bo‘lsada, ular o‘rtasidagi aloqa hozir ham saqlanib qolmoqda.
Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi asosida ilmiy filosofik tu-
shunchalar, psixika miyaning mahsuli, u real borliqni aks etti-
radi deb tushuntiruvchi dialektik-materialistik qarashlar yota-
di. Falsafa va uning ajralmas qismi bo‘lgan bilish nazariyasi,
ya’ni gnosiologiya psixikaning atrofdagi borliqqa munosaba-
ti masalasini hal qiladi va psixika atrofdagi olamning miya da-
gi aksi, materiya birlamchi, ong ikkilamchi deb tushuntiradi.
Psixologiya turli psixik hodi salarni chuqur o‘rganish va tah-
lil qilish asosida uning inson hayoti va taraqqiyotidagi rolini
tushuntiradi, psixik jarayonlar
ning taraqqiyot qonunlarini
ochadi.