarli darajada tajriba orttirmagan go‘dakning 

to‘g‘ri tasavvur eta olmasligining boisi ham shundadir. Go‘dak 

o‘zidan ancha olisdagi narsaga qo‘l cho‘zib, uni ushlashga ha-

rakat qiladi. Tug‘ma ko‘rlar operatsiyadan keyin ko‘ra oladigan 

bo‘lgach, ular dastlabki paytda ko‘rish idroki yordamida shar 




124

bilan doirani bir-biridan farq qila olmaydilar. Narsalarni qo‘l 

bilan paypaslab ko‘rgandan keyingina uning fazoviy xususiyat-

larini to‘g‘ri aytib bera oladilar.

Odamning binokulyar ko‘rishi narsalarning hajmini idrok 

qi lishda katta ahamiyatga ega. Binokulyar ko‘rish (lotincha bi-

ni – ikkitadan, okulus – ko‘z, ya’ni ikki ko‘z bilan ko‘rish)

da ko‘z to‘r pardasida biz ko‘rayotgan narsaning ikki xil tasvi-

ri hosil bo‘ladi: o‘ng ko‘zda narsaning ko‘proq o‘ng tomoni aks 

etsa, chap ko‘zda chap tomoni aks etadi. Bu tasvirlar ongimiz-

da yaxlit bir holat tasviriga keltiriladi, shu tufayli ham biz nar-

saning hajmli ekanini bilamiz. Ko‘rishimizning binokulyarligi 

masofani idrok qili shimizda ham yordam beradi. Narsalarning 

uzoq-yaqinligini idrok qilishda ikki ko‘zdagi ko‘rish o‘qlarining 

yo‘nalishi tufayli sodir bo‘luvchi sezgilar katta ahamiyatga ega, 

ikki ko‘z o‘qining bir narsaga tomon yo‘naltirilishi konvergen-

siya (lot. konvergare – yaqinlashish, tutashish) deb ataladi. 

Ko‘zning bu harakatlari ixtiyorsiz ra vishda yuz beradi. Nar-

saning bizdan qanchalik olis yoki yaqinligini bildiradi.

Vaqtni idrok qilish bizga voqelikdagi hodisalarning davomiy-

ligi, tezligi va ketma-ketligi haqida tasavvur beradi. Tabiatda-

gi dav riy harakatlar va bir me’yorda yuz beruvchi o‘zgarishlar, 

yer ning aylanishi, kunduz va kechaning almashinishi, yil fa-

sllari, vaqtni (oy, yil, sutka) aniq o‘lchash imkonini beradi. 

Vaqtning qisqacha bo‘laklarini (soat, daqiqa, soniya) aniqlash-

da biz asbob lardan (soatdan) foydalanamiz, soatning millari 

ma’lum vaqt birligida bir xil yo‘lni bosib o‘tadi. Bu yo‘sinda 

vaqtni o‘lchash vaqtni bilishning obyektiv usulidir, bu tarzda 

vaqtni o‘lchash bizdan tashqarida, ya’ni obyektiv ravishda sodir 

bo‘luvchi jarayonlar yordamida amalga oshadi. Biroq vaqtni 

baholash subyektiv xarakterda ham bo‘ladi, ya’ni ma’lum ba-

holanadigan vaqt oralig‘i davomida yuzaga keladigan tasavvur 

hamda kechinmalar bizning vaqt haqidagi fikrimizni belgilay-

di. Agar ana shu vaqt oralig‘i davomida odamda tasavvur ham-

da kechinmalar paydo bo‘lsa, vaqt sekin o‘tayotgandek tuyila-

di. Agar aksincha, biz ko‘proq taassurotlar olsak, masalan sayr 

yoki ekskursiya qilsak, nazarimizda vaqt juda tez o‘tib ketgan-

dek bo‘ladi.




125

Harakatning idrok etilishi hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, 

unda ko‘rish va kinestezik analizatorlar asosiy o‘rin tutadi. 

Ko‘rish orqali biz obyektlar harakati haqidagi axborotni ikkita 

har xil usul bilan, qayd etilgan nigoh va ko‘zlarning kuzatuv-

chi harakati yordami bilan olishimiz mumkin.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish